Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Sahobalar va tobe’inlar Abu-l-Hasanni fiqh, fatvo va hukm masalasida yetakchi bo‘lganiga ijmo’(so‘zlari bir joydan chiqqan) qilganlar. Avvalgi xalifa Abu Bakr, amirul mo‘minin Umar va uchinchi xalifa Usmon qiyin va mushkul masalalarni hal qilishda Aliga murojaat qilishgan. Foruq Ali xususida shunday der edi:
Ali bizning qozimiz. Abul Hasansiz biron masalani hal qilishda Ollohdan panoh tilardi. Buni Umarning qo‘yidagi so‘zlari ham isbotlaydi: Agar Ali bo‘lmasa, Umar halok bo‘lardi. S. 35. 1 Vaxtin Yu. B. Jizn proroka Muxammeda. T.: Literaturno-xudojestvennoe izdanie, 1991 2 Osmonlicha ansiklopedik buyuk lug'at. Anqara, 1993. - B.55. 3 Sarimsoqov B Dostonlar yuzasidan testologik qaydlar // O‘zbek xalq ijodi bo‘yicha tadqiqotlar. 4 kitob.T.: Fan, 1976. –B.141. 4 Imomov K. Ertak va dostonlarda ideal qahramon talqini masalasiga doir // O‘zbek xalq ijodi bo‘yicha tadqiqotlar. 4 kitob. T.: Fan, 1976. –B.127. Qur’on tarjimoni degan sharafga erishgan Abdulloh ibn Abbos aytadi: Ilmning o‘ndan to‘qqiz qismi Ali ibn Abu Tolibga berilgan, qolgan bir qismini u boshqalar bilan bo‘lishib olgan. Bir kishi Abu Hafsaning oldiga kelib so‘radi: Ey mo‘minlar amiri, umra qaerdan boshlanadi? Alidan so‘ra. Mo‘minlar onasi Oisha onamiz so‘radi: Kim sizlarga Ashuro kuni ro‘za tutish haqida fatvo berdi? Ali ibn Abu Tolib, - deyishdi. Avlodlar muallimasi Oisha (r.a.) aytdilar: U sunnatni boshqalardan ko‘ra yaxshi biladi. Buyuk sahobiy Abdulloh ibn Mas’ud aytadi: Madinada faroizni (meros ilmini) bilguvchirog‘i Ali ibn Abu Tolibdir. Abul Hasan (r.a.) aytardiki: Mendan so‘rayveringlar, Ollohga qasamki, mendan bir narsani so‘rasanglar, uning xabarini beraman. Mendan Ollohning kitobi haqida so‘ranglar. Men har bir oyatni qay vaqt - kechasi nozil bo‘lganmi yoki kunduz, vodiy yoki tog‘da nozil bo‘lganmi, hammasini bilaman”1. Qadimgi davrlardan buyon ajdodlarimiz farzandlarini hazrat Alidek ilmli, shijoatli va jasur bo‘lib o‘sishlarini istaganliklari bois, ularga Murtazo, Asadulloh, Shohimardon, Haydarali, Alisher, Alijon, Alimardon singari ismlarni qo‘yganlar2. Ismlarga Ali ismini qo‘shib aytishda bolani Ali o‘z panohida asrasin degan tushunchalar yotgan3. Masalan, Sherali va Alisher ismlarini olaylik. Mazkur ismlar “Sherdek jasur dovyurak o‘g‘ilni Ali o‘z panohida asrasin” degan ma’noda bo‘lib, kishilar bunday ismlar bolalarni asrab, ularni himoya qilib kelishiga ishonganlar4. Bundan tashqari chaqaloqqa Ali ismining berilishi uning hayotiga, taqdiri va baxtiga katta ta’sir ko‘rsatadi deb qaralgan5. Chunki Ali bilan bog‘liq ismlar xosiyatli nomlardan biri bo‘lib, bolada hazrat Aliga xos yaxshi xislatlarni yuzaga keltirishiga shubha qilmaganlar. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, o‘zbek xalqi orasida farzandlariga aynan Ali, Alisher ismini qo‘yish an’anaga aylangan6. Chunonchi, tarixda Ali ismi bilan atalgan juda ko‘plab mashhur zotlar yashab o‘tganlarki, beixtiyor ularni bu qadar mashhur bo‘lishlarida xosiyatli ismlarining ham ta’siri bo‘lganligi ehtimoldan xoli emas. Yuqoridan keltirilgan ma’lumotlardan anglashiladiki, Burhoniddinga al-Marg‘inoniyga Ali ismini qo‘yishda ota-onasi uni hazrat Alib ibn Abu Tolib (karramallohu vajhahu) singari beqiyos ilm sohibi 1 Abdulaziz Shanaviy. Rasulullohning izdoshlari / Tarjimon Ilhom Elmurodov. T.: Movarounnahr, 2008. – B. 71-72. 2 Malliskiy N. G. Sistema naimenovaniya u korennogo naseleniya (gor. T) // Izvestiya Sredne-Aziatskogo komiteta. Vыpusk tretiy. T., Sredazkomstaris. 1928. S. 243. 3 Begmatov E.A. O‘zbek ismlari.T.: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 1998. –B.27. 4 Gafurov A. Imya i istoriya. M.: Nauka, 1987. S. 40 5 Abdulahatov N., Azimov V. El va yer farzandi. T.: Sharq, 2008. – B. 32. 6 Nikonov V.A. Uzbeki // Sistemы lichnыx imen u narodov mira. M.: Nauka, 1986. S.314. bo‘lishini istaganliklari sababi bo‘lsa kerak. Binobarin, ularning bu orzusi ro‘yobga chiqanligini farzandlarining buyuk faqix bo‘lib yetishganligidan bilsa bo‘ladi. Ta’kidlanganidek, Sohibi Hidoya diniy ilmlarning barchasini egallagan qomusiy olim edi. U kishi huquqshunos, tarixchi, tilshunos va adabiyotshunoslik fanlarini mukammal egallagan. Masalan, u “Kitob ul- mashoyix” asarida zamonasining mashhur shayxlari to‘g‘risida yozar ekan tarixchi olimlar singari ma’lumot beradi. Qolgan sohalarda uning iste’dodi “Hidoya” asari orqali yaqqol namoyon bo‘ladi. Huquq, til va adabiyot qonunlariga to‘la asoslangan holda bitilgan mazkur asar o‘zining mukammalligi bilan ham shuhrat qozongan. Burhoniddin Marg‘inoniyni dunyoga tanitgan asar “al-Hidoya” ekanligini yaxshi bilamiz. Binobarin, “al-Hidoya” islom huquqshunosligining eng asosiy qo‘llanmalaridan biridir. Bu asarda dastlabki fiqh olimlarining yaratgan eng yirik asarlaridagi bosh g‘oya va mazmun jamlangan. Shu bois ham Zahiriddin Muhammad Bobur bu to‘g‘rida yozar ekan: “Yana sohibi”Hidoya”kim, Imom Abu Hanifa mazhabida “Hidoya”din mu’tabarroq kitobi fiqh kam bo‘lg‘ay, Farg‘onaning Marg‘inon otliq viloyatidandur, ul ham doxili Movarounnahrdur” – deydi1. 1 Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Porso Shamsiev, Sodiq Mirzaev va Eyji Mano(Yaponiya) nashrlari asosida qayta nashrga tayyorlovchi: Saidbek Hasanov.T.: Sharq, 2002.–B. 59. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling