Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet9/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Ul badbaxtni ishi o‘sha kunlarda avj qila berdi, xabari Movarounnahrga mashhur bo‘ldi. Ammo har joyda kasal bo‘lsa, oning oldiga borsa sihhat topar edi. Nosir Xisrav qavmi oq kiyumliqlarni barcha boshlig‘i birla ulamolar kofir deb hukm qildilar. Nosir eshittikim, alarni aimmai din (din peshvolari), ulamolar kofir deb hukm qilibdur. Anda ul “Fidoyi Nosir” deb qavmiga ot qo‘yib, nachand musulmonlarni o‘ldurub, xususan, aimmai dinni ko‘b o‘ldurdi. O‘shal yil Buxoroda va Samarqandda va Balxda to‘rt ming mulloni musulmonlardin qatl qilibdur. Bularni xavfidin yer ostiga ulamolar berkindilar. Nosir eshittikim, Sohib Hidoyat Samarqandda ani kofirlig‘ig‘a hukm qilibdurlar. Anda fidoyidin bir kishini yubordi, ul Samarqandg‘a kelib, tabib suratida bo‘lub, Sohib Hidoyat ko‘zlari qarilig‘idin xira bo‘lub erdi. Aydi: “men sizni ko‘zingizni ravshan qilurman”, deb bir doruni ko‘zlarig‘a qo‘yub, ul haromi chiqib ketdi. Darhol ko‘zlari ko‘rmas bo‘ldi. Keyin shogirdlarig‘a dars aytmoqqa mashg‘ul bo‘ldilar...


1 Qomus al-a'lom, 2 nchi jild. Istanbul, 1316(1898 miladiy). – B.1302
Arbobi ta’rix derlarkim, o‘shal yil Nosir hikmatda topib erdikim, Amir Sohibqiron xuruj qilgay. Ammo bilmas erdikim, qaysi kishidur. Nosir qavmlari buyurdikim, Turag‘ay bahodir o‘g‘li birla tahayyit uchun sajda qilsun. Nosir aydi: “Bular hali yangi kelgan, avval menga imon keltursun, so‘ngra sajda qilmoqg‘a buyurgayman”deb o‘z sha’riatin bayon qilib, bularni chinor takig‘a kelturib aydi: “Ey mukno, san shahodat berg‘il mani nabilig‘img‘a. O‘shal zamon yig‘ochdin ovoz chiqtikim: “anta rasulilloh(sen payg‘ambarsan)”. Ammo Jabroil andog‘ fasohat ila so‘zlayurkim, Turag‘ayni sayd qilsa. Sohibqiron ko‘rdikim, otasi aning so‘zig‘a e’tiqod qilg‘udek. Amir Temur aydi: “Ey Nosir, sharhi Qur’onman deyursan, Qur’onda sajdai tahayyit man’dur”. Bovujud, Sohibqiron quvvati munoqashasi (tortishuvga quvvati) bo‘lmasa ham ko‘b so‘zlarni dedi. Nosir aydi: ey amir Turag‘ay bahodur, o‘g‘lungg‘a ayg‘il, xomush bo‘lsun”. Turag‘ay bahodur Amir Temurni qo‘lidan ushlab kelturdi. Nosir kofir aydi: “Nimaga javob dersan, imon kelturursanmu yo yo‘q”. Turag‘ay bahodur tongla javob berurman, deb uylarig‘a yondilar. Kelib o‘g‘lig‘a ginakash qildi. Amir Sohibqiron aydi: “Ey ota, imon kelturmangizkim, ul kofirdur. Man bu kecha Samarqandg‘a borurman, aimmai din oldilarig‘a, ko‘raykim, nima deyurlar. Bir kishi ulamolardin kelib Nosir bila ijlos (masjlis) qilsun, siz andin tongla o‘n kunga muhlat so‘rang”. Ammo Sohibqiron otasig‘a vido’i qilib, Samarqand sarig‘a yuzlandi...
Alqissa, Sohibqiron Samarqand ichra kirdi. Chaqirib aytdikim: “ey ahli islom, har kishi ulamodin bo‘lsa, borib Nosir Xisrav bilan munozara qilsin, shariatdin so‘zlasun, qiyomatda shafoat istasa, dini Rasul alayhissalomga rivoj bersun”. Muni eshitib, barcha musulmonlar yig‘ladilar. Amir Temur ham yig‘lar erdi. Odamlar aytdilar: “ulamolarimiz fidoiylardin qo‘rqib, yer ostida berkinib yoturlar. Ular orasinda olimlar muallimi Sohib Hidoyatdurlar”. Sohibqiron: “Meni ul azizga olib boringlar”, dedi. Anda mudarris oldilariga bordilar. Sohibqiron ko‘rdilarkim, hazrat Sohib Hidoyat mudarris afandimiz ko‘zlarini ro‘mol ila bog‘lab dars aytib o‘ltirurlar.
Man qulingiz amir Tarag‘ay Bahodir o‘g‘li bo‘lurman, xizmatingizga keldim. Qadami sharifingizni Nosir oldiga yetkursangiz”, dedi Amir Temur. Bunga javoban Sohib Hidoyat aytdilar; “Man malohidani kofir qilib erdim. Ul shumlardin biri tabib bo‘lib kelib, ko‘zimga doru qo‘yib, ko‘rmas qilib qo‘ydi. Man ham alardin qo‘rquvda erurman”.
Ammo Nosir shum fidoiylardin birini yubordikim, Amir Temur muloqotda bo‘lgach, shohid bo‘lib, yolg‘onchi degil. O‘shal hol shum fidoiy keldi. Amir Temur Sohib Hidoyatga so‘zlab o‘ltirur erdi, darhol ma’raka o‘rtasiga kirib aytdi: “Man bilurman bu yigit fidoiylardin, musulmonlarni barham urgali kelibdur”. Anda Amir Temur: “Turag‘ay Bahodir o‘g‘lidurman”, dedi. Xalq bovar qilmadi Temurni ushlab, o‘shal kechasi madrasai Nizomulmulkda saqladilar. Sohib Hidoyat voqeada ko‘rdilar. O‘shal kecha Rasuli akram sallallohu alayhi vassallam afandimiz qora kiyim kiyib keldilar va aytdilar: “Ey, Burhoniddin! Turgil, ul yigit chin so‘zlayur. Ul yigitni topib, malohidalarga aning birla borgil, zafar topgaysan”.
Filhol uyqudin turdilar, ko‘zlari munavvar bo‘lib, ochilibdur. Olam muattar bo‘libdur. O‘shal soat yig‘lab, Amir Temurni topib kelturdilar. Odamlar
eshitdilar-ki, Sohib Hidoyatning ko‘zlari sihat topibdi, deb xosu om ziyoratga keldilar. Amir Sohibqironni yana navozish qilib siyladilar. Sohibqironga Sohib hidoyat aytdilar; “Ey, o‘g‘lim! San borgil, ketingdan tezlik ila man borurman”. Amir Temur ilgari jo‘nadi. Hazrat Sohib Hidoyat asboblarini muhayyo qilib, necha tevalarga kitob yuklab, miqdor to‘rt ming ulug‘, mashhur mullalar bila yo‘lga tushtilar...
Andin keyin malohida qavmlarni Mavlono Burhoniddin afandimiz imdodlari(madadlari) ila tamomila halok qildilar”1.
Keltirilgan rivoyatning davomidan ma’lum bo‘lmoqdaki, Mavlono Burhoniddin shum Nosir Xisravni munozaraga chaqiradi va savol-javoblarda uni yengadi va shu tarzda Sohibqiron Amir Temurga yaqindan yordam beradi.
Mazkur rivoyat talqin etilgan voqealar silsilasi bilan yaqindan tanishgan kitobxon asardagi tarixiy ma’lumotlar bir muncha chalkashliklardan iborat ekanligini bilib olishi qiyin emas. Tabiiyki, Burhoniddin Marg‘inoniy to‘g‘risidagi mazkur rivoyatning o‘zi ham ilmiy tadqiqotni talab qiladi. Shu o‘rinda Burhoniddin Marg‘inoniy va Amir Temur haqidagi mazkur hikoyaning mazmuni diniy chegaradan chiqib folklor asariga aylanganligi, ya’ni ularni aynan bir davrda yashab o‘tganligi haqidagi rivoyat o‘quvchilar taajjubga solmasligi kerak. Ehtimol yuqorida keltirilgan rivoyat ham ortiq darajada bo‘rttirib yuborilgandir. Biroq rivoyatning mazmunidan kelib chiqadigan bo‘lsak, unda Burhoniddin Marg‘inoniy islom huquqshunosligi ilmining eng zabardast allomalaridan biri ekanini hamda Amir Temurning Burhoniddin Marg‘inoniyga nisbatan yuksak ehtiromda bo‘lib kelganligini yana bir bor isbotlaydi.
Qolaversa, Amir Temur va Burhoniddin Marg‘inoniy bilan bog‘liq “Temurnoma” singari asarlarning paydo bo‘lishini o‘ziga xos sabablari ham mavjud. Amerikalik tadqiqotchilar R. Sela hamda S.Levayning bu haqda keltirgan fikrlariga ko‘ra, XVIII-XIX asrlarda Amir Temur to‘g‘risida rivoyatomuz asarlarni yaratilishiga o‘sha paytlardagi Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy tangliklar sabab bo‘lgan. Bunday mazmundagi asarlar zamonning nosozligiga nisbatan o‘ziga xos tarzida berilgan javoblardan biri edi2.
Qizig‘i shundaki Burhoniddin Marg‘inoniy va Amir Temur haqidagi mazkur rivoyatlar o‘z navbatida salkam sakkiz asrlik tarixdan xabar beradi. Jumladan, “Temurnoma” asarining muallifi hikoya qilgan Nosir Xisrav va oq kiyimlilar qavmining o‘rtasida ham uch yuz yillik farq mavjud.
Atoqli fors-tojik shoiri Nosir Xisrav (1004-1088) iste’dodli shoir sifatida tanilish bilan birga diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan olim sifatida ham mashhur bo‘lgan. Nosir Xisrav dastlab g‘aznaviylar, so‘ngra saljuqiylar saltanatida moliyaviy sohada yirik amaldorlik vazifalarini bajargan.


1 Temurnoma.T.: Cho‘lpon. 1990. – B. 66.
2 Islamic Central Asia. An Anthology of Historical Sources / Edited by Scott C. Levi and Ron Sela. Indiana University Press, 2010, p. 247-254.
1045 yilda Nosir Xisrav davlat xizmatidan bo‘shab safarga otlanadi. Uning bu safari yetti yilga cho‘zilib, 1052 yilgacha davom etadi. U Eron, Armaniston, Ozarbayjon, Suriya, Misr, Arabiston, Iroq diyorlaridagi Tabriz, Qohira, Quddus, Makka, Madina, Lahso, Yaman, Basra, Isfahon va boshqa bir qator shahar va viloyatlarda bo‘ladi. Misrda ikki yildan ortiq muqim yashaydi va shu yerda shia mazhabidagi ismoiliya oqimining faol tarafdoriga aylanadi1.
Nosir Xisravning safardan vataniga qaytib kelishi bilanoq, ismoiliya ta’limotini targ‘ib qilib boshlangan da’vatchilik faoliyati sunniy mazhabdagi diniy ulamolar va saljuqiy hukmdorlari tomonidan qattiq qarshilikka uchragan. Natijada u o‘lim jazosiga ham mahkum etilgan. Nosir Xisrav bu jazodan qutulish uchun quvg‘in va ta’qiblar ostida Mozandaron va Tabariston viloyatlarida yashirincha hayot kechirishga majbur bo‘lgan. Keyinchalik u Badaxshonga keladi va shu yerda umrining oxirigacha yashab qoladi.
Nosir Xisravning ismoiliya oqimining targ‘ibotchisi sifatida dovrug‘ qozonganligi, buning oqibatida uni sunniy mazhabdagi diniy ulamolar tomonidan qarshillikka uchrashi o‘z davrida Nosir Xisrav to‘g‘risida aholi orasida turlicha qarashlarni va rivoyatlarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Bu esa keyinchalik uni “Temurnoma”da soxta payg‘ambarlikni da’vo qiluvchi shaxs sifatida ta’riflanishiga asos bo‘lgan ko‘rinadi. Shu o‘rinda qo‘qonlik ma’rifatparvar muallim, adabiyotshunos va o‘lkashunos olim Po‘lotjon Domulla Qayyumov (1885-1964) “Tazkirat ush-shuaro” kitobidan quyidagilarni keltirib o‘tsak:
“Nosir Xisraviy... Imom Ali ar-Rizoning avlodi bo‘lganidan Sayyid Nosir deb ham yuritiladur. Mashhur rais ul-hukamo Abu Ali ibn Sino bilan asrdosh edi. Ulumi adabiya, tarix, ulumi hakimiyada ilmi tibga olim edi.
Isfahon shaharidan chiqib Gilon shahariga kelib bir necha vaqt turgan edi. Bundagi ulamolar bilan bo‘lgan, ilmiy mubohasalarda g‘olib chiqmish, kuchi yetmagan holda kofirlikda ayblab hukm chiqarish diniy olimlarni fe’li bo‘lganidan uning ig‘vosi natijasida Xisravning hayoti tahlikada qolganidan sharqi-shimolga, ya’ni Xuroson viloyatiga chiqib boradi. Yo‘lda o‘shal zamonning shayxlaridan Hamadoniy Shayx Abul Hasan Xaroqiyning ziyoratiga to‘xtab shayxga murid bo‘ladi. Bir necha vaqt xonaqohda xizmat etadi. Irshodga ega bo‘lub, so‘ngra Xurosonga yetib kelmishdur. Mashhad shaharida turgan edi. Bir oz vaqt o‘tgach, Xuroson ulamolari ham bu kishiga qarshi bo‘la boshlaydilar. Turli tuhmatlarni yog‘dira boshlaydilar.




1Bu haqda qarang: Braginskiy I. S. Iz istorii tadjikskoy narodnoy poezii. M.: Izdatelstvo AN, 1956; Bertels A.E. Nasir-i Xusrov i ismailizm. M., 1959; Ashurov G. Filosofskie vzglyadы Nosiri Xusrava (na osnove analiza traktata Zad-al -musafirin). D., 1965; Dodixudoev X. Ocherki filosifii ismailizma (obshaya xarakteristika filosofskoy doktrinы X-XIV vv.) D.: Donish, 1976; Saidchaloli Badaxshiy. Bahr -ul –asror. Xorug‘.: Pomir, 1992; Nosir Xisrav. Safarnoma. T.: Sharq, 2003.
Xurosonning ochiq fikrli olimlaridan qoziyul quzzot Abu Saxl Saflug‘iyning tavsiyalariga (ko‘ra) bir oz chetroqqa borib turishning lozim ko‘rub, sharqqa tomon borib Balx shahariga bormishdur.
Xosil Sayyid Nosir Xisraviydek zot boqiy umrini Badaxshon tog‘larining oralarida o‘tkazishga majbur bo‘lmishdur. Keyincha bundagi xalq buning atrofiga to‘planib hurmat ko‘rsata boshlamishlar. Doimo o‘zi bilan birga yuradurgan ukasi Abu Said bilan birga Badaxshondagi baland tog‘lar orasidagi g‘orga kirib o‘zlariga vatan etib shunda tura boshlabdurlar. Elu xalqdan chetda yashab shunda vafot etmishdur. Jasadi shul g‘orga ko‘milmishdur.
“Taqvim ut-tavorix” nomli kitobning ko‘rsatishicha, hijriy bilan
481. (m.1088) nchi yilda vafot etmishdur. Xalqning hujumiga duch kelmasdan oldin yetti yillar chamasi sharqiy Eron, Iroq, Shom, Falastin, Misrda Hijoz tomonlarga sayohat etmish edi. Bunda o‘z ko‘rganlarini yozib bir sayohatnoma qoldirmishdur. Bu kitob keyincha bir fransuz sharqshunosi tomonidan (Mose Shifar) fransuzchaga tarjima etilib forscha asli bilan birga Parij shaharida bosdirilmishdur. Bundan boshqa “Kunuz ul-xaqoiq” nomli nasr va nazm bir kitobi bordur. “Ro‘shno oynoma”, “Saodatnoma” nomli manzum asarlari bordur. To‘la-to‘kis murattab devoni ash’ori bordur.
Bu shoirning e’tiqodi ustida bir kancha gaf-so‘zlar bor bo‘lub, ba’zilar dahriy edi, deydilar. “Otashkada” sohibi Ozariyning aytuvicha bu kishi Bag‘dod shaharida va Misrda shohlar saroyida vazirlik mansabida ham bo‘lgani to‘g‘risida so‘zlaydi. Bu vaqtda Bag‘dod xalifalariga yaqin turgan kishilarning kattiq talablariga ko‘ra Ismoiliya mazhabiga yaqinlashdirib bir tafsir yozishga majbur bo‘lgan. Bu tafsir tamom bo‘lub, istifoda etila boshlagach, bu kishi(ga) hujum etila boshlagan. Hayoti xavf ostida qolgan. Bu tafsirni o‘qish man’ etilib bayonnoma chiqarilgandur. Olimning asarlaridan “Iksiri a’zam”, va “Qonuni a’zam”, “Dasturi a’zam” va “Zod ul-Musofiriyn”, “al-Mustavliy” (fiqhda) nomli asarlari to‘g‘risida ham ixtilof bordur. Har holda amvollari muqro bo‘lub, bu olim to‘g‘risida hanuz bir natija kelinmagandur”1.
Aytib o‘tish joizki, “Temurnoma” muallifi Nosir Xisrav bilan VIII asrning ikkinchi yarmida Turon zaminda xalifalik istibdodiga qarshi ko‘tarilgan “Oq kiyimliklar qo‘zg‘oloni” va uning rahnamosi Muqannani bir shaxs sifatida tasvirlaydi. Chunonchi, doimo yuziga parda yopinib yurgani uchun “Muqanna”, ya’ni “Niqobdor” laqabini olgan “Oq kiyimliklar qo‘zg‘oloni”ning rahbari Hoshim bin Hakimning faoliyati va tarixiga doir yozma manbalarda turlicha ma’lumotlar mavjud. Bu holat tadqiqotchilarning fikrlarida ham aks etgan2. Xususan, o‘rta asrlardagi tarixiy asarlarda ayrim


1 Po‘lotjon Domulla Qayyumov. Tazkirat ush – shuaro. II – kitob. T.: O‘zR FA Davlat adabiyot muzeyi, 2006. – B.148-149.
2Bu haqda qarang: Sadriddin Ayni. Isyoni Muqannoi. S., 1944; Yakubovskiy A.Yu. Vosstanie Mukannы – divijenie lyudey v «belыx odejdax» // SV., V. 1948; Kadыrova T. Iz istorii krestyansikx vostaniy v Maverannaxre i Xorasane v VIII - nachale IX v. T.: Nauka, 1965; Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. I tom.T.: Fan, 1968; Bolshakov O.G. Xronologiya
tarixchilar Muqannani payg‘ambarlik da’vosini qilganlikda ham ayblaydilar. Muqanna shaxsiga yopishtirilgan aynan shu yorliq uzoq vaqtga qadar saqlab qolinganligi tufayli oq kiyimliklar to‘g‘risidagi qarashlar “Temurnoma”da o‘z ifodasini topgan bo‘lsa kerak.

vosstaniya Mukannы // Istoriya i kultura narodov Sredney Azii. M.: Nauka, 1976; Istoriya at- Tabari. T.: Fan, 1987; Narshaxiy. Buxoro tarixi. T., 1991; Ibn al-Asir. Al-kamil fi -t- tarix. T.: O‘zbekiston, 2006; G‘ulom Karim. Muqanna. T.: O‘zbekiston, 2009.





Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling