Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet8/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147
Bog'liq
02 (3)

chillaxonasi


Naql qilishlaricha, Burhoniddin Marg‘inoniy o‘zlarining mashhur asarlaridan biri “Hidoya” ning dastlabki qismlarini Marg‘ilonda yashagan kezlarida vaqtida yozishni boshlagan ekan1. Shu sababdan ul zot ijod qilgan joyni hozirda aholi “Sohibi Hidoya chillaxonasi” deb ataydilar. Ushbu ziyoratgoh Marg‘ilon shahridagi Pur Siddiq ziyoratgohi yaqinida joylashgan.


Sohibi Hidoya chillaxonasining XIX asrdagi ko‘rinishi asrimizning yetmishinchi yillariga qadar saqlanib qolgan. Mazkur chillaxonaning 1964 yilda olingan foto surati Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyining fotohujjatlar fondida № KP 2414/12 raqami ostida saqlanadi. Aynan shu chillaxonaning paydo bo‘lishi va yaratilish tarixi bilan bog‘liq rivoyatlar xalq orasida keng tarqalgan.
Naql qilishlaricha, Burhoniddin Marg‘inoniy 9 yoshidan boshlab 13 yil davomida Marg‘inondagi Pur Siddiq madrasasida ta’lim olganlar va shu yerda o‘z nonlarini halol topib yeyish maqsadida kosibchilikni o‘rganganlar. Shu tariqa “al-Hidoya” asarining birinchi qismi bo‘lgan “Daftari avval” kitobini ro‘za tutgan holda Marg‘ilonda yozganliklari haqida hali-hanuz rivoyatlar saqlanib qolgan.
Rivoyat qilishlaricha kitobning yozilishi Burhoniddin uchun oson kechmagan. Bu haqda taniqlik xuquqshunos olim Abdulhakim Sha’riy Jo‘zjoniy shunday yozadi: “Shayx Akmaluddinning yozishicha, bu ish uning 13 yillik hayotini qamrab oldi. Muallif yangi asarni yaratish uchun o‘zining butun kuch va iste’dodini ishga soldi. Abdulhay Laknaviy manbalarga tayanib yozishicha, u 13 yil (asarni yozish muddati) davomida ro‘z tutardi. Unga ovqat olib kelgan xodimni jo‘natib, taomni shogirdlaridan biri yoki boshqa biron kishiga yedirib, bo‘sh idishni qoldirardi. Xodim taomni ustodning o‘zi yegandir, deb o‘ylab idishni olib ketardi. Shu tarzda, u boshqalarga bildirmasdan ro‘za tutaveradi. Chunki ro‘za insonga ruhiy kuch bag‘ishlaydi va fikrni jamlashga yordam beradi”2.

SAMARQAND RIVOYaTLARI


Sohibi Hidoya va Amir Temur
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Burhoniddin Marg‘inoniy bilan Sohibqiron Amir Temur yashagan yillar o‘rtasida ikki asrlik farq bo‘lsa-da, mahalliy xalq orasida Burhoniddin va Amir Temurni bir davrda yashab o‘tganliklari haqidagi rivoyatlarga duch kelamiz. Shu bilan birga Sohibi Hidoya avlodlarining xizmatlarini Burhoniddin Marg‘inoniyga nisbat berish singari ayrim holatlar ham mavjud bo‘lgan. Masalan, Movarounnahrga


1 Tojimuhammad hoji Foziljon o‘g‘li... – B. 3.
2 Abdulhakim Shar’iy Jo‘zjoniy. Marg‘inoniy va uning izdoshlari..T., 2000. – B. 13.
qilingan Chingizxonning xuruji vaqtida Burhoniddin Marg‘inoniy hayot bo‘lmasa-da, biroq turk olimi Shamsuddin Somiy o‘zining “Qomusi a’lom” asarida quyidagicha ma’lumot beradi:
Chingiz xuruj qilgan chog‘larda u (ya’ni Burhoniddin al-Marg‘inoniy) Buxoroda dars o‘tish bilan shug‘ullanar ekan. Buxoro aholisi faqihni ushbu jahongir bilan sulh tuzish uchun o‘z tomonlaridan vakil qilib yuboradi. Lekin shartnoma ayrim kishilar tomonidan buzilgani sababli Chingiz shaharga o‘t qo‘yib, aholini qatl etish jarayonida “Hidoya” muallifi ham hayotdan ko‘z yumgan ekan” 1.
Shunga o‘xshash yana bir voqea Mullo Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma” dostonida ham keltirilgan. Chunonchi, mazkur asardagi “Amir Sohibqironning Burhoniddin Sohib Hidoyatga kelmog‘i, ul kishini munoqashalarining bayoni” fasliga alohida e’tibor qaratish lozim. Dostonda Amir Temurni Burhoniddin Marg‘inoniy bilan uchrashganligi va g‘animlariga qarshi kurashda Sohibi Hidoyaning ko‘magiga tayanganligi hikoya qilinadi:
...Bu so‘z sharhi Nosir Xisravdurkim, ani mukno derlar, voqeasi shulkim, aning asli Badaxshonda tug‘ilgan erdi. Ul la’ining ta’bi zehni ko‘b yetuk erdi. Necha yil Buxoroi sharifda tahsili ilm qildi. Ul amir Tegin Saljutni uyiga ko‘p kelar edi. Bir kuni aydi: Agar menga yo‘ldosh bo‘lsang, dini Muhammadni barham urarman dedi. Bu koyidi. Andin keyin g‘oyib bo‘lub, qirq yilg‘acha hech kishi oni ko‘rmadi. Qirq yildan keyin o‘zig‘a Mukno ot qo‘yib keldi. Talli degan joyga mag‘ora (g‘or) qildi. Ul joy Shahrisabzga yaqin erdi. Har ilm va adiviyalarni bilib, har qaysi yerda kasal va noqis bo‘lsa, keltursalar shifo topar erdi. Ko‘zi ko‘r bo‘lsa, ochilur erdi. Bari ellat oq kiyimli bo‘lub, anga mu’taqid (e’tiqod qiluvchi) bo‘ldilar, uch kun g‘orga kirib, g‘oyib bo‘lub, keyin chiqib aydi: “mani bu erta rasul, ya’ni yalavoch (xabar beruvchi, payg‘ambar) qildilar”. Yana ul la’in aydi: “barchalaringiz aytingiz: Nosir Xisrav rasuli haqdur”. Odamlar aydilar: “bu da’voni qilsang, mo‘jiza ko‘rguzgil”. Bu badbaxt aydi: “ushbu chinor yog‘ochi uzra Jabroil manga so‘zlayur”. Barchalari chinor oldiga keldilar, yog‘ochdin ovoz chiqtikim, “man Nomus Akbar, ya’ni Jabroildurman, Nosir Xisrav payg‘ambari xudodur”. Barchalarini aqllari qusur o‘lub anga imon keltirdilar...

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling