Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet37/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Turklarning hukmdorligi Bozir Arslonxonning qarindoshi O‘g‘ulchoq Qadrxonning qo‘liga o‘tganda Mansur ibn Ismoilning hukronliginidan norozi bo‘lgan ukasi Abu Nasr Somoniy Qoshg‘ardagi O‘g‘ulchoq Qadrxoning yoniga keldi. O‘g‘ulchoq Abu Nasr Somoniyga alohida marhamat qilib: “O‘z uyingizdagidek turavering, qarindoshingiz sizga jafo qilgan bo‘lsa, men sizga vafo qilaman”, deb uni Artujning hokimligiga tayin qilgan. Shuning bilan Buxoro va Samarqandddan savdo karvonlarini Artujga kelib ko‘p mol va matolar sotib ketadigan bo‘ldi. (Ayni chog‘da) u (Nasr ibn Mansur) asl sovg‘alardan, O‘g‘ulchoq Qadrxonga hadya qilib ko‘ngliga yaqin tutib uni rozi qilib turdi...
Shu sababdan u (Nasr ibn Mansur) bilan do‘stlashib unga suyanadigan bo‘ldi. O‘sha mahalda Abu Nasr Somoniy “Rabbimga ibodat qilish uchun masjid solmoqchi


1Anvar Boytur, Hayrinso Siddiq. Shinjongdagi millatlar tarixi. Beyjing. Millatlar nashriyoti, 1991. – B. 650.
edim bir ho‘kiz terisilik yerni bersangiz” deb so‘raganda Qadrxon: “Qaerni xohlasan shu yerni ola qolgin” degan. (Shunda) Nasr ho‘kizni so‘yib, uning terisidan tilingan tolalarni bir-biriga ulab bir parcha yerni o‘lchab shu yerga masjid solgan. Bu ayni hozirgi Artuj jome’si bilan mashhur bo‘lgan masjidning o‘rnidir ...
O‘g‘ulchoq Satuqning amakisi edi. U 12 yoshga yetganda boshqa shahzodalarda sezilmagan o‘zining husni va aql-farosati, hamda sog‘lom fikri, ma’sumligi bilan barchani lol qoldirgan. (Kunlarning birida) Buxorodan karvonlar kelgan vaqt Satuq olib kelingan narsalarni ko‘rish va biron nima olish uchun Artujga keldi. Peshin vaqti bo‘lgani uchun musulmonlar shariat ahkomlari bo‘yicha namoz o‘qishga kirishdilar...Satuq ularni uzoqdan kuzatib turdi. Ular namozni tugatishgach, Satuq (Nasr ibn Mansur) as-Somoniydan “Nima bilan mashg‘ul bo‘ldingizlar?” deb so‘radi. U “Har kecha kunduz vaqtning besh, qismida besh mahal namoz o‘qish vazifasi bizga yuklatilgan”deb javob berdi. U (Satuq) “Kim sizlarga bu vazifani yuklagan” deb so‘radi. Shunda (Nasr ibn Mansur) as-Somoniy Yaratganning qudrat va sifatlarini go‘zal ismlari bilan ta’riflay boshladi1.
Ta’kidlab o‘tish joizki, Qoraxoniylar davlatining mustahkamlanishida Satug‘ Bug‘raxonning roli katta bo‘lgan. Shu bois yozma manbalarda uning nomi bilan bog‘liq turli rivoyatlar keltirilgan bo‘lib, uyg‘ur olimi Abdurahim Hoshim Mashhadiy o‘zining “Atush” nomli risolasila jumladan shunday yozadi:
Tazkirai Bug‘raxon” nomli tazkirada yozilishicha, Qoraxoniylarning avom xalqi beradigan nazr oshi “Bug‘ra osh” deb ataladi. Bu xil oshga no‘xat solib tayyorlangan. Sulton Satuq Bug‘raxoning minadigan oti qora qashqa arg‘umoq bo‘lib, yoshlik paytida boshiga odatda qalpoq kiyib yurgan. Lekin jangga har doim sovut-dubulg‘a o‘q-yoy, qilich bilan kirgan.
Ushbu tazkirada Abu Nasr Sosomoniyning vafoti2 to‘g‘risida mundoq ma’lumot berilgan: “Abu Nasr Somoniy va uning o‘g‘li Abul Fattoh Andijonga keldi. Abu Nasr Somoniy Andijonda bir kishi bilan suhbatlashib Sulton Satuq Bug‘raxonning ahvolini so‘radi. U kishi Abu Nasr Somoniyga ahvolni tushuntirib “Qoshg‘ar to‘rasining bir o‘g‘li bor. Ismi Satuq Bo‘g‘ro. U hali kichik. Sening bu so‘zlaringga javob bergudek emas” deb javob berdi. Abu Nasr Somoniy 300 karvon bilan Qoshg‘arga keldi. Bu joyda 12 yil ibodat bilan shug‘ullandi. 7000 kishini musulmon qildi. 70 kishini tarbiya qildi. 50 kishini olim qildi. 80 yil umr ko‘rdi…
Tazkirai Bug‘raxon”da quyidagicha naql qilinadi: “Shahzoda Satuq va uning do‘stlari Abu Nasr Somoniyning dalolati bilan islom dinini qabul qildi. Bir


1Djamal al-Karshi. Al Mulxakat bi-s-surax. Istoriya Kazaxstana v persidskix istochnikax. I tom. Almatы.: Dayk–Presss, 2005. S. 101-103.
2 Bu haqda ikki xil ma’lumot mavjud. Birinchi, Abu Nasr Somoniy islom dinini tarqatish va tashviqot qilish uchun Qoshg‘arga kelgan. Ushbu ma’lumot tarixiy asar va tazkiralarda ta’kidlab o‘tilgan. Ikkinchi, Abu Nasr Somoniy aslida Somoniylar sulolasining shahzodasi bo‘lib u Nasr II (914-943 y.y.) hukmronligi davrida yuz bergan ichki nizolar chog‘ida muvaffaqiyatsizlikka uchrab Qoraxoniylar poytaxti Qoshg‘arga qochib kelgan. Xoqon O‘g‘ulchoq uni o‘z qanotiga ostiga olib Atushning hokimligi vazifasiga qo‘ygan. Abu Nasr Somoniy vafot etganidan so‘ng Atushning Shoh qabristoniga dafn etilgan.
qancha vaqt o‘tgandan keyin bu ahvol shahzoda Satuqning o‘gay dadasi xoqon O‘g‘ulchoqning qulog‘i yetdi. Xoqon O‘g‘ulchoq bu yosh shahzodani qandoq bartaraf qilish to‘g‘risida saroyda maslahat qilib shahzoda Satuqni o‘ldirishga qaror qilindi. Xoqon O‘g‘ulchoq shahzoda Satuqning onasiga “bolangniz islom dinini qabul qilib bizning dinimizdan chiqibdi. Shu sababdan uni o‘ldirmoqqa qaror qilindi” degan. Shahzoda Satuqning onasi: “Bolamni islom dinini qabul qilganligi haqida aniq isbot yo‘q. Avval sinab ko‘ringlar. Agarda sinovdan o‘ta olmasa, bir narsa denglar” degan1. O‘g‘ulchoq ertasi kuni saroydagi barcha amaldorlar, butparast rohiblar va avom xalqni yig‘ib Atushning Qumbog‘ mavzusiga bir butxona solishga chorlatgan. Xoqon O‘g‘ulchoq boshliq barcha butparastlar bu joyda hozir bo‘lganlar.
Ushbu xabardan oldinroq xabar topgan shahzoda Satuq Abu Nasr Somoniyning yoniga kelib ahvolni bayon etgan. Abu Nasr Somoniy: “Siz albatta butxona solinadigan yerga borib “Bismilohir rohmanir rohiym ba niyati masjid bo‘lsin” deb qanday ishga buyursa qilavering degan. Shahzoda Satuq ertasi kuni butxona solinadigan joyga kelganda xoqon O‘g‘ulchoq: “Ey o‘g‘lim, sizni islom diniga kirdi degan gap-so‘zlar bor. Agar kirmagan bo‘lsangiz, ushbu butxona solinadigan o‘ringa birinchi g‘ishtni siz qo‘yib bering”degan. Shahzoda Satuq g‘ishtni qo‘liga olib ichida “ba niyati masjid bo‘lsin”deb g‘isht bosgan. U to‘rtinchi g‘ishtni qo‘liga olganda xoqon O‘g‘ulchoq: “Bo‘ldi o‘g‘lim, sizga ishondim. Qaytib ketdik”, deb ortiga jo‘nab ketgan ekan. Shahzoda Satuq bu ish keyinga cho‘zilib ketsa o‘ziga tahdid solishi mumkinligini o‘ylab Abu Nasr Somoniyga: “Qurollik hujum bilan xoqon O‘g‘ulchoqdan hokimyatni tortib olsam. Islom dinni oshkora yoyish niyatim bor” deydi. Abu Nasr Somoniy shahzoda Satuqning bu rejasiga rozi bo‘lgan.
VIII-X asrlardagi G‘arbiy yurt tarixi haqida tadqiqot” asarida: “Sulton Satuq Bug‘raxonning qurolli kuchlari bilan Xoqon O‘g‘ulchoqning qurolli kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuv Otbosh shahrida (hozirgi Qirg‘izistonda) yuz bergan bo‘lib, Otbosh shahrini xoqon O‘g‘ulchoq tortib olgan” deyilgan. Shahzoda Satuqning xoqon O‘g‘ulchoqdan hokimyatni tortib olish niyati uning to‘rtinchi bor qilgan harbiy yurishida amalga oshgan.Uning ushbu harbiy harakatlari Somoniylar tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlangan.
Tazkirai Bug‘raxon”da rivoyat qilinishicha, bu yordamchi qo‘shin bilan Qoshg‘arga tez yurish qilgan shahzoda Satuq bo‘ronli bir kechada xoqon O‘g‘ulchoqning Mashhad (Chinnibog‘)dagi yozlik oromgohiga bostirib kirib 40 ta ot yetarli qurol- yarog‘ jabduqlarni olib, Arg‘u kentining shimolidagi “Tunga tog‘”ning “Joyi pachcham”degan yerga joylashgan. Xoqon O‘g‘ulchoq ko‘p lashkar bilan borib urushganda shahzoda Satuq “Tunga tog‘”ning balandlikka joylashganligidan foydalanib dadil turgan. Urush davomida shahzoda Satuqning qo‘shiniga yon atrofdan odamlar kelib qo‘shilib qo‘shinning soni 12 mingga yetgan.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling