Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Abdullo Mirzoning katta qo‘shin bilan kelayotgan xabarini eshitgan Sulton Abu Sayid Mirzo darhol yordam so‘rab o‘zbek xoni Abulhayrxonga elchi yuboradi. Abulhayrxon ham fursatdan foydalanib, Samarqandni yana ikkinchi marta talash niyatida o‘z qo‘shinlari bilan Turkistonga kelib, Sulton Abu Sayid Mirzo qo‘shinlari bilan birgalashib Toshkentga, u yerdan Xo‘jandga keladilar. Bu vaqtda Abdullo Mirzoning askarlari endi Sirdaryodan o‘tgan edilar. Sulton Abu Sayid Mirzo bilan Abulhayrxon qo‘shinlari Mirzacho‘l orqali o‘tib, Abdullo Mirzo qo‘shinlariga Bulung‘urda ro‘baro‘ keladilar. 1451 yil iyun oyida Bulung‘ur dashtining janubidagi Sheroz qishlog‘i yaqinida har ikki qo‘shin o‘rtasida qonli jang bo‘ladi. Natijada, Abulhayrxon Abdullo Mirzoningko‘p sonli qo‘shini ustidan g‘alaba qozonadi. Abdullo Mirzo mardona kurashib, jang maydonidan orqaga qaytayotganda o‘q tegib halok bo‘ladi. Sulton Abu Sayid Mirzo esa hech qanday qarshilikka uchramay, Samarqandga kiradi va taxtni egallaydi”1.
Mirzo Abdulloning jangda halok bo‘lganligi to‘g‘risidagi xabar Samarqandga yetib kelishi bilan Xoja Burhoniddin shaharni tark etishga majbur bo‘ldi. Chunki, temuriylar o‘rtasidagi jangda Burhoniddin Abu Sayidga qarshi turgan edi. Tabiiyki, bu holatga Abu Sayid panja orasidan qaramas edi. U Samarqanddan chiqib, Xurosonga qarab yo‘l oladi. Bu vaqtda Amir Temurning kenja o‘g‘li Shohruh mirzoning nabirasi Hirot hukmdori Abulqosim Bobur (1422-1457) Xoja Burhoniddinni zo‘r izzat-ikrom bilan qarshi oladi va unga chuqur iltifotlar ko‘rsatganligini tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha ta’riflaydi: “Bu g‘alaba xabari Samarqandga yetgach, mirzo Sulton Abdulloh tomonida turib unga kamol ixlos qo‘yganidan ko‘p mubolag‘alarga yo‘l qo‘ygan janob shayxulislom, olam ulamolarining sultoni, Olloh salomat saqlab umrini uzun qilgur Burhonuddin Xoja Mavlono Xurosonga qarab jo‘nadi... Mirzo Abu-l-Qosim Bobur qishlov uchun Mozandaron mamlakatiga ketayotgan edi, yo‘l asnosida Samarqand fath etilganligi va janob xoja (Burhonuddin) kelganligi xabarini eshitdi. Xoja janoblariga to‘la izzat-ikrom ko‘rsatib, o‘zining o‘rdusiga da’vat qildi. Mirzo Abu-l-Qosim Bobur bir necha kun Maydoni 1 Fayziev T. Temuriylar shajarasi. T.: Yozuvchi, 1995. – B.177. Sultonda turib, Iroq tomondan xabarlar so‘radi. Shu yerda nishonga muvofiq o‘rdu tomon kelayotgan shayxulislom (Burhoniddin) janoblari yaqinlab yetdilar. Mirzo Abu-l-Qosim Bobur barcha davlat arkoniyu amaldorlarini istiqbolga chiqarib, hurmatlashu ulug‘lash shartlarini bajo keltirdi. (Xoja) humoyun masjlisga kirganida u yaxshi axloqli podshoh (Mirzo Abu-l-Qosim Bobur) saltanat taxtidan turib oldiga keldi va janob shayxulislomni to‘la hurmat bilan quchoqladi hamda yaqinlik palosiga o‘tqazib, u janob oldida odob tizzasiga o‘tirib, Movarounnahr xabarlaridan so‘radi hamda Xoja janoblariga munosib tarzda mehribonlik ko‘rsatdi. So‘ngra zafardan darak beruvchi bayroqlar Qumis viloyati va Bistom ziyoratiga ravon bo‘ldi hamda Bistom maysazori va Xaraqonda g‘alaba nishonli saroparda osmon avji va Kayvon cho‘qqisiga ko‘tarildi”1. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xoja Burhoniddin Abulqosim Bobur va uning akasi Fors va Iroq hukmdori Sulton Muhammad Mirzo (1418-1451) o‘rtasida yuz bergan urushlarda sulh tuzish uchun Abulqosim Bobur tomonidan elchi sifatida ishtirok etgan. Bu haqda Abdurazzoq Samarqandiy shunday yozadi: “Mirzo Abu-l-Qosim Bobur Bistom viloyatda ekanligida bu tafsilotni eshitdi va amirlar ham arkoni davlat bilan maslahatlashish yo‘lini tutib, janob shayxulislom (Burhoniddin2) Xoja mavlono janoblariga elchilik vazifasini yuklab, Janob shayxul islom yo‘lga chiqib, mirzo Sulton Muhammad o‘rdusi joylashgan yerga yetishdi. Mirzo Sulton Muhammad ulug‘lash shart-sharoitlari ham izzat-ikrom rasm-rusumlariga rioya qildi. Janob shayxulislom elchilik vazifalarini adoga yetkazib, so‘z ajoyibotlarini nozik ma’nilar bilan bezatdi. Mirzo Sulton Muhammad u so‘zlarni rozilik qulog‘i bilan eshitdi-yu, ammo ularni qabul etish yo rad qilish borasida taraddudlanib qoldi, qurol-aslaha ko‘pligi va sha’n-shavkat zo‘rligidan andisha oynasida jahondorlik suratini aks ettirdi. Ammo u 1 Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai bahrayn. II jild ikkinchi qism. Fors tilidan tarjima, so‘zboshi va izohlar muallifi Asomiddin O‘rinboev. T.: O‘zbekiston, 2008. –B. 321-323. 2 Matnda Bahouddin nomi bilan berilgan. 3 Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai bahrayn... –B. 324-325. Xoja Burhoniddin Hirot shahrida Abulqosim Bobur saroyida hukmdorning yaqin kishilaridan biri sifatida yuksak hurmat-ehtirom ostida yashagan. Ayni paytda Samarqand hukmdori Abu Sayid Mirzo ham mamlakatni idora qilishda Xoja Burhoniddin ko‘magiga muhtoj ekanligini his qila boshlaydi. Zotan, Burhoniddin samarqandliklar orasida katta obro‘ga ega ekanligi, vaziyat mushkullashganda amaldorlar uning maslahatlariga amal qilganligini Abu Sayidning o‘zi ham inkor qila olmasdi. Shu bois u Xoja Burhoniddinni Samarqandga qaytishini so‘rab, choparlar yubora boshladi. 1455 yilda O‘tror shahrida Abu Saidga qarshi ko‘tarilgan isyon ham uni yana bir bor sergaklikka chorlaydi. Harbiy yurishlar vaqtida Samarqandda o‘zining ishonchli kishisi bo‘lishi zarurligini tushunib yetgan Abu Sayid Mirzo Xoja Burhoniddinni Samarqandga kelishini juda ham istardi. Shu yili qayta- qayta yuborilgan choparlarga javoban Burhoniddin Samarqandga qaytishga qaror qiladi. Abdurazzoq Samarqandiy uning Samarqandga kelishi xususida quyidagilarni keltiradi: “Hidoya” muallifi (Burhoniddin Marg‘inoniy) xonadoni osmonining quyoshi va bu inoyat sulolasi namoyandalarining charog‘i bo‘lmish inson bilimdonlarining rahbari, shariatu millat va dinning hujjati Olloh hayotini uzaytirgur janob mavlono shayxulislom (Burhoniddin) Xoja hazrat xilofat panohiyning saltanat boshlari Xurosonga kelib bir necha yil turgan va yana mirzo Abu-l-Qosim Bobur saltanati zamonida u podshoh (Abu Sa’id)ning iltimosi bilan (Samarqandga) qaytgan, – chunonchi bu so‘z sharhi o‘z o‘rnida yozilgan, – hozir esa davlatu saodat yanglig‘ jahon panohiga sig‘inuvchi borgohda mulozim edi, hazrat xilofat panohiy u kishiga nisbatan katta in’omlaru to‘la izzat-ikromlar ko‘rsatib, qaytib ketishga ijozat berdi”1. Ma’lumotlarga ko‘ra, Abulqosim Bobur mavlono Burhoniddinni ketishidan oldin unga o‘zining yo‘l uchun mo‘ljallangan taxtiravonini ham taqdim qilgan. Uning yordamida Burhoniddin Samarqandga hech qanday qiyinchiliklarsiz, yo‘l azoblaridan toliqmasdan yetib kelgan. Xoja Burhoniddin Samarqandga kirib kelishi munosabati bilan bo‘lgan tantanalarni guvohi bo‘lganlar “Abu Sayid Mirzo mavlono Burhoniddinni shu qadar katta dabdaba bilan qarshi oldiki, bunday hurmat-ehtiromni Burhoniddin avvalgi hukmdorlarning hech biridan ko‘rmagan bo‘lsa kerak”, degan fikrni keltiradilar2. Tarixdan ma’lumki, 1461 yili Mirzo Ulug‘bekning farzandi Abdullatifning to‘rtinchi o‘g‘li Muhammad Jo‘ki Mirzo (1447-1464) Sulton Abu Sayid Mirzoga qarshi bosh ko‘taradi. Qo‘zg‘olonga Shohruhiyaning barcha aholisi qatnashadi. Sulton qo‘shinlari shaharni qamal qiladi. Ammo qamal ko‘pga cho‘zilib, Sulton Abu Sayid Mirzo sulh tuzishga majbur bo‘ladi. 1461 yil oxirida sulh tuziladi va shahar qamaldan ozod qilinadi. Ammo ko‘p o‘tmay 1462 yilda shahar yana Sulton qo‘shini tomonidan qamal qilinadi. Qamal bir yildan ortiq davom etadi. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha aynan shu 1 O‘sha asar... –B. 471-472. 2 Bartold V.V. Rabotы po otdelnыm problemam istorii Sredney Azii… S.446. qamal chog‘ida Xoja Burhoniddin Samarqanddan Shohruhiyaga kelib qamaldagilarni sulh tuzishga chorlab so‘zlagan g‘oyat ta’sirchan nutqi Sulton Abu Sayid Mirzoga ham yoqib tushgan: “Hozir Samarqand tomondan Olloh boqiyligini uzaytirgur shayxulislom hazratlari insonlar rahbarlarining rahbari shariat va din hujjati (Burhoniddin) Xoja Mavlono yetib keldi va arz qildiki, “masalan, agar Samarqand aholisi uchun bir necha yil Shohruxiya atrofida turish lozim bo‘lsa, ular qal’ani bo‘ysundirishni bir soatga kechiktirishga ham yo‘l qo‘ymaydilar, biz samarqandliklar shu yerga ko‘chib kelamiz va Olloh taoloning inoyati bilan to bu qal’ani ochmaguncha qaytib ketmaymiz, agar bu yerda, masalan Samarqand kabi bir shahar qurish lozim bo‘lsa – quramiz va xullas, dushmanlar xonu monini bunyodi bilan quritamiz”. Hazrat xilofat panohiy janob shayxulislomning go‘zal so‘zi va lutfi adosiga tahsinlar aytdi u janobning birdamlik surati humoyun mijozga yoqib tushdi”1. XV asrdagi Movarounnahr temuriylar davri haqida tarixiy ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan “Silsilat ul-orifiyn”, “Rashahot ayn- hayot” hamda “Maqomoti Xoja Ubaydulloh Ahror” singari asarlarda shayxul islom Burhoniddin va Xoja Ubaydulloh Ahror o‘rtasida munosabatlarda qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lganligi hikoya qilinadi. Shu bilan birga mazkur asarlarda aksariyat hollarda shayxul islom Burhoniddin nisbatan berilgan baholar ham salbiy bo‘lganligini e’tirof etish lozim. Qolaversa, ushbu asarlar Xoja Ubaydulloh Ahror vafotidan so‘ng nihoyasiga yetkazilganligi tufayli asar mualliflari voqealarni bir qadar ta’sirchan bo‘lishi maqsadida mubolag‘alarga ham yo‘l qo‘ygan bo‘lishlari mumkin. Nima bo‘lganda ham, amerikalik olima Joan Gross haqli ravishda ta’kidlaganidek, mazkur ma’lumotlar XV asrning ikkinchi yarmida Samarqanddagi diniy ulamolar va so‘fiylik tariqati namoyondalari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi2. Shu o‘rinda Boturxon Valixo‘jaevning “Xoja Ahror tarixi” asarida shayxul islom Burhoniddin bilan Xoja Ubaydulloh Ahror o‘rtasida munosabatlarga doir ma’lumotlarga e’tiborimizni qaratsak: “Xoja Ahror obro‘sining ortib borishi o‘sha vaqtdayoq, bir tomondan, ba’zi amaldorlarni va ikkinchi tomondan, shariat peshvolarini tashvishga solib qo‘ygan ko‘rinadi, Shuning natijasida uni obro‘sizlantirish hamda mavqeini pasaytirishga intilishlar ham bo‘lgan ekan. Bu jihatdan Muhammad Qozining “Silsilat ul-orifin”ida keltirilgan quyidagi voqeani eslatish o‘rinli ko‘rinadi. Sulton Abu Said Mirzo vafotidan so‘ng (1468 yil) Samarqand shayx ul- Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling