Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
BURHONIDDIN MARG‘INONIYNING QABRI MASALASI
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
BURHONIDDIN MARG‘INONIYNING QABRI MASALASIMa’lumotlarga qaraganda, Burhoniddin Marg‘inoniy milodiy 1197 yilda ikkinchi marta haj safariga otlanadi. Biroq, Samarqandni tark etishga ulgurmay og‘ir xastalikdan vafot etadi. “Samariya” muallifining yozishicha, bu hodisa hijriy 593 yil, zulhijja oyining 14 kunida, seshanbada (1197 yil 29 oktyabr) sodir bo‘lgan. Uni Chokardiza qabristoniga dafn etganlar. Mavlono Burhoniddinning qabri to‘g‘risida Abu Tohirxo‘ja jumladan shunday deydi: “Mavlono Burhoniddin Marg‘inoniyning mozori. Ul kishi “Hidoya”kitobining egasi bo‘lgan. Ushbu Burhoniddin Marg‘iloniyning qabi ham. Chokardiza qabristonida, katta ko‘chaning kunbotari hovuzga o‘xshagan chuqurning yonidadirkim, shu katta yo‘l o‘sha hovuz orqali [sharqiy-shimolga qarab o‘tadi]. [Mavlono] Burhoniddinning qabri [o‘sha] katta yo‘lning janub tarafida, pishiq g‘ishtdan qilingan baland sufadadir”1. Mazkur ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Burhoniddin Marg‘inoniyning qabri asrlar davomida aholi tomonidan ziyorat qilib kelinganligi bois Samarqand ziyoratgohlari so‘z yuritgan Abu Tohirxo‘ja o‘z asarida uning qabri haqida alohida to‘xtalib o‘tgan. Mazkur fikrimizni o‘rta asrlarga mansub yozma manbalardagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Chunonchi, XVI asrda yashab o‘tgan turk olimi Seydi Ali Rais o‘zining “Mir’otul mamolik” (“Mamlakatlar ko‘zgusi”) nomli asarida Samarqaddagi ziyoratgohlardan biri Burhoniddin Marg‘inoniyning mozori ekanligini ta’kidlab o‘tadi: “Samarqandda Doniyol payg‘ambarning qabrini, Xizr payg‘ambarning qadam joyini, Rasul alayhissalomning xirqa (ust kiyim) va kafshlarini va Qur’oni karimning hazrat Ali qo‘li bilan yozilgan nusxasini ziyorat qildik. Ulamo va shayxlardan “Hidoya egasi” Burhoniddin Ali binni Abu Bakr Marg‘iloniy, shayx Abu Mansur Moturidiy, Shohi Zinda, Xoja Ubaydullo Ahror, xoja Abdiy birun, Xoja Abdiy darun, Cho‘pon va Qozizodayi Rumiy qabrlarini ziyorat qildik. Chorsadu chili chor hazor nomli qabristonga borib, Movarounnahr fatvo egalari bo‘lgan ulamolarning qabrlarini ham ziyorat qildik”2. Burhoniddin Marg‘inoniy qabri masalasida fikr va mulohazalar bilan tanishar ekanmiz, Chokardiza qabristoni xususida ham ayrim ma’lumotlarni keltirib o‘tsak. Ma’lumotlarga ko‘ra, ulug‘ allomalar ko‘milgan Chokardiza (Jakardiza, Shakarjizza deb ham ataladi) qabriston X-XI asrlarda paydo bo‘lib, Samarqandning janubiy-sharqida joylashgan. Tarixchi Komilxon Kattaevning ta’kidlashiga qaraganda, bir vaqtlar o‘sha yerda harbiy istehkom- 1 Abu Tohirxoja Samarqandiy. Samariya (Samarqand mozorlari zikri) / So‘z boshi, fors tilidan tarjima, iohlar mualliflari: Sh.Vohidov, B.Aminov. T.: Yangi asr avlodi, 2009 – B. 146. 2 Seydi Ali Rais. Mir’ot ul mamolik. Tarjima va izohlar muallifi Sh.Zununov.T.: O‘zFA nashriyoti, 1963. – B.99. qal’a bo‘lgan. Chokardiza nomi ham shunday qilib chiqqan, ya’ni Chokar – lashkar; diza – qal’a degani. Shu mavzedan Chokardiza arig‘i ham o‘tgan1. Sobiq sovet hokimyati davrida Chokardiza qabristoni tekislanib, uning o‘rnida uylar qurilgach ulug‘ allomalarning qabrlari toptalib yo‘q bo‘lib ketgan. Bu haqda qadimshunos olim Amriddin Berdimurodov “Chokardiza otryadining tadqiqotlari” nomli maqolasida jumladan quyidagilarni keltiradi: “O‘rta asrlarga oid Chokardiza qabristonida olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagilar aniqlandi: Chokardiza qabristoni eramizning X asridan boshlab shakllangan va bu yerga marhumlar to XX asrning 50-yillarigacha dafn etilgan. Qabristonning saqlangan madaniy qatlamining qalinligi to 4-5 metrlargacha yetadi. Qabrlar ayrim joylarda 5-6 qavatgacha yetadi. Qabristonning janubiy-g‘arbiy tomonida XIV-XV arlarda Amir Temur tomonidan Sayyidlar uchun qurilgan maqbara joylashgan. Ammo, bu maqbaraning ham devorlari buzib olingan, faqatgina uning sag‘anasi saqlangandir. Qazishmalar mobaynidabu yerdan 30 dan oshiq qabrtosh-qayroqlar topildi. Ularning ko‘pchiligi XII-XIII asrlarga oiddir. Qabristonning umumiy maydoni 4,5 ga bo‘lib, hozirda uning usti to‘liq o‘zlashtirilgan, qabrlar va qabrtoshlar yo‘q qilingan. Imom Abu Mansur Moturidiyning qabri. Chokardiza qabristonning eng baland qismida, uning janubiy tomonida joylashgan bo‘lib, qabrning shimoliy tomonida masjidning poydevori saqlangan. Chokardiza qabristoniga ziyoratga kelganlar qiynalmasliklari va qabrlarni oyoq osti qilmasliklari uchun o‘sha davrlarda maxsus tosh yo‘laklar barpo qilingandir”2. Shomiyning “Raddul muxtor” asarida keltirilishicha, bu qabristonga 400 ga yaqin Muhammad nomli faqihlar dafn etilganligi uchun “Muhammadiylar qabristoni” (Turbatul-Muhammadiyin) nomi bilan mashhur bo‘lgan3. Alalxusus, Chokardiza qabristoning mashhurligi haqida Abul Hakimi Samarqandiy shunday yozadi: “Bu mavze’da ko‘pgina mujtahid va sohibkaromatlarning qabrlari joylashgandir, va podshohlar u zamin tuprog‘ini ko‘zlariga surma kabi surtar edilar...Naql qilibdurlarkim, Madinai munavvardagi Baqiya qabristonidan va Makkai Makarramadagi Muallo qabristonidan boshqa, Chokardiza qabristonidan buzurgroq qabriston yo‘qdir. Base fikrimizning yakunida shuni aytish joizdurki, 1 Abul Hakimi Samarqandiy. Qandiya. Tarjimon, so‘zboshi, izoh va lug‘at muallifi Komilxon Kattaev...– B. 76. 2 Berdimurodov A. Chokardiza otryadining tadqiqotlari // O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar. Samarqand, 2001.– B.45-46. 3 Abdulhakim Sha’riy Jo‘zjoniy. Marg‘inoniy va uning izdoshlari...– B.10. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling