Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
yo‘lboshchilari bo‘lib kelayotgan farzandlarini hammadan yuqori qo‘yib, barcha hollarda ularning shon-shavkatlari mulohazasiga rioya qilgin”, deya o‘git beradi1.
Shohruh Mirzoning Ulug‘bekka aytgan bu so‘zlari bo‘yicha, Sohibi Hidoya avlodlari el-yurtning faxri-g‘ururiga aylangan edi. Xoja Abdul Avvalning nomi 1411 yildan keyin yana uzoq muddat manbalarda uchramay qoladi. Agar Sohibi Hidoya avlodlariga bo‘lgan e’tiborni inobatga olsak, uning vafot etgan yili biron-bir manbada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak edi. Bu xususda sharqshunos olim U. Uvatov quyidagi taxminlarni ilgari surdi. Ya’ni, uning kuzatishicha, Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” asari yozilish jarayonida Abdul Avvalning ismi ro‘barasiga, hoshiyaga hattot tomonidan hijriy hisob bilan “838 yilda vafot etgan” degan yozuv tushirilgan edi2. Ehtimol, bu Xoja Abdul Avvalning vafotiga ishora bo‘lishi mumkin. Agar bu sana milodiy yil taqvimiga o‘girilsa, 1434 yil Xosil bo‘ladi. Aytish joizki, U.Uvatovning bu boradagi ma’lumotlariga asoslangudek bo‘lsak, Abdul Avval 1411 yildan keyin osoyishta turmush tarziga o‘tib shayxul islomlik vazifasini yaqinlaridan biriga topshirgan bo‘lsak kerak. Binobarin, ma’lumotlarga ko‘ra, Xoja Abdul Avvaldan so‘ng shayxul islomlik lavozimi uning jiyani Xoja Isomiddinga berilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xoja Isomiddin hazrat Umar avlodidan bo‘lgan Xoja Muhammadning qiziga uylangan. Xoja Muhammadning xotini esa Markaziy Osiyodagi ilk tasavvuf namoyandalarining biri xalifa Usmon ibn Affon avlodidan bo‘lgan Xoja Abdu Darun nabirasi bo‘lgan3. Xoja Isomiddin Mirzo Ulug‘bekning Samarqandda xukmronlik qilgan yillarida uning eng yaqin odamlaridan biri bo‘lib qolgan edi. Fasih Xavofiy, Abdurrazoq Samarqandiy singari tarixchilarning yozishlaricha, shayxul islom Isomiddin Mirzo Ulug‘bekning ko‘p safarlarida birga bo‘lgan. Jumladan, 1422 yilda Ulug‘bekni Hirotga qilgan safari chog‘ida Xoja Isomiddin unga hamrohlik qilgan4. Abdurazzoq Samarqandiy 1434 yili Boysunqur mirzoni vafoti munosabati bilan mirzo Ulug‘bekni Hirotga qilgan safari chog‘ida Mavlono Isomiddinning ham birga bo‘lganligini keltirib o‘tadi: “Movarounnahr akobirlaridan shuhrati oftobdek ravshan ekanligidan ta’rif-tavsifga muhtoj bo‘lmagan janob shayxulislom Xoja Isomuddin, Xoja Fazluddin Keshiy va Xoja Fazlulloh Abu-l-Laysiylar – misra: har biri shunday yagonaki, hech ularga o‘xshash yo‘q – Mirzo Ulug‘bekka mulozim bo‘lib Xurosonga keldilar. Olam ahlining shahzodasi ramazon oyining o‘n to‘qizzinchisida (29 aprel 1434) hazrat xoqoni ma’idga mulozamat qilish davlatiga erishdi. Onhazrat (Shohruh) saodatmand farzandni mehribonlik quchog‘iga tortdi va mahrum shahzoda mirzo Boysung‘urga ta’ziya jarohati qaytadan yangilandi. Movarounnahr akobirlari qo‘l o‘pish sharafiga muyassar bo‘lishib, onhazrat ularning hammalariga e’zozu ikrom, 1 Abdurazzoq Samarqandiy. Matla’ sa’dayn majmai bahrayn. T., 1963. – B. 231. 2 Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi... – B. 168. 3 Xoja Ubaydulloh Ahror.Tabarruk risolalar... – B.278. 4Fasix Axmad ibn Djalal ad-din Muxammad al-Xavafi. Mudjmail-i Fasixi / Perevod, predislovie, primechaniya i ukazateli D.Yu.Yusupovoy. T.: Fan. 1980. S. 192. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling