Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet17/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Oftobi tobondek nur jo‘shadi, osmon zog‘ining qoraligi barham topdi.
Mo‘g‘ul sipohi xira va botir, shahar aholisi muztar, ra’y va tadbirsiz jang qilardilar. Samarqand qozisi va shayxulislomi dastorbandlar bilan tashqari chiqib, Sohibqironi a’zam Chingizxoni muazzam huzuriga shoshildilar, undan inoyat va istimolat ziyosini topdilar. O‘sha kuni uning ijozati bilan shaharga kirdilar Namoz vaqtida Namozgoh darvozasi ochildi va mo‘g‘ul lashkari ichkari kirdilar. Shu kuni va kechasi shaharni xarob qilib, barcha xaloyiqni-eru ayolni, qozi hamda shayxul islomga tobe’ kishilardan boshqa barchani shahardan sahroga haydab chiqardilar. Odatlari g‘orat bo‘lgan lashkar shaharni g‘orat va talash bilan mashg‘ul bo‘ldilar. Burchak va mag‘oratlardan kimni topsalar qatl etdilar. Ul ikki din arbobi sharofati tufayli ellik ming nafardan ortiq kishi salomat qoldilar. Nazm (mazmuni):
Kim saodat arbobi soyasidan joy olsa, Falak unga sitami bilan ozor bera olmaydi.
Qorong‘u tushganda mo‘g‘ul lashkari shahardan chiqdi. Qal’a ahli harosi vahmda, shikasta dil, na boshini ko‘taradi, na yerga qaraydi. Ertasi tong otishi bilan...Sulton Muhammad Xorazmshoh sardorlaridan biri jasorat ko‘rguzib, jonidan umid uzib, ming yigiti bilan mo‘g‘ul lashkari miyonasiga zarba berib, badar ketdi. Sultoniga borib qo‘shildi. Keyingi kuni mo‘g‘ul lashkari Samarqand hisoriga qarab yo‘naldi. Devori, borularini vayron qilib, salovatlar oralig‘ida darvozani qo‘lga kiritdilar. Shaharga kirdilar, e’tiborli peshvolari Barsumosxon, To‘g‘oyxon, Ylojxon bo‘lgan qonqli ulusi turklarini, “Jahonkushoyi”da aytilganidek, 20 mingdan ortiq Sulton Muhammad Xorazmshoh sardorlaridan bo‘lgan amirni u yerda turgan barcha lashkari bilan qatl etdilar. Samarqand axlidan o‘ttiz ming erkakni oldin ajratib olib, o‘z farzandlari va qarindoshlariga bo‘lib berdi. Qolgan odamlarning yordam olganlaridan ikki yuz ming dinor omonlik puli oldilar. Bu voqea sanai 617 da, yilon yili (voqe’ bo‘ldi.)”1.
Agar ushbu ma’lumotlarga tayanib mushohada qilgudek bo‘lsak,
Burhoniddin Marg‘inoniy avlodlari uzoq muddatda shayxul islom vazifatida turib shariat peshvolari sifatida mashhur bo‘lishlarida ularni mo‘g‘ulllar bosqini vaqtidagi minglab kishilarni joni saqlab qolinishidek xizmatlari ham muhim ahamiyat kasb etgan bo‘lsa kerak.
Burhoniddin Marg‘inoniy avlodlari bilan bog‘liq tadqiqotlar davomida Chingizxon avlodlari hukmdorligi davrida bir muncha vaqt Chig‘atoy ulusida bosh vazir vazifasini egallab turgan Bahouddin Marg‘inoniy faoliyati bilan qiziqdik.


1 Mirzo Ulug‘bek. To‘rt ulus tarixi.T.: Cho‘lpon, 1994. – B. 148.
Akademik V. V. Bartold o‘zining asarlaridan birida mo‘g‘ul xonlarining saroyida bosh vazir bo‘lgan Bahouddin Marg‘inoniy to‘g‘risida so‘z yuritib, uni farg‘onalik shayxul islomning avlodidan ekanligini va ona tomondan nasl- nasabi Qoraxoniylar sulolasiga borib taqalishini aytib o‘tgan. Ushbu ma’lumot bizni Bahouddin Marg‘inoniy “al-Hidoya” asarining muallifi Burhonidddin Marg‘inoniyning avlodlaridan biri bo‘lsa kerak degan fikrni ilgari surishimizga asos bo‘ldi. Chunki ayrim nasabnomalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra Qoraxoniylar hukmdorlarining ayrimlari ona tomonidan Abu Bakr Siddiq avlodi ekanligi ta’kidlanadi. Qolaversa, har bir mamlakatda bo‘lgani singari diniy ulamolar bilan yaqin munosabatda bo‘lish Chingizxondan tortib uning avlodlari hukmronligi davrida ham zaruriy holat deb qaralgan edi. Garchi bu an’ana ba’zan qattiq suiste’mol qilinsa-da, har qalay ulamolar fikri bilan hisoblashish ayrim hollarda ularga ham begona bo‘lmagan ko‘rinadi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling