Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet27/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   147
Bog'liq
02 (3)

islomi Xoja Mavlono o‘z atrofiga ayrimlarni to‘plab, Xoja Ahror mol-mulkini musodara qilish, Xoja Ahror so‘zlariga hech kimning quloq solmasligini va shunday qilib, uni obro‘sizlantirish vaqti yetganligini aytibdi. Shu ishni amalga oshirish uchun Xoja Mavlono yana bir kishi bilan Xoja Ahrorning Motriddagi hovlisiga


1 Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai bahrayn... –B. 540-541.
2 Djo–Ann Gross. Musulmanskaya Sentralnaya Aziya: Religioznost i obshestvo. D., 2004.
S.110.
borgan ekan. Shu vaqtda Sulton Ahmad Mirzo Xoja Ahrorning uyiga tashrif buyuribdi. Buni eshitgan Xoja Mavlono va uning yo‘ldoshi hovli devoridan o‘zlarini tashlab, qochib ketgan ekanlar. Shundan so‘ng Xoja Mavlononing ishi tanazzulga uchrab, oqibatda nihoyat xor-zorlikda olamdan o‘tish arafasida qilmishlaridan ming bor pushaymon bo‘lib, Mavlono Muhammad Muammoiyga shunday degan ekan: “Muhtaram Mavlono Muhammad! Agar hurmatli Xoja Ubaydulloh ziyoratlariga borsangiz, bizdan o‘tgan noqisliklar uchun kechirishlarini so‘rashimizni yetkurgaysiz. Nima qilgan bo‘lsak, izzat-nafs, obro‘ talashlik uchun qilgan ekanmiz. Hamma qilmishlarimizdan pushaymonmiz. Bizni kechirsinlar”.
Bu hikoyadan so‘ng Muhammad Qozi shunday qo‘shimcha qiladi: Hazrati Xoja Ahror bu gaplarni eshitib, nihoyatda ta’sirlandilar. Menga shunday tuyuldiki, hazrat uni kechirmishlar1.
Faxriddin Ali Safiy ham “Rashahot ay-ul hayot” asarida mavlono Burhoniddin va Xoja Ahror o‘rtasida yuz bergan ziddiyatlar xususida bayon etar ekan buning sababchisi deb Burhoniddinni ko‘rsatadi. Shu boisdan shayx ul-islom Burhoniddinga nisbatan salbiy fikrlarni keltiradi:
Xoja Mavlono (Burhoniddin) valadi Xoja Isomuddinkim, Samarqandning shayxulislomi erdi, doimo Hazrati Eshonning g‘iybatlarini etib va doimo ul Hazratga to‘hmat etmak va ihonat(kamsitish) yeturmak maqomida erdi.
Bir kun xilvatda o‘z xavoslari(yaqinlari)g‘a Hazrati Eshondin parishon so‘zlar oytur erdi. Olarning biri oydi: “Agar Hazrati Xoja Valiy bo‘lmasalar ham sohibdavlat tururlar, nechun muncha mubolag‘a etursiz!” Xoja Mavlono oytib tururlar: “Rost oytursizlar, man ham bilurman, ammo na qilayinkim nafs qo‘ymay turur, joh (martaba) va rayosat muqtazosi (talabi) bila bu amrda beixtiyor tururman!”.
Mavlono Muhammad Qozi yozib tururkim, Hazrati Eshon oytur erdilarkim: “Mirzo Sulton Abu Sa’idning xabari favti yetushkondin so‘ng yo‘lda Xoja Mavlono oldimizdan chiqib, bizlar tarafga qaramay oydi: “Salom alayka”. Mutlaqo tavaqquf (to‘xtash) etmadi va otini tez haydadi, vaholankim, bu xabarni kunning avvalida yulda eshitib erduk, yarim farsax bizlar bila hamroh keldi, tashvish bila oni qaytorduk. Bir kun ma’lum bo‘ldikim, bir ishning fikrida turur. Necha kundin so‘ng zohir bo‘ldikim, Xoja Mavlono umarolar bila ittifoq etibdurlarkim, mundin so‘ng bizning uyimizga kelmasalar va so‘zimizni eshitmasalar va e’tibor ham etmasalar.
Va oytibdurlarkim: “Man fatvo berurman, Hazrati Xojaning tamomi mollarini olsangizlar bo‘lur!”. Bu ittifoqda Mir Abdul Ali Tarxon hozir ermas erkan, axiyri majlisda kelibdur. Amir Darvish Muhammad Tarxon oydikim: “Bizlar ittifoq etdukkim, siz hozir ermas erdingiz, kerakkim, siz ham muttafaq(ittifoq) bo‘lsangiz”. Mir Abdul Ali oydikim: “Man jam’i umurda sizlarga tobe’ tururman, sizlar ulug‘ birodar turursizlar, har nimarsaga ittifoq etsangizlar man ham ul ittifoqda tururman”. Ondin so‘ng so‘rabdurkim: “Sizlar qaysi amrda ittifoq etib turursizlar?”. Amir Darvish Muhammad Xoja


1 Valixo‘jaev B. Xoja Ahror tarixi. T.: Yozuvchi, 1994. – B.71-72.
Mavlononing etkon tadbirining qissasini va umarolari oning bila ittifoqlarini onga sharh etdi. Mir Abdul Ali boshini oshoq solib, taammul etib, bir imondin so‘ng bosh ko‘tarib oydikim: “Sizlar bu amrda g‘alat etibsizlar, oning uchunkim, bir aziz sizning e’tiboringiz bila mo‘tabar bo‘lg‘on ermastur, balkim, mo‘tabari haqiqiykim, Haq subhonahu va ta’olo turur, oning e’tibori bila mo‘tabar bo‘lg‘on turur, ertang oni zarbi solisi bila hammamiz past bo‘lurmiz, xijolat va sharmandalikdin boshqa nimarsa qolmasdur. Bilinglarkim, bu amrda sizlarga muttafaq ermasman va bu muxolafatdin har makruhekim, manga yetsa qabul etarman!”.
Xizmati Muhammad Ali Arron oytur erdikim: “Xoja Mavlono umarolar bila ittifoq etkondin so‘ng oni ko‘rmakka bordim. Oydi: “Yaxshi keldingizkim, ul Shayxi rustoiy (qishloqi shayxni)ni ko‘rmakka borurmiz, ko‘rungkim, man bugun na ishlar qilurman!”. Mavlono Ali oydilarkim: “Hazrati Eshong‘a ta’zim va e’timodim bor erdi, oning bu so‘zidin ko‘b mutaallim(alam tortuvchi) bo‘ldim. har necha sa’y etdimkim, manga ijozat bersa, bermadi va oydi: “Ulchakim, etmak kerakdur, sizning huzuringizda etsam!”. Kerakdur bu so‘zdin yaqin erdikim o‘zdin ketsam, ammo hamroh bo‘lmoqdin chora yo‘q erdi. Ul kun Hazrati Xoja (Ahror) Moturidda erdilar, Moturidga mutavajjih bo‘ldi va man zaruratdin hamroh bo‘ldim. Va Haq subhonahu va ta’olodin tazarru’ va ibtihol tamom(kuchli yolvorish) bila talab qilur erdimkim, ul beadabliklarikim, Hazrati Eshong‘a nasbat(an) oning ko‘nglida bordur ko‘rmagayman va eshitmagayman. Vaqtikim Moturidga kelduk, Hazrati Eshon gunbazliklarda o‘lturg‘on erkanlar, istiqbol etdilar. Vaqtikim o‘lturdik, Hazrati Xoja (Ahror) mohazar (engil ovqat) uchun uyga ketdilar va mohazar chiqarib, o‘z muborak qo‘llari bila Xoja Mavlononing oldida qo‘ydilar. Vaqtikim taomga mashg‘ul bo‘ldilar, xohladikim, Hazrati Eshong‘a nisbat(an) bir nimarsa desa, labu dahonin yasab erdikim, nogoh bir kishi ta’jil(zudlik) bila keldikim, Mirzo va umarolar kelurlar, vaholankim, ul odamlar bila ahd etib va qaror berib erdikim, mundin so‘ng Hazrati Xoja (Ahror)ning uylariga bormag‘aylar, olar na bilsunkim, ul na ish uchun ul ul Xazratning yonlarig‘a kelibdur. Bu suratdin bag‘oyat mushavvash (g‘amgin)bo‘ldi.
Vaqtikim Hazrati Eshon Mirzoning va umarolarning istiqbolig‘a chiqdilar, Xoja Mavlono va bu faqir o‘zlarimizni devordin jam’ining madadi bila devorning ul yuziga tashladuq, to Mirzo va umaro bizlarni ko‘rmasunlar va man bu holda Xudog‘a shukr etib oytur erdikim, bore oning gazoflari (be’mani so‘zlari)ni eshitmadim. Ikki qari saqollarimiz va jomalarimiz xokolud (tuproq) bo‘lg‘on devorni tagida o‘lturduq, to otlarimizni kelturdilar. (Mavlono) zoib va xosir (ziyon ko‘rib) otlandi va man ham otlandim va har kim har tarafg‘a ketduk.
Ondin so‘ng Mirzo va umaro avvalga dasturda, balkim, ko‘bdin-ko‘b Hazrati Eshonning mulozamatlarira kela berdilar va Mir Abdul Ali Tarxonning ra’yi soibi (to‘g‘ri) rojih (muvofiq) bo‘ldi.
Bir kun Xoja Mavlononing majlisida Hazrati Eshonning zikrlari o‘tar erdi. Xoja Mavlono beadablik etib, oytg‘on bo‘lsakim: “Qo‘yung bu ju’al (tezakqo‘ng‘izi)nikim, himmatining hammasi bu ishning masrufi (saraf qilingan)
tururkim dunyo jam etsa”. Bu so‘zni Hazrati Eshonning arzlarig‘a yeturdilar. Ul Hazrat oydilarkim: “Ju’alning margi(o‘limi)da o‘lsun”.
Mavlono Muhammad Jarrohning o‘g‘li Mavlono Ma’ruf oydi: “Man Hirotda erdimkim. Xoja Mavlono Hirotg‘a keldi, oning uchunkim, mundin so‘ng Samarqandda bo‘la bilmadi. Hirot akobirlari ikki martaba oning ko‘rmakka keldilarkim, bag‘oyat parishon va hirza so‘zlarni oytur.
Mundin so‘ng kishi oning uchun kam keldi. Oxiri Amir Chaqmoqning madrasasida sokin bo‘ldi. Har kim yonig‘a kelsa oytur erdi: “Bu sargashtalikkim, maning oldimg‘a keldi, ul Shayxning karomatig‘a haml etmanglar!”.
Bir kun bir kishi onga oytibdurkim: “Ey Xoja, siz xittai Samarqand (Samarqand o‘lkasi) ning shayxul islomi va hokim va sohib ixtiyori erdingiz va ota- bobodin xalqning marji’i muqtadosi (murojaat qiluvchi imomi) va azizu mukarram kishi edingiz. Va Movarounnahr viloyatining xosu omlari hamma(si) sizga tobe’ va xodim erdilar, axiyri umrda aloxonu alomon (uy-joysiz) begona shaharlarning atrofig‘a xorliq va mazallati tamom bila kelursiz va hech bir xotir(ko‘ngil)ning sizga iqboli qolmay turur, bu ul buzrugvorning karomatidin o‘zga na turur?!”...
Yana ham xizmati Mavlono yozib tururkim, ul kundakim, Xoja Mavlono vafot topdi, Mavlono Muhammad Muammoiy oni vafot topmasdan avval ko‘rmakka borg‘on erkan. Ko‘z ochib oytubdurkim, Mavlono Muhammad sizdin iltimos bordurkim, agar bir kuni Hazrati Xojaning mulozamatig‘a borsangiz maning taqsirotlarim uzrini talab qilingkim, har na etdim nafsu havoning muqtazosi bila etdim, emdi hammasidin o‘tdim, mandin mahzi inoyati karam bila afv etsunlar va ma’zur tugsunlar va bu nafas bila maqbuz bo‘ldi. Faqir bu so‘zni yaxshi mahalda Hazrati Eshonning arzlarig‘a yeturdim, bag‘oyat mutaassir bo‘ldilar va shundog‘ ma’lum bo‘ldikim, oning tamomi jarimasidin o‘tdilar va afv etdilar”1.
Shu singari ma’lumotlar “Maqomoti Xoja Ubaydulloh Ahror”da ham naql qilingan:
Naqldurki, Hazrati Xoja Abu Nasr Porsoning avlodlaridan birining xalifasidan naql qilingan: Bir kuni Xoja Mavlono Balxga kelyapti, degan xabar keldi. Xoja Abdulmalik o‘zining tog‘asi istiqboliga Balxning jami akobirlari birlan tashqariga (shahardan) chiqdilar. Uning avvalgi muloqotdayoq aytgan gapi shu bo‘ldi: “Odamlar orasida shu gap bor. Hamma hukamo va tabiblarning ittifoqlari shunga muqarrarki, har qason toun, ya’ni vabo quloq orqasiga (boshlab) chiqsa, u tirik qolmaydi. Lekin men uch marta tounga yo‘liqdim. Har qaysisida ham quloq orqasiga chiqdi. Men o‘lganim yo‘q. Mening karomatim ortiq ekanmi yoki anavi shayxning karomatimi?” deb Hazrati Eshonga ishorat qildi. Shu yerdagi barcha odamlar bir- birlariga qarab, uni jiniga hukm qildilar. U Balxda bir necha kun ham turolmasdan Hirotga ketib qoldi. Keyin qaerga borgan bo‘lsa o‘sha yerga bordi (ya’ni o‘lib ketdi).

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling