Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet22/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   147
Bog'liq
02 (3)

muvaffaqiyatsizlikka uchrayvergan. U butun vujudi bilan ichkilikxo‘rlik va nodonlikka berilganligi sababli unda avvalgi qahramonliklaridan asar ham qolmagandi. Shundan so‘ng oradan hech qancha vaqt o‘tmay, Pirmuhammadxon Shiburg‘on shahri yaqinida 809(1407) yilda, o‘zining chodirida vaziri Pirali Toz tomonidan o‘ldirildi. Holbuki, Piralining o‘zi Pirmuhammad tomonidan oddiy xizmatkorlikdan vazirlik lavozimiga ko‘tarilgan edi”.3
Xoja Abdul Avval Sohibqironga qanday xizmat qilgan bo‘lsa, uning nevarasi Xalil Sultonga ham shunday xizmatda bo‘ldi. Biroq uning yosh shahzodaga bo‘lgan umidlari o‘zini oqlamadi. Xalil Sulton taxtga chiqqach, bobosidan qolgan boy xazinani behudaga isrof qilish va Amir Temurning ishongan odamlarini o‘zidan bezdirish bilan mashg‘ul bo‘ldi. U bu holatda uzoq hukmronlik qila olmadi. Xudoydod va Shayx Nuriddin tomonidan ko‘tarilgan isyon Xalil Sulton hokimiyatiga xotima qo‘ydi. U isyonni bostirish uchun yo‘lga chiqqanda pistirmaga uchrab, asir tushdi va ma’lum muddat tutqunlikda qolib ketdi. Bu vaqtda Samarqandda tartibni saqlash va isyonchilarga shaharni berib qo‘ymaslik uchun vaqtinchali rahbarlik qilish Xoja Abdul Avval zimmasiga
1 Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma... – B. 305.
2 Vamberi H. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi.T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1990. – B.58.
3Xerman Vamberi. Buxoro yohud Movarounnahr tarixi...– B. 59.
tushdi. O‘sha voqealarning guvohi bo‘lgan Ibn Arabshoh bu haqda: “Xoja (Abdu Avval)ning riyosati vaqtida ikki olam orasida ixtilof chiqmadi. Va raiyat ustida hukm yuritishda “ikki serka suzishmasdan”, uning ishorati amru naxiy bilinib, farmoni ariqlari xalq orasida to‘xtovsiz oqib, o‘sha o‘tgan kunlarda uning amirlari itoatda bo‘ldi”, deb yozadi.1
Xoja Abdul Avval o‘zaro munozaralardan so‘ng shaharni Shohruh Mirzoga topshirdi. Shundan keyingi voqealar jarayonida Abdul Avval to‘g‘risidagi ma’lumotlar kam uchraydi. Akademik V.V.Bartoldning yozishicha, Xoja Abdul Avval 1409-1411 yillarda sodir bo‘lgan siyosiy o‘zgarishlarda faol ishtirok etgan.
Shohruh Mirzoning temuriylar poytaxti Samarqandni qon to‘kmay hech bir qarshiliksiz qo‘lga kiritishida Xoja Abdul Avval va uning jiyani Xoja Isomiddinlarning roli katta bo‘lganligini Abdurazzoq Samarqandiy tomonidan keltirilgan quyidagi ma’lumotdan ham bilish mumkin:
Marv manziliga (etilganda) Samarqanddan Xoja Komiluddin Abdulavval, Xoja Isomuddin, qozi Salohuddin, mavlono Qutbuddin, Amiraki Donishmand va Xoja Fazlulloh Abu-l-Laysiylar boshchilik qilib turgan Samarqand kattalari tomonidan yuborilgan arza-xat yetib keldi. Xatning mazmuni shunday edi: (812 yil) o‘n oltinchi zu-l-hijja (21 aprel, 1410) dushanba kuni amir Shayx Nuruddin va amir Shohmaliklar jang qilganliklari xabari Samarqandga yetdi. Xuddi shu kuni Muhammad al-Baqro (shahar) darvozasiga kelib Shayx Nuruddining so‘zlarini yetkazgan edi, samarqandliklar charx o‘qi bilan shunday urdilarki, uni palosga solib qaytarib olib ketdilar. Juma kuni (25 aprel, 1410) esa amir Shayx Nuriddining o‘zi muhofazat qilinishi Xoja Isomuddin va Shayxzoda Sog‘arjiyning avlodiga topshirilgan Shayxoda darvozasiga kelib so‘z so‘zlagan edi, unga biror kishi ham javlb bermadi; so‘ng u Ohanin darvozasiga borib, bu yerda turgan Xoja Abdulavval va qozi Salohuddinlarga so‘z aytdi. Xoja Abdulavval unga javoban: “Biz tolibi ilmlarimiz, hukumat bilan bizning ishimiz yo‘q, bizning hokimimiz mirzo Shohruhdir; u o‘z o‘g‘lini bu yerga noiblikka qoldirgan edi, sizlar u kishini qochirib yubordingiz. Biz esa, toki hokim (Shohruh)dan ijozat bo‘lmas ekan, sizlarga ixtiyor bermaymiz” – deb aytdi. (Shahar) ulug‘lari bu so‘zlarni arz qilgandan keyin shahar fuqarolarini iloj boricha tezroq zolimlar qo‘lidan xalos qilishni iltimos qilgan edilar, hazrat xoqoni said quyundek bir choparni Samarqandga yuborib ularga humoyun yurish sur’atidan bashorat berdi2.
Shohruh Mirzo Samarqandga kirib kelgach, Xoja Abdul Avval va Isomiddinlarga o‘zgacha hurmat bilan qaragan. U shaharni Mirzo Ulug‘bekka
topshirar ekan: “...Olloh o‘z salomini yo‘llagur Payg‘ambar varasalari bo‘lmish ulamolarni ehtirom ko‘zi tagiga olib, in’om nazari bilan mamnun etgin, diniy mojarolar bo‘yicha ish ko‘rganingda, ularning fatvosini chetlab o‘tmagin, Hidoyaning muallifi deb mashhur bo‘lgan millatu dinning dalili shayxul islom Abdujalil al- Marg‘inoniyning atoqli va oliy maqom xonadoniga nisbatan izzat-ehtiromda bo‘lib, u kishining avlod-ajdodlaridan tortib islom mashoyixlari va zamona


1 Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi... – B. 60.
2 Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai bahrayn... –B. 184.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling