Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet36/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   147
Bog'liq
02 (3)

rasmiy holda tiklanib, Balosog‘un shahri xonlikning poytaxti qilingan. Ko‘p o‘tmay Bilga Kul Qodirxon vafot etgan1.
“Shinjon yerlik tarixi” kitobida bu haqda quyidagi ma’lumotlar berilgan: “Qoraxoniylar xonligi xoqonligi ikki qismga bo‘lingan edi. Xonning katta o‘g‘li bilan kichik o‘g‘li hukm surdi. Kattasi katta xoqon bo‘lib, Arslonxon (Sherxon) deb ataldi. U xonlikning eng oliy hukmdori bo‘lib, Bolosog‘unda turdi. Kichik o‘rinbosar xoqon bo‘lib Bug‘raxon deb ataldi. U dastlab Talasda turdi. Keyin Qashqarga ko‘chib keldi. Yuqoridagi ikki nafar oliy hukmdordan boshqa yana boshliqlardan to‘rta bor edi. Ular Ilikxon, Bug‘ro Ilik, Arslon tegin, Bug‘ro tegin deb ataladi. Xonlikning bosh vazirlari Ugor (Yuga) tegin, Song‘un, Inochbek deb atalgan. Undan boshqa markazning amal tizimida yana vazir, song‘un, o‘rdabegi, bosh mirzo, og‘achi (moliya vaziri) singari mansablar turlari ham mavjud bo‘lgan2”.
Qoraxoniylar sulolasi tarixida Bozir Arslonxon ikkinchi hukmdor sifatida tilga olinadi. Bu haqda uyg‘ur olimi Hoji Nurhoji “Qoraxoniylarning qisqacha tarixi” asarida “Bozir Arslonxon Qoraxoniylar xonligining ikkinchi xoqonidir. U ba’zi manbalarda “Borliqxon”, “Qoraxon”, kabi nomlar bilan ham atalgan3”, degan ma’lumotni keltiradi. Bilga Kul Qodirxon vafot bo‘lgandan keyin u Bolasag‘un shahrida otasining taxtiga vorislik qilgan. Inisi O‘g‘ulchoq bo‘lsa, avvalgidek “Bug‘raxon” nomida Talas shahrida turgan. Milodiy 893-yili Somoniylar davlatining hukmdori Ismoil ibn Ahmad ulkan qo‘shin bilan Talas shahriga hujum qilib, Bug‘raxon O‘g‘ulchoqni oilasi va o‘n besh ming ortiq kishini asir olgan. O‘g‘ulchoq noiloj o‘z odamlarini olib Talasdan Qashqar shahriga chekingan hamda bu joyda Somoniylar hukmronligiga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko‘rishga kirishgan. Milodiy 914-yili xoqon Bozir Arslonxon Bolosog‘un shahrida vafot etgan.
Bozir Arslonxon vafot etganidan so‘ng Qashqar shahrida xoqonlik taxtiga uning akasi O‘g‘ulchoq Bug‘raxon chiqqan bo‘lib, 915– yildan 932 yilgacha taxtda o‘tirgan. Asli qoida bo‘yicha Qoraxoniylarning taxtiga Bozir Arslonxonning o‘g‘li Satuq tegin vorislik qilishi kerak edi. Biroq u o‘z davrida hali voyaga yetmagan kichik bola bo‘lgani bois taxtga amakisi O‘g‘ulchoq Bug‘raxon vorislik qilgan. O‘g‘ulchoq Bug‘raxon davrida Qoraxoniylar xonligi yuksak darajada qudratga ega bo‘lgan. Shu vaqtga kelib, Qoraxoniylar kuchli raqibi sanalgan Somoniylar davlati saltanatida taxt uchun keskin kurash boshlanadi. Haqiqiy taxt vorisi bo‘lgan Abu Nasr Somoniy akasi Abu Hasan Nasr ibn Ahmad tarafida chetga surib chiqarilgan. Shu tarzda Abu Nasr Somoniy Qoraxoniylar xonligiga kelib O‘g‘ulchoqning himoyasiga o‘tgan4. O‘g‘ulchoq Abu Nasr Somoniyni qo‘llab-quvvatlab Somoniylar davlatining saroy ishlariga aralasha boshlagan.


1 Nurullo Mo‘min Yulg‘un. G‘arbiy yurt – tariximizdagi xoqonlar.Urumchi.Shinjong xalq nashriyoti, 2005. – B. 171.
2 Shingjong yerlik tarixi. Urumchi. Shinjong nashriyoti, 1992. – B.249-250.
3Hoji Nurhoji. Qoraxoniylarning qisqacha tarixi. Urumchi.Shinjong xalq nashriyoti, 1983. – B. 67.
4 Nurullo Mo‘min Yulg‘un. G‘arbiy yurt – tariximizdagi xoqonlar...– B. 172.
Yana bir tarafdan Abu Nasr Somoniyni birodari Abu Hasan Nasr inisi qo‘llagan Samarqand moniy uyg‘urlariga qarshi keng ko‘lamda qirg‘in-barot urushlarni olib borgan. Uning ustiga qarluq xonligining musulmon zodagonlari ham o‘z qo‘l ostidagi uyg‘ur qabilalariga muntazam ravishda zulm o‘tkazib kelgan. Bunday ahvolda Samarqand va Balosog‘un singari joylarda zarbaga uchragan uyg‘ur qabilalarining bir qismi Qashqar shahriga ko‘chib kelib O‘g‘ulchoqning himoyasiga o‘tgan, hamda Qoraxoniylar kuch-qudratini yana kuchayishiga zamin yaratgan. Xoqon O‘g‘ulchoq doimiy tarzda o‘z o‘rnini mustahkamlab, jiyani Satuq tegini chetga surib, vorislik huquqini o‘z o‘g‘liga bermoqchi bo‘lgan. Bu hol 16 yoshga borib qolgan Satuq teginning qattiq noroziligini qo‘zg‘otgan. Darvoqe, Satuq tegin Abu Nasr Somoniyning ta’siri ostida yashirin tarzda islom dinini qabul qilib, atrofiga tarafdorlarini to‘plashga kirishgan. U amakisidan otasining taxtini tortib olish uchun ehtiyotkorlik bilan tayyorgarlik olib borgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Satuq Bug‘raxon Qoraxoniylar hukmdorlari ichida to‘rtinchisi bo‘lib, ular ichida islom dinini qabul qilgan birinchi hoqon sifatida mashhur bo‘lgan. U “Qoraxon”, “Sulton”, “Sulton Satuq Bug‘ra Qoraxon Abdulkarim” degan nomlar bilan atalgan1. Jamol Qarshiyning (XIV asr boshida vafot etgan) “al-Mulxaqot bi-s-suroh” (“As-suroh” ga ilova”) asarida Satuq Bug‘raxon tarixiga doir quyidagilar bayon qilangan:
Satuq Bug‘raxon al-Mujohid Abdulkarim ibn Bozir Arslonxon ibn Tongla (Bilga) Boxur(Noxur) Qadrxon Afrosiyob avlodiddan… U (Satuq Bug‘raxon) xalifa amir al mo‘minini al-Mutililloh hukmronligi va amir ar-Rashid Abdumalik ibn Nuh as-Somoniy zamonida Qoshg‘ar va Farg‘ona hududlaridagi turk xoqonlari orasida birinchi bo‘lib islomni qabul qilgan. ...Abu-l-futuh Abd al-Orif ibn Abu Abdulloh al-Husayn al-Fazli o‘zining “Tarixi Qoshg‘ar” asarida (quyidagilarni) keltiradi: “Islomni birinchi qabul qilgan turk o‘lkasi orasida Shosh ahli bo‘lib, Bilga Boxur zamonida (islomni) qabul qilganlar. Amir Nuh ibn Mansur as- Somoniy uni zabt etib Isfijob shahrigacha borib yetdi. Sulh tuzilib (tovon to‘lash sharti bilan) Nuh ibn Mansur katta mol-mulk bilan ortga qaytdi. Ular o‘rtasidagi yozishmalar Nuh ibn Mansur vafotiga qadar davom etdi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling