Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
hurmatu ehtirom ko‘rsatdi. Mirzo Ulug‘bek katta osh berib, ta’ziyat shartlarini bajo keltirdi”1.
Shayxul islom Xoja Isomiddin ham Mirzo Ulug‘bekdan o‘rnak olib, bunyodkorlik ishlariga rahnamolik qilgan. O‘sha vaqtda diniy va dunyoviy ishlarni bir me’yorda olib borish, musulmonlarga nafaqat shariat ahkomlari bilan, balki dunyoviy ishlar yuzasidan ham ko‘mak berish Samarqand shayxul islomining kundalik hayotiga aylangan edi. Xoja Ismomiddin Mirzo Ulug‘bek singari qurilishlarga ham e’tibor qaratgan. Jumladan, jamoat uchun o‘zi yashab turgan “Xoja Abdullasiy” mahallasida hammom qurdirgan. Shu munosabat bilan u Samarqand ahliga katta ziyofat bergan. Bu ziyofatda o‘z davrining mashhur sozandalari va qo‘shiqchilari ishtirok etishgan. Mirzo Ulug‘bek bilan Sohib Hidoya avlodi Xoja Isomiddin o‘rtasidagi samimiy do‘stona munosabatlar to‘g‘risida taniqli tarixchi olim, akademik Bo‘riboy Ahmedov o‘zining “Ulug‘bek” nomli asarida shunday bayon qiladi: “...Ulug‘bekning musulmon ruhoniylari orasida hamfikr do‘stlari ham ko‘p edi. Xoja Isomiddin, Abulfath Daylar, Shamsiddin Muhammad Miskin shular jumlasidandir. Ular esa kichik odam emasdilar. Xoja Isomiddin yurtning shayxul islomi, demak musulmon jamoasiga boshliq hisoblanadi. Lekin, Ulug‘bek ular bilan do‘stlasha oldi. Xoja Isomiddin “daxriy” podshohning butun ilmiy va ijtimoiy- siyosiy faoliyatini qo‘llab-quvvatladi, hamisha uning yonida turdi, bora-bora u bilan hamfikr bo‘lib qoldi”2. Mirzo Ulug‘bekning mamlakatni boshqarishda olib borgan tashqi va ichki siyosatini qo‘llab-quvvatlab, unga doim hamfikr bo‘lishi o‘z navbatida o‘sha davrning ayrim tariqat namoyandalarini mavlono Isomiddinga nisbatan noroziligini keltirib chiqargan ko‘rinadi. Umuman olganda shariat peshvolari bilan tasavvuf tariqat vakilarining o‘rtasida o‘rta asrlarda vaqti-vaqti bilan yuz berib turgan bunday noroziliklarning sabablari ba’zi hollarda ularni hukmron doiraga yaqinlashish uchun bo‘lgan harakatlar bilan ham izohlanadi. Ammo bu mavzu alohida tadqiqot ob’ekti bo‘lganligi bois biz faqatgina ayrim misollarni keltirish bilangina cheklanib qolamiz. Jumladan, Faxriddin Ali Safiy (1463-1532) “Latofatnoma” asarida keltirilgan “Islom va taom” hikoyasiga e’tibor beraylik: “Mavlono Abdurahmon Jomiyning Sulton Husayn Mirzoga yaqin bo‘lgan kishilarga yaqin yurganligini sezgan Hirot shayxul islomi Mavlono Sayfiddin Ahmad dedi: “Mavlono eshon falonchilarning ovqatidan hazar qilish o‘rniga tanovul qilibdilar. Biz islomdan qo‘l yuvdik. Bu xabar eshonga yetishgach, dedilar: “To‘g‘ri, Mavlono Sayfddin Ahmad shayxul islom bo‘lgandan buyon biz ham islomdan qo‘l yuvganmiz” 3 . Mazkur hikoyani asl mazmun-mohiyatini tushunib yetmagan ayrim kishilar uchun bu singari hikoyalar kulgili bo‘lib tuyulishi ham mumkin. 1 Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai bahrayn... –B. 45. 2 Ahmedov B. Ulug‘bek. T., 1989. – B. 124. 3Faxriddin Ali Safiy. Latofatnoma. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996. – B. 72. Biroq u o‘z navbatida zukko o‘quvlarni chuqur o‘yga toldirishi aniq. Zero, Abdurahmon Jomiyga nisbatan shayxul islomning bu tarzdagi munosabatidan o‘z navbatida Mavlono Jomiyning ham munosib javob berishiga undagan ko‘rinadi. Faxriddin Ali Safiy “Rashahot ay-ul hayot” (“Obihayot tomchilari”) asarida mavlono Isomiddinning o‘limini Mavlono Nizomiddin Xomush bo‘lgan yuz bergan voqealar tufayli sodir bo‘lganiligi quyidagicha bayon etadi: “Hazrati Maxdum quddisa sirruhu “Nafahotul-uns”da keltirubdurlarkim, janobi Maxdumiy Xoja Ubaydulloh adomallohu ta’olo baqoyahu oytdilarkim, xizmati Mavlono Nizomuddin oydilar: “Samarqand akobirlaridin birlarikim, bizlarga nisbati ko‘b muhabbat va ixlosu irodati bor erdikim, kasal bo‘ldi. Va o‘lmakka yaqin yetti. Oning farzandlari va mutaalliqlari ko‘b niyozmandlik ettilar. Mashg‘ulliq qildim. Ko‘rdimkim, onga imkoni baqo va hayot yo‘q turur, magar zimnig‘a(ichiga) olunsa. Va oni zimnig‘a oldim, sihhat topdi va necha vaqtlardin so‘ng bizga nisbat tuhmati voqe’ bo‘ldikim, bizning izlol va ihonatimiz(tahqirlash)g‘a mufziy bo‘ldi. Va ul kishi qudrati yetishur erdikim, ul bobda sa’ye qilsa va oning daf’ini etsa, ammo o‘zini saqladi va o‘zini ul arog‘a solmadi. Va bizning xotirimiz ondin ko‘fta (og‘irlik) bo‘ldi. Va oni zimndin ixroj (haydash) etduk. Yiqildi va o‘ldi. Maxfiy qolmasunkim, ul buzrugkim akobiri Samarqanddin Hazrati Mavlononing amrlarida o‘zin saqladi — Xoja Isomuddin shayxul-islom Samarqandiy erdi. Va ul tuhmat va ihonatkim, xizmati Mavlonog‘a yetushdi farzandlarining vositasi bila erdikim, du’o va azoyimxonliq va tasxiri jinng‘a mansub erdi va ul jihatdin ahli haramning muazzamotlarig‘a borish-kelish qilur erdi. Va arbobi g‘arazdin jam’e ahli haramning ba’zisining muhabbatig‘a nisbat ettilar va tuhmat qo‘ydilar. Va ul holdin shammae Mirzo Ulug‘bekning sam’ig‘a yeturdilar. Va xizmati Mavlononing farzandlari qochdi. Va ul sa’obat va tuhmatning asarining shomati xizmati Mavlono Nizomuddinga siroyat etti va Mirzo Ulug‘bekka g‘ayrat bo‘lub har tariqa tamomroq gazab bila Mavlononi talab etti. Qosidlar olarni bosh yalang otning aqibig‘a mindurub, Mirzo Ulug‘bekning yonig‘a olib bordilar. Olor bog‘da bir maydon joyda o‘lturub boshlarini oshoq solib, muroqabada erdilarkim, Mirzo Ulug‘bek olorning oldidin o‘tdi. Olor turmadilar va Mirzo olorni talab etib va itobomiz so‘zlarni og‘oz qilg‘ondin so‘ng xizmati Mavlono Nizomuddin oydilarkim, “bu so‘zlarning hammasining javobi bir kalima so‘zdurkim, oyturman va man musulmonman. Agar bovar qilsang ko‘b yaxshi va agar bovar qilmasang, har nimarsakim, xotiring xohlasa, buyurg‘il...” Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling