Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
BURHONIDDIN MARG‘INONIY DAVRIDAGI MOVAROUNNAHR ShAHARLARI
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
BURHONIDDIN MARG‘INONIY DAVRIDAGI MOVAROUNNAHR ShAHARLARIBurhoniddin Marg‘inoniy yashab o‘tgan davridagi Movarounnahr jumladan Farg‘ona vodiysi shaharlari to‘g‘risida arxeologlarning xizmatlari tufayli shu kunlarga qadar ko‘plab ma’lumotlar yig‘ilgan. Bu ma’lumotlarga asoslanib, Movarounnahr shaharlarining XI-XII asrlardagi holatini imkon qadar tasavvur qilishimiz mumkin. Hozirda saqlanib qolgan shaharlarning deyarli barchasi bu vaqtlarda ham gurkirab yashnayotgan edi. Xususan Shimoliy Xuroson, Xorazm, Movarounnahr, Yettisuvdagi shaharlar ayniqsa, Qoraxoniylar davrida rivojlanib va Markaziy Osiyoning eng buyuk shahar- lari qatoriga ko‘tarilgandi. Buning asosiy sabablaridan biri savdo-sotiq- ning taraqqiy etishi bo‘lsa, ikkinchisi markazlashgan yer egaligi xo‘jaligining ahamiyati ortib borganligidir. Siyosiy vaziyat har qancha qaltis bo‘lmasin bozor munosabatlarini rivojlanishi shaharlarning ahamiyatini yanada orttirib yubordi. Natijada, mavjud shaharlarning asosiy qismini bozor maydonlari va savdo bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlarning do‘konlari egallaydigan bo‘ldi. Avvalgi davrlarga nisbatan XI-XII asrlarga kelib shaharlarning maydoni ikki-uch barobarga kengaygan. Xurosondagi Xirot, Balx va Marv, Xorazmdagi Urganch, Yettisuvdagi Bolosog‘un, Movarounnahrdagi Samarqand, Buxoro, Shosh va Termiz, Farg‘onadagi Axsikent, Qubo va O‘zgand, Marg‘ilon bunga misol bo‘la oladi. Hatto-ki, Xuttaldagi Xulbuk shahri ham bu vaqtda o‘z mavqei bilan boshqa shaharlarga tanilib bo‘lgan edi. Qrlaversa, Farg‘ona bilan Movarounnahrning boshqa shaharlarini bog‘lab turuvchi Xo‘jand shahrining strategik ahamiyati yanada ortdi. Ma’lumki, IX-XII asrlar Sharq uyg‘onish davri hisoblanadi. Bu davrda Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, ilm-fani va ijtimoiy turmushida yangi taraqqiyot yo‘nalishi ochilib, dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan olimlarning soni keskin ko‘paydi. Aniq fanlar rivojlanibgina qolmasdan ijtimoiy, diniy-falsafiy fanlar ham o‘z taraqqiyoti cho‘qqisiga ko‘tarildi. Mazkur holat o‘z-o‘zidan xalq turmush tarzini ko‘tarilishiga va o‘ziga xos ilmiy-madaniy muhitning vujudga kelishiga ta’sir o‘tkazdi. Bu haqda akademik K.Shoniyozov quyidagilarni keltiradi: “IX—XII asrlar davomida hukmronlik qilib kelgan Qoraxoniylar davlati Markaziy Osiyo xalqlarining, jumladan o‘zbek xalqining tarixida chuqur ijobiy iz qoldirdi. Mazkur davlat hududida o‘zbek xalqining ajdodlari alohida etnik jamoa—elat bo‘lib shakllandilar. IX—XII asrlar Markaziy Osiyoning madaniy yuksalish davri ham edi. Movarounnahr aholisining iqtisodiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyoti shu davr bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. G‘arbiy Qoraxoniylar davlatining xoqonlari Movarounnahrga qat’iy o‘rnashib olgandan keyin, ajdodlar asrlar davomida yaratgan boy madaniyatni avaylab saqlab, unga munosib hissalarini ko‘shib avlodlarga qoldirib ketganlar. Ichki va tashqi bozorni rivojlantirish, shaxar me’morchigi va obodonchiligi xamda aholining moddiy hayoti xoqonlarning aksariy ko‘pchiligini diqqat-e’tiborida bo‘lib kelgan. G‘arbiy Qoraxoniylarning tadbirkor, ishbilarmon xoqonlari, chunonchi: Tamg‘achxon Ibrohim, Shams al-Mulk Nasr ibn Ibrohim, Xizr ibn Ibrohim, Arslonxon Muhammad va boshq. Buxoro shahrining me’morchilign va obodonchiligiga katta ahamiyat berib kelganlar. Ularning davrida Buxoro shaxrida va uning atroflarida bog‘-rog‘lar, machit, madrasalar, hashamatli saroylar va bir qancha boshqa imoratlar bunyod, etilgan”1. Burhoniddin Marg‘inoniy davrini xayolan ko‘z oldimizda keltirishni istasak XIII asrning mashhur tarixchi va adib Yoqut Hamaviyning Movarounnahrga bergan ta’rifini bilan yaqindan tanishmog‘imiz kerak bo‘ladi. Chunki Yoqut Hamaviy Burhoniddin Marg‘inoniy yashagan davrni ko‘rgan, 16 yil mobaynida Sharqning ko‘pgina mamlakatlarini kezib ularning holati bilan yaqindan tanish edi. Shu boisdan uning Markaziy Osiyo shaharlari va adiblari to‘g‘risidagi asarlarida biz o‘rganmoqchi bo‘lgan davrga doir muhim ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan. Qolaversa, uning o‘zi asarlaridagi ma’lumotlari naqadar ahamiyatli ekanligini ta’kidlab, jumladan shunday degan edi: “Xayolimda ba’zi bir noinsof kishilar mening bu kitobim haqida, – bu bir rumlik qulning asari bo‘lsa, unda nima gap bo‘lardi, – deyishayotgandek. Insofli bo‘lganlarida edi, yozgan kishiga emas, yozilgan narsaga ahamiyat bergan bo‘lar edilar”2. Biz, albatta, Yoqutning ushbu so‘zlariga amal qilgan holda uning kitoblarida Burhoniddin Marg‘inoniy davrini yoritib beruvchi Movarounnahr xususida keltirilgan ma’lumotlarga diqqat bilan ahamiyat bersak: “Movaruonnahr – Amuning sharqiy tomonidagi joylashgan shaharlarni Haytol shaharlari deb ataldi. Islom davrida uni Movarounnahr deb atashdi, ammo uning g‘arbiy tomonidagi joylarni Xuroson va Xorazm viloyati deyiladi. Xorazm Xurosonga tegishli emas, u o‘ziga xos, alohida iqlim. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling