Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Burhoniddin Marg‘inoniy va hasadgo‘ylar


Download 1.2 Mb.
bet7/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Burhoniddin Marg‘inoniy va hasadgo‘ylar


Rivoyatlardan birida keltirilishicha, Burhoniddin Marg‘inoniy “al Hidoya” kitobining dastlabki nusxalarini o‘qish uchun o‘sha vaqtdagi hukmdorlaridan biriga topshirmoqchi bo‘lib saroyga kelibdi. O‘sha vaqt saroydagi majlisda ul zotni bilim va tafakurrini zimdan ko‘ra olmaydigan ba’zi bir hasadgo‘y ulamolar ham hozir ekanlar. Ular qulay fursatni poylab turib, hukmdorga Burhoniddin Marg‘inoniy va uning kitobi haqida imkon qadar bo‘lmag‘ur fikrlarni aytishdan o‘zlarini to‘xtatmabdilar. Hasadgo‘ylarning qabih rejalari amalga oshib hukmdor ul zotning kitoblarini qabul qilolmasligini ma’lum qilibdi. Farosatli zukko olim Burhoniddin Marg‘inoniy bu ishlarning boshida kimlar turganligini o‘sha zahoti tushunib saroydan afsus bilan chiqib ketibdi. U shu ketganicha haj qilish niyatida yo‘lga chiqibdi. Haj ziyorati vaqtida Makkaddagi masjidlardan birida namoz o‘qiy turib Burhoniddin Marg‘inoniy “Ey bori Xudo, agar men haq bo‘lsam, shu masjidlarning ustunlari ovoz bersinlar”, deya Xudoga munojot qilibdi. Shu vaqt masjid ustunlaridan “Ey Burhoniddin sen nohaq emassan” degan ovozlar eshitilibdi. Naql qilishlaricha, o‘sha onda bu holat unga hasad qilgan ulamolar va hukmdorning tushida ham ayon bo‘lgan ekan1.


Xuddi shunga o‘xshash yana bir rivoyatga ko‘ra, Burhoniddin Marg‘inoniy ko‘p yillik mashshaqatli mehnatdan so‘ng “al-Hidoya”ni yozib tugatgach o‘sha davrni ahkomlariga binoan kitobini ko‘rib chiqib fikr-mulohazalarini bildirish uchun qirq nafar ulamolardan iborat hakamlar hay’atiga topshiribdi. Burhoniddinga nisbatan ko‘pdan beri adovatda bo‘lib kelgan bu ulamolar bir ovozdan “al-Hidoya”ni yaroqsiz asar deb tan olibdilar. Bunday noxaqlikka chiday olmagan Burhoniddin binoni tark etar ekan “Yo bori Xudo, kim xaq, kim noxaq o‘zingga ayon” deya faryod qilibdi. Shu vaqt bino qulab xaligi qirq g‘alamislarning barchasi halok bo‘libdi.


Burhoniddin Marg‘inoniy




1Dala tadqiqotlari. 2003 yil. Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri, Go‘ri Avval mahallasi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling