Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Abdul Malik va Shayxzoda Sog‘archi ittifoq qilishib hazrat qoshiga kirib o‘ltirdilar va davlathohlik yuzidin va’z va nasihat bila tillarini ochib, oyat va ahodis bila xotirini tasalli berib, dedilarkim, “Faqir va miskin va ra’oyo g‘amini yesangiz afzal turur, barcha nimadin va adl va dod bila mashg‘ul bo‘lingkim, g‘am yemak bilan hech Xosil bo‘lmas”. Ancha so‘zlar va hikoyalar dedilarkim, ul hazratning muborak ko‘ngli yana faqiru miskin va ra’oyo cherikka mayl qilib, mamlakat zabtiga mashg‘ul bo‘ldilar”.1
Amir Temur singlisi Qutlug‘ Turkon og‘a vafoti munosabati bilan shunday og‘ir musibatga tushib, barcha ishlardan ko‘ngli sovib ketgan bir paytda, yuqorida aytilganidek, mamlakat ulug‘lari uni davlat ravnaqi uchun o‘rinli maslahatlar bilan murosaga chaqiradi. Ular orasida ayniqsa, Xoja Abdul Malik Sohibqironning yaqin maslahatgo‘yi sifatida mashhur edi. Shayxzoda Sog‘archi ham Amir Temurning eng ishongan din peshvolaridan bo‘lib, u so‘fiylik oqimining ulug‘ namoyandasi bo‘lishi bilan birga davlatning yirik arboblaridan biri edi. Ul zotni ko‘proq “Shayxzoda Abu Sayyid” deb atash qabul qilingan. Shayxul islom Xoja Abdul Malik nomi “Risolai Qutbi chahordaho‘m” (“O‘n to‘rtinchi qutb risolasi”) kitobida ham tilga olinadi. Mazkur risolada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xoja Abdul Malik Samarqandiy Shayx Nuriddin Basir2 mozori oldidan har doim oyoq kiyimlarini yechib piyoda o‘tishga odatlangan edi. “Risolai Qutbi chahordaho‘m”da aytilishicha, Burhoniddin Sog‘archiy farzandi Shayxzoda Abu Sayyid Sohibi Hidoya avlodlaridan bo‘lgan Abdul Malik Samarqandiy xonadoni o‘rtasida qarindoshlik rishtalarini bog‘lanishi natijasida Shayx Nuriddin Basir mozori Amir Temur tomonidan ham tez-tez ziyorat qilinadigan bo‘lib qolgan. Bu haqda “Qandiya”da quyidagi hikoya naql qilinadi: “Naql qilibdurlarkim, Amir Temuri Ko‘ragoniyga Samarqand podsholigi muqarrar bo‘lgach, yashayotgan ulug‘larni ham va vafot etgan ulug‘larni ham ziyorat qilar edi. Shu asnoda Amir Temur shayxzoda Abu Said ibni Burg‘oniddin Sog‘archidan duo va irodatlik so‘radi. Shayxzoda Abu Said unga aytdilar: “Padari Buzrugvorimiz 1 Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma.- T.:Sharq, 1997. – B. 98. 2Shayx Nuriddin Basir – (Qutbi Chahordaho‘m) – 14-chi qutb) – 1242 yilda vafot etgan. Ma’lumki, Shayx Nuriddin Basir Suhravariya tariqatining namoyandalaridan biri bo‘lgan. Uning ustozi Shayx Abu Bakr Zayniddin bobo Ko‘yi Orifon esa Suhravardiya tariqatiga asos solgan Abu Bakr Siddiq avlodi shayx Shahobiddin Suhravardiyning farzandi edi. Shayx Nuriddin ko‘zlari ko‘r bo‘lsa-da, ko‘ra oladigan darajada avliyo bo‘lgani uchun “Basir” laqabini olgan. Bu shayxga tegishli maqbarani Amir Temur Shayx Abu Sa’id ibn Burhoniddin Sog‘arjiyning maslahati bilan Novadon arig‘i yonida qurdiradi (hozirgi opera va balet teatri yonida). 1880 yilning avgust oyida rus ma’muriyatining tayziqi bilan Shayx Nuriddin Basirning jasadini Xoja Xizr masjidining yaqiniga ko‘chirishib, maqbarani esa 10 pudlik porox bilan portlatishadi. O‘sha paytda Shayx Nuriddin xokini ko‘chirishda ishtirok etgan Samarqand qozisi mullo mir Nizomiddin shunday yozadi: “Bu harflarni yozuvchi 1297 (1880) da o‘z ko‘zi bilan ko‘rib va o‘z qo‘liga Qutbning qutlug‘ bosh suyagini olgan; hech bir o‘zgartirmasdan aytadirkim, “ushbu qutlug‘ boshning suyagi bkrkn ustigacha bir bo‘lak bo‘lib, ko‘z o‘rni ko‘rinmas edi”. Bu haqda qarang: Abu Tohirxo‘ja. Samariya. 1991.T.: Kamalak, 1991; Abul Hakimi Samarqandiy. Qandiya. Tarjimon, so‘zboshi, izoh va lug‘at muallifi Komilxon Kattaev. Samarqand.: Sug‘diyon. 1994. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling