Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
mohir izchilar ergashtirib, yuqori-quyi Makka atrofiga yoyildilar. Alardin bir qanchasi Savr tog‘i yo‘lidin izchilarning ko‘rsatishi bilan iz quvishib, to‘g‘ri g‘or og‘ziga kelishdi. Ba’zilari ilgarilab yurib, g‘or og‘zidagi uyalagan, tuxum ochgan kaptarlarni ko‘rib, o‘rgimchaklar to‘rlariga ko‘zi tushib-bu yer kishi oyog‘i tekkan joy emas, deb orqasiga qaytdi. Chunki ularning izchilari: – qochgan kishinglar shu g‘orga kirmishdur, degan edi. Anda birovlari g‘orga kirib qarashga buyurdi. Ubay ibn Halaf degan kishi raislaridin edi. Bu aytdi: “Bunga kirishga nima xojat bordur. Muhammad tug‘ilmasdin ilgari, bu o‘rgimchak to‘rini tortmishdur, bu g‘orga kirgan bo‘lsa, nechuk aning to‘rlari buzilmasin, kaptar tuxumi qanday sinmasin”, dedi. Buning so‘zi bahona bo‘lib, g‘or ichiga egilib qarab qo‘ymasdin, hammalari qaytdilar. Bu ishlar Xudo qudratiga bir bahona edi”.1
E’tibor bergan bo‘lsangiz, Pur Siddiq va kaptarlar to‘g‘risidagi rivoyatda ham aynan shu holat mavjud. Shu sababdan ham Pur Siddiqni Abu Bakr Siddiq avlodi ekanligi to‘g‘risidagi qarashlarda kaptarlar voqeasining ham ma’lum bir ta’siri bo‘lganligi ehtimoldan xoli emas. Pur Siddiq mozoriga kelgan ziyoratchilar biron bir mushkuli bo‘lsa, dastlab ziyoratni kaptarlarga don sepishdan boshlaganlar2 . Pur Siddiq ziyoratgohi haqida so‘z yuritar ekanmiz “Pur” so‘zining ma’nosiga ham e’tibor berib o‘tsak. Fors tilida “Pur” so‘zi “o‘g‘il” va “to‘la”, “ko‘p” ma’nosini anglatadi3. Shu sababdan mozorga dafn etilgan ulug‘ zot haqida turli qarashlar mavjud bo‘lgan. Unga ko‘ra mozorga xalifa Abu Bakr Siddiq(r.a.) ning farzandlaridan biri dafn etilgan va shu sababdan mozor Pur Siddiq deb atalgan4. Biroq marg‘ilonlik keksalarning aytishlaricha, bu yerga Abu Bakr Siddiq (r.a.) ning nabirasi yoxud chevarasi dafn etilgan bo‘lsa kerak. Shu o‘rinda Qo‘qon xoni Amir Umarxon (1810-1822) tomonidan Pur Siddiq mozoriga berilgan vaqfnomaga e’tiborimizni qarataylik. Abulmuzaffar al-Mansur sayyid Muhammad Umar bahodirxon so‘zumiz. Ayni zamonda ulug‘ sayidlar va qozilar va islom ulamolari va karamli shayxlar, amaldor va muboshirlar devon amirlari va sultonlik ishlarining mutasaddi amaldorlari va mutakaffillari, davlat ishini boshqaruvchilari va boshqa ulug‘lar va u yerlarda turuvchi va yashovchi aholiga, voqif va ogoh bo‘lib bilinglarki, chunonchi o‘tmishda o‘tgan sadoqatli sobitnishin xayrulbashar Hazrat Abubakr Siddiq Akbarki, ushbu Kabutarxonada Puri Siddiq azizlar nomi bilan shuhrat topgan5. Mazkur vaqfnomani tushunarli bo‘lishi uchun biz o‘quvchilarga muxatasar mazmunini bayon etamiz. Unga ko‘ra, Amirul mo‘minin Hazrat Usmon(taxm. 575- 656) davrida sahobai kibor va tobe’in nomdorlar bilan Farg‘ona diyoriga keladilar. U vaqtlarda bu sarzamindagi kishilar mug‘lar toifasidan bo‘lib otashparast edilar. Jangda otashparastlar jangchilar soni jihatidan islom 1 Alixonto‘ra Sog‘uniy. Tarixi Muhammadiy... – B. 68 2 Dala tadqiqotlari. 2003 yil. Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri, Yo‘rmado‘z mahallasi. 3 Persidko-russkiy slovar. Sostavitel B. V. Miller. - M., 1953. S.90. 4 Muminov A. K. Kokandskaya versiya islamizatsii Turkestana//Podvijniki islama.- M.: Izdatelskaya firma «Vostochnaya literatura» RAN, 2003. S. 151. 5 SGA. Uzbekistan. Fond №I-19 Op.№ 1, D. № 34739. .№ 12 qo‘shinlaridan ustun keladilar. Hidoyat yo‘liga kirgizmoqchi bo‘lgan sahoba va tobe’inlar isyonchilar tomonidan qirib tashlanadi. Shu tarzda Marg‘ilonga Puri Siddiq dafn etiladi1 . E’tibor bersangiz, ushbu ma’lumotlar XIII asr oxiri-XIV asr boshlarida yashagan Jamol Qarshiyning “Mulhaqot as-suroh” (“as-Surohga ilova”) nomi bilan mashhur bo‘lgan asarida ham tilga olingan Safed bulon voqeasiga juda o‘xshab ketadi. Chunki mazkur asarda ham sahoba va tobe’inlarning ko‘plari Farg‘ona vodiysiga xalifa Usmon davrida kelganliklari aytilgan. Demak, o‘rta asrlardayoq Farg‘ona xalqlari orasida arablarni dastlabki yurishlari Qutayba ibn Muslim bilan emas, balki dastlabki xalifalar davri bilan bog‘liq ekani to‘g‘risida qarashlar mavjud bo‘lgan. Bu esa ziyoratgohlarning aksariyati sahobalar bilan bog‘liq degan tushunchalarni keltirib chiqargan bo‘lishi ham mumkin. Vaqfnomadagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, qadimdan Pur Siddiq ziyoratgohida dafn etilgan zot bu Abu Bakr Siddiqning yaqin avlodi deb qaralgan va shul sababdan aholi va mamlakat hukmdorlari tomonidan bag‘oyat e’zozlab kelingan. Agar Umarxon tomonidan berilgan vaqnomaga asoslanadigan bo‘lsak Pur Siddiq ziyoratgohiga dafn etilgan zot Abu Bakr Siddiq (r.a.)ning chevarasi hazrat Abu Bakr nomi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Chunonchi, ziyoratgoh aholi orasida ko‘proq Pur Siddiq nomi bilan mashhur bo‘lganligi va vaqfnomalarda shu nom bilan qayd etilganligi bois, biz matnda asosan ziyoratgohni shu nom bilan tilga oldik. Yana ba’zi bir rivoyatlarga ko‘ra bu ziyoratgohga xalifa Abu Bakr Siddiqning avlodlaridan bo‘lgan Pur Siddiq ismli avliyo va uning singlisi Poshshoxon dafn etilgan2. Ikkala qabrning uzunligi 6 metr bo‘lib, qabr atrofida turli echki shoxlari mavjud bo‘lgan. Ziyoratgoh o‘tmishda aholi tomonidan ommaviy tarzda ziyorat qilib kelinganini ko‘rsatadi. Naql qilishlaricha, Burhoniddin Marg‘inoniy Pur Siddiq mozoriga, ya’ni ajdodlari dafn etilgan mozorga ziyoratga tez-tez kelib turgan. Uning aynan Pur Siddiq mozoriga bo‘lgan ixlosi shu yerda keyinchalik chilla tutganligiga sabab bo‘lgan bo‘lsa kerak degan taxminlar ham mavjud. Qolaversa, Abu Bakr Siddiq avlodlaridan bo‘lgan yana bir ulug‘ zot Mavlono Lutfulloh Chustiyning Marg‘ilonga ko‘p bor kelishlari ham Pur Siddiq ziyoratgohi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shunisi qiziqki, Mavlono Lutfulloh asli chodaklik bo‘lib, Burhoniddin Marg‘inoniyning amakisi Mavlono Husomiddin ham Chodakda yashagan. Shu sababdan Burhoniddin Marg‘inoniy bir muncha vaqt amakisi bilan birga Chodakda yashagan. Bu haqda Muhammad Mufti Ohangaroniy quyidagilarni yozadi; “Maxfiy qolmasinkim, Mavlonomiz Lutfulloh hazratlari o‘sha vaqtlarda arab va ajamda “mujtahidlar koni” va “oriflar sandig‘i” atalgan Farg‘ona diyoridandirlar. Taqvo ahli orasida bu diyor juda mashhurdir. Ul hazratning tug‘ilgan 1 SGA. Uzbekistan. Fond №I-19 Op.№ 1, D. № 34739. .№ 12 2 Dala tadqiqotlari. 2004 yil . Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri, Yo‘rmado‘z mahallasi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling