Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
BURHONIDDIN MARG‘INONIY HAQIDAGI ASOTIR VA RIVOYaTLAR
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- RIShTON RIVOYaTLARI
BURHONIDDIN MARG‘INONIY HAQIDAGI ASOTIR VA RIVOYaTLARMa’lumki, afsona va rivoyatlarda sof tarix aks etmaydi, balki real tarixiy voqealarning aks-sadolari, ularning g‘oyasi, tarixiy shaxslar, obrazlar, joy va voqealarning nomlari orqali o‘z ifodasini topadi1. Binobarin, o‘zbek xalq og‘zaki ijodining tadqiqotchisi K.Imomov ta’kidlaganidek, “Rivoyat hayotiy voqealarni badiiy uydirmalar vositasida hikoya qiluvchi folklorning realistik xarakteriga xos bo‘lgan alohida turidir”2. Chunonchi, xalqimiz tarixida o‘zining buyuk asarlari bilan o‘chmas iz qoldirgan Burhoniddin Marg‘inoniy hayoti va faoliyatining ayrim qirralari shu kunga qadar saqlanib qolgan rivoyatlarda o‘z ifodasini topgan. Garchand mazkur rivoyatlar tarixiy haqiqatga bir muncha to‘g‘ri kelmasada, biroq ularni xalq og‘zaki ijodining badiiy namunasi sifatida naqadar muhim ekanligini unutmasligimiz zarur. Mana shu nuqtai nazardan kelib chiqilsa, Burhoniddin Marg‘inoniy nomi bilan bog‘liq rivoyatlar alloma hayoti va faoliyatini o‘rganishda muayyan darajada o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, alloma hayotiga doir rivoyatlar mavzusi shu kunga qadar tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilgan emas. 1998-2008 yillar davomida olib borgan izlanishlarimiz davomida Farg‘ona viloyatining Rishton tumani va Marg‘ilon shahrida aholi orasida saqlanib qolgan Burhoniddin Marg‘inoniy nomi bilan bog‘liq rivoyatlarni yozib olishga muyassar bo‘ldik. Qolaversa, uning Samarqanddagi faoliyatiga doir rivoyatlar yozma manbalarda ham o‘z ifodasini topgan. Shu sababdan ularni shartli ravishda Rishton va Marg‘ilon, Samarqand rivoyatlari turkumiga kiritdik. RIShTON RIVOYaTLARIZarrin ariq Naql qilishlaricha, Burhoniddin vafot etmasidan bir necha kun avval o‘z xokini vatani Rishton qishlog‘iga olib kelib dafn etishni vasiyat qilgan va uning vasiyati keyinchalik bajarilgan ekan. Rishtondagi Sohibi Hidoya bilan bog‘liq rivoyatlarning birida aytilishicha, Mavlono Burhoniddin hayot shamining o‘chish arafasida turganligini his qilgan vaqtda Samarqand hukmdoridan ona yurti Rishton kentiga ketishga ijozat so‘raydi. Hukmdor buyuk allomaning iltimosini rad eta olmay rozilik beradi va Mavlono Burhoniddinga maxsus aroba yasatib, ko‘p miqdorda oltin-kumush tangalar bilan kuzatib qoladi. Sohibi Hidoya Rishtonga kech kirganda yetib keladi. U yo‘l mobaynida tangalarni bir-bir tashlab kelavergan. Ertalab 1 Jumanazarov U. O‘zbek folklori va tarixiy voqelik. T.: Fan, 1991.– B. 178. 2 Imomov K. O‘zbek xalq prozasi. T., 1984. – B.88. rishtonliklar ko‘rsalar-ki, ariqlarda oltin tangalar yotganmish. O‘shandan buyon bu ariq “Zarrin ariq”, deb atalib kelingan ekan1. Ma’lumki, Burhoniddin Marg‘inoniy “Sohibi Hidoya” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Shu bois ham Mirzo Bobur “Sohibi “Hidoya” Marg‘inonning Rushdon otliq kentidindur deya tilga ta’kidlab o‘tadi2. Aynan shu nom bilan ulug‘ alloma qadimdan mashhur bo‘lgan va ziyoratgohlari ham shu nom bilan yuritib kelingan. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling