Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet15/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   147
Bog'liq
02 (3)

joylari Chodak bo‘lib, qadimiy joydir. Chodak Axsikatdan besh farsax uzoqlikda bo‘lib, uning g‘arb tomonida, ikki tog‘ oralig‘i va daryo bo‘yida joylashgan.
Ko‘p mashoyixlar va ulug‘ olimlar shu yerda kamol topganlar va dafn etilgandirlar. Safid bulonda bo‘lib o‘tgan jangda mag‘lubiyatga uchragan bir guruh tobe’inlar ham Chodakda dafn qilingan ekanlar. Shayxulislom va sohibi “Hidoya” Burhoniddin Marg‘inoniy ham shu joyda o‘z amakisi va ustozi bo‘lmish Mavlono Husomiddin qoshida zohiriy ilmlarni o‘rgangandir”.1
Biz ushbu ma’lumotlarni keltirar ekanmiz, Pur Siddiq ziyoratgohida dafn etilgan ulug‘ zot tufayli Burhoniddin Marg‘inoniy va Lutfulloh Chustiyni ham Marg‘ilonga kelib ilm olgan degan fikrni aytishimizga asos bo‘ldi. Binobarin, Mavlono Lutfulloh Marg‘ilonda Burhoniddin Marg‘inoniy asarlarini o‘rganganligi haqida Mavlono Muhammad Mufti Ohangaroniy shunday naql qiladilar:
Mavlono Lutfulloh Samarqanddan ota-onalari ziyorati uchun Chodakka keldilar. Ziyoratdan so‘ng Marg‘inon shahriga Mavlono Shoh Husayn xizmatlariga kelib, “Hidoya Sharif”ning qolgan joyidan saboq olishni boshladilar”.2
Ma’lumotlarga ko‘ra, Burhoniddin Marg‘inoniy o‘zidan nafaqat nodir asarlar, balki axloq va odobda beqiyos go‘zal fazilat sohibi bo‘lgan uch nafar o‘g‘il farzand ham qoldirgan edi. O‘g‘il farzandlarining ismlari Jaloliddin Muhammad, Nizomiddin Umar va Imomiddin Abu Bakrlardir. Bu uch o‘g‘il otalaridan so‘ng ketma-ket Samarqandda shayxul islom vazifasida turganlar3. Ularning faoliyatlari haqida sharqshunos olim O.Qoriev quyidagilarni keltiradi:
Imoduddin ibn Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al- Farg‘oniy al- Marg‘inoniy “al-Hidoya” asari muallifining o‘g‘li va “al-Fusul al- Imadiyya” (Imodiy fasllari) asari muallifining otasi. Ilmni o‘z otasi va Zahiruddin al- Buxoriylardan olgan. “Odob ul-Qozi» (Qozilar odobi) nomli asar yozgan. Fatvo chiqara olish darajasidagi faqih bo‘lgan2.
Umar ibn Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil Shayxulislom Nizomuddin al-Farg‘oniy al-Marg‘inoniy “al-Hidoya” asari muallifining o‘g‘li. Manbalarda olimning tavallud va vafot sanalari xususida ma’lumotlar keltirilmagan. U, avvalo, ilmni o‘z otasi Burhonuddin al-Marg‘inoniydan olgan. Ilmiy merosini “Javahir al-Fiqh” (Fiqh ilmi javohirlari), “al-Favaid” (Foydali narsalar) va boshqa asarlari tashkil etadi. U o‘z davrining muftiylaridan bo‘lgan
Muhammad ibn Burhonuddin Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil Abu-l-Fath Jaloluddin al-Farg‘oniy al-Marg‘inoniy. Bu zot o‘z otasi qo‘l ostida voyaga yetib,


1 Muhammad Mufti Ohangaroniy. Mavlono Lutfulloh manoqibi. – B.18.
2 O‘sha asar. – B. 29.
3Bu haqda qarang: Mamajonov A. Burhoniddin al-Marg‘inoniy va ul zotning farzandlari xususida // “Marg‘ilon shahri o‘tmishi, buguni va ertasi” mavzusidagi Respublika ilmiy seminar materiallari. Farg‘ona, 2007. Rahimov O. Burhoniddin Marg‘iloniy va uning avlodlarining islom dunyosi qonunshunosligini rivojiga qo‘shgan hissasi // “Marg‘ilon shahri o‘tmishi, buguni va ertasi” mavzusidagi Respublika ilmiy seminar materiallari. Farg‘ona, 2007.
undan ilm va odob o‘rgangan. Zamonasining yetakchi faqihlari darajasiga yetgan” 1.
Samarqand muzeyidagi Amir Temur davriga oid vaqf hujjatlarini tadqiq etgan sharqshunos olima O. D. Chexovichning ta’kidlashicha, Amir Temur davrida shayxul islom vazifasida turgan Xoja Abdul Malikning Burhoniddin al-Marg‘inoniyga qadar bo‘lgan nasabnomasi xususan Abu Ahmad Abdul Malik ibn shayxul islom Abdul Xalil ibn shayxulislom Abu Bakr ibn shayxul islom Jaloliddin Muhammad ibn shayxul islom Zayniddin Abdul Rahim ibn shayxul islom Imomiddin Abu Bakr ibn shayxul islom val muslimin Burhoniddin singari ota-bobolarining ismlari ham keltirgan2.
Burhoniddin Marg‘inoniy farzandlarini o‘sha davrlarda Movarounnahrning poytaxt shahri hisoblanmish Samarqandda shayxul islom vazifasida turganliklarini aynan shu vaqfnomadan ham ko‘rish mumkin. Agar XIV asrga mansub ushbu vaqfnomadagi ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, Burhoniddin al-Marg‘inoniyning uchinchi farzandi Imomiddin va uning avlodlari bir necha asr davomida Samarqandda shayxul islom vazifasida turganlar.
Burhoniddin al-Marg‘inoniyning ikkinchi farzandi Jaloliddin Muhammad to‘g‘risida Lakxnaviy quyidagilarni keltirib o‘tgan: “Muhammad “al-Hidoya” kitobining muallifi bo‘lgan Burhoniddin al-Marg‘inoniyning o‘g‘lidir. U otasining boshpanasida hayot kechirgan va ilm hamda adab bilan tirikchilik qilgan. U o‘z zamonasida mazhab rahnamosi darajasiga erishgan edi. Otasidan fiqh ilmini o‘rgangan. Zamonasining ahllari uning fazilatlarini tan olgan edilar”.
Jaloliddin Muhammadning taqdiri qanday bo‘lgan bizga qorong‘u. Biroq xuddi shu nom bilan ataluvchi Samarqand shayxul islomining nomi Shihobiddin Muhammad an-Nasaviyning “Siyrat as-sulton Jalol ad-din Manguburni” asarida uchraydi3. Mazkur kitobda keltirilgan ma’lumotlarida samarqandlik shayxul islom Jaloliddin nomi ham tilga olinadi:
Sultonning amalga oshirgan tadbirlaridan yana biri samarqandlik shayxlar Jaloliddin, uning o‘g‘li Shamsiddin, ukasi Avhadiddinni qo‘zg‘olon ko‘tarib, nizolar olovini kuchaytirmasligi uchun Nasaga jo‘nnatirgani bo‘ldi. Ular ma’rifat jabhasida ulug‘likka erishgan, deyarli barcha fanlarning taraqqiy etishida o‘z hissalarini qo‘shgan olijanob insonlar edilar. Avhaddin munozara fanida mo‘jizakor kuchga ega bo‘lib, u al-Amidiy bilan bemalol bahslasha olardi. Uning fikrlari, xulosalarining noto‘g‘ri ekanligini yaqqol isbotlab bera olardi. Shon- shuhrat borasida an-Nishopuriy bilan musobaqalashar, uning fikrlari asossiz ekanligini ko‘rsatardi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling