Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
SAMARQAND ShAYXUL ISLOMLARI
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
SAMARQAND ShAYXUL ISLOMLARIBurhoniddin Marg‘inoniy avlodlari Sohibqiron Amir Temur va uning avlodlariga sadoqat bilan xizmat qilibgina qolmay temuriylar saltanatining ravnaqi uchun bo‘lgan kurashlarda faol ishtirok etdilar. Burhoniddin Marg‘inoniy avlodlaridagi bu oliyjanob xislatlar asrlar mobaynida ularning obro‘siga obro‘ qo‘shib kelish bilan birga mamlakat humdorlar oldidagi mavqelarini baland bo‘lishini ta’minladi. Shu sababdan mamlakatda parokandalik yuz bergan vaqtlarda ham Burhoniddin Marg‘inoniy avlodlari xalqni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi ulamolar sifatida yurt osoyishtaligini saqlash uchun jonbozlik ko‘rsatganlar va shayxul islomlik vazifasiga qo‘yiladigan talab va shartlarni bajarishda sobit bo‘lganlar. So‘zimiz avvalida o‘quvchilarimizga tushunarli bo‘lishi uchun oliy diniy unvon bo‘lmish shayxul islom unvoniga qisqacha izoh berib o‘tsak.”Islom ensilopediyasi” da bu unvon xususida jumladan quyidagilar keltiriladi: “Shayxul islom – muayyan mamlkatda islom tashkilotlari boshlig‘i – oliy diniy unvon. Faxriy unvon sifatida 10 - asrdan u yoki bu faqih yoxud so‘fiyga nisbatan ishlatilgan. 13 - asrdan keyin muntazam suratda qo‘llanilgan. Buxoro xonligi, Turkiya (16-asrdan 1924 yilgacha) va boshqa davlatlarda shayxul islom – eng oliy diniy lavozim. Bunday lavozim va unvon musulmon mamlakatlarining ba’zilarida uchraydi. Shialikka mansub diniy boshqarma rahbari ham shayxul islom unvoni bilan yuritiladi. Sunniylikka mansub boshqarmalarning rahbarlari muftiy unvoniga ega”1. Keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum bo‘lmoqdaki shayxul islom – eng oliy diniy lavozim sifatida o‘rta asrlarda Movarounnahrda hukm surgan sulolalar tarixida muhim o‘rin egallab kelgan. Chunonchi, Alisher Navoiyning 1 Islom ensiklopediya... – B. 267. umri oxirida yozilgan “Mahbub ul – qulub” (“Qalblar sevgilisi”) nomli yirik asaridagi o‘n birinchi faslni “Shayxul-islom to‘g‘risida” deb atalishi shayxul islomlik vazifasining naqadar mas’uliyatli vazifa ekanligidan dalolat beradi: “Shayx ul-islom – musulmonlar peshvosi bo‘lib, musulmonlar uning yo‘lidan borishlari lozim. Bunday odam zo‘r olim bo‘lmog‘i, islom dinini himoya qilmog‘i va uning targ‘ibotchisi bo‘lmog‘i darkor. U dargohga yaqin, shariat qonunidan chiqmovchi, faqirlikka qanoat qiluvchi, poklik yo‘lini tutuvchi, yomon, yaxshi kishilarga birday shafqatli, katta-kichikka bir xil – faqat to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi, rad etib bo‘lmas darajada haq so‘zni so‘zlovchi, shariat qonunlarida mustahkam va barqaror turuvchi, har qanday bid’atchining bid’atini yo‘qqa chiqaruvchi; fayzli va obro‘li odam bo‘lmog‘i shart. Shunday bo‘lgandagina uni “Shayx ul-islom” desa bo‘ladi”1. Burhoniddin Marg‘inoniy avlodlari bilan Amir Temur va temuriylar o‘rtasidagi qat’iy ishonchga asoslangan samimiy munosabatlar mamlakatda barqarorlikni saqlab turishda muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilgan edi. Binobarin, din ahlning hukmdorlar bilan yonma-yon turib el-yurt manfaati yo‘lida siyosat yuritishlari aynan shu xonadon vakillarining faoliyatida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ularning Amir Temur va temuriylar tarixida tutgan o‘rni naqadar muhim bo‘lganligini yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek o‘sha davr muarrixlarining asarlarida ham o‘z ifodasini topgan. XVI asrda yashab o‘tgan Abdulhay ibn Abdulfath al-Husayniyning qalamiga mansub “Nasabnomai Xoja Ubaydulloh Ahror” (“Xoja Ubaydulloh Ahror nasabnomasi”) asarida Burhoniddin al –Marg‘inoniyning avlodlari to‘g‘risida ham muhim ma’lumotlar keltirilgan: “Kirmoniy hazratlarining qizi vafot etgandan keyin, Xoja Isomuddin hazratlarining birodari Xoja Nizomuddin ibn Xoja Abdulmalik ibn Xoja Mavlano ibn Imomiddin ibn Xoja Jamoluddin ibn Mavlono Zayniddin ibn Mavlono Burhoniddin Ali hazratlarining qizlarini olgan edilar. Burhoniddin Ali “Hidoya”ning” sohibidurlar”2. Amir Temur zamonida Samarqand shayxul islomi lavozimida shu xonadon vakillari turganligi yuqorida ham ta’kidlangan. Ular orasida eng mashhurlaridan biri Abdul Malik as-Samarqandiy bo‘lib, bu vaqtlarda ular o‘z nomlariga “Samarqandiy” nisbasini qo‘shib aytishni qabul qilishgan. Movarounnahrda ro‘y bergan voqealar jarayonida Abdul Malik as- Samarqandiy nomi ham alohida tilga olinadi. Bu haqda Sharofiddin Ali Yazdiy o‘zining “Zafarnoma” asarida shunday yozadi: “Hazratning (Amir Temurning) muborak ko‘ngli dunyodan sovuq bo‘lib, dunyo muhimotlariga hech ham parvo qilmay qo‘ydilarkim, podshohlik va saltanat dunyoda bormi yo yo‘q edi. Ulamo va mashoyix va sodot va sulaho, misoli Sayyid Baraka va Xoja 1 Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983. – B. 22. 2 Xoja Ubaydulloh Ahror.Tabarruk risolalar. Nashrga tayyorlovchilar: Mahmud Hasaniy, Bahriddin Umrzoq, Hamidulloh Amin.T.: Adolat, 2004. – B.278-280. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling