Burxanova feruza abdurazaqovna
Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati
Download 282.34 Kb.
|
DISSERTATSIYA БУРХАНОВА ФЕРУЗА АБДУРАЗАҚОВНА
Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon adabiyotshunosligida yozuvchining adabiy-estetik qarashlari va ijodiy uyg‘unlik, parallelizm, ijod psixologiyasi masalalari dolzarb muammolardan biri sifatida tadqiq etib kelinmoqda. Ijodkor yashagan muhit, davrdagi yetakchi tamoyillar, ular oziqlangan manbalar, adabiy- estetik qarashlarning shakllanishi, “men”likning ijodda namoyon bo‘lishi uchun asosiy mezon bo‘lib, har bir davr bu jarayonning yangi-yangi qirralarini kashf etaveradi. Yozuvchining ijodiy laboratoriyasiga chuqurroq kirish, asarlarini o‘z adabiy-estetik qarashlari negizida shakllangan ijodiy prinsiplari fonida tahlilga tortish badiiy ijod va uning yaratilish jarayoni haqida ilmiy-nazariy xulosalar berishi bilan dolzarb hisoblanadi.
Dunyo adabiyotshunosligida XXX asrdan to bugungi kunga qadar yaratilgan ilmiy tadqiqotlarda badiiy ijod psixologiyasi, ijodkorning adabiy-estetik qarashlari va ijodiy uyg‘unlik masalasiga o‘zaro aloqadorlikdagi hodisa sifatida yondashiladi. Adabiy-estetik qarashlarni yozuvchining ijodiy pozisiyasini belgilovchi yetakchi omil deb qaraladi va ijodkorning adabiyot haqidagi, badiiy asar va uning tabiati, ijodiy jarayon xususidagi yondashuvlarining majmui sifatida e’tirof etiladi. Shu jihatdan olib qaraganda shoir yoki yozuvchining adabiy-estetik pozisiyasi va ijod jarayonini o‘rganish badiiy asardagi ustuvor g‘oyalarni belgilash imkonini beradi. Mustaqillik davri ijodkorlari Nazar Eshonqul hamda Ulug‘bek Hamdamning adabiy-estetik konsepsiyasi va ijodiy uyg‘unligi masalasini jahon adabiyotshunosligi kontekstida tadqiq etish davr talabiga ko‘ra yangicha talqin qilish zaruratini tug‘diradi. Milliy o‘zlik, asl insoniylikni anglashga bo‘lgan ehtiyoj mazkur adiblarning ijodiy o‘ziga xosligini adabiy-estetik pozisiya nuqtai nazaridan o‘rganish, yozuvchi shaxsi, dunyoqarashi badiiy asarlarida o‘z “men”ining namoyon bo‘lish usullari, yangicha poetik ifoda va ramziy-majoziy obrazlar talqini asosida yozuvchi konsepsiyasini belgilash, badiiy ijod psixologiyasiga oid muammolar bo‘yicha kuzatishlar olib borish zaruratini yuzaga keltiradi. Zero, «...adabiyot va san’atga, madaniyatga e’tibor - bu avvalo, xalqimizga e’tibor, kelajagimizga e’tibor ekanini, buyuk shoirimiz Cho‘lpon aytganidek, adabiyot, madaniyat yashasa, millat yashashi mumkinligini unutishga bizning aslo haqqimiz yo‘q»1 . Shunga ko‘ra istiqlol davri adabiyotshunosligida kuzatilayotgan yangicha yondashuvlar asosida adiblar ijodida ifoda etilayotgan insonning botiniy olamini milliy va umumbashariy qadriyatlar nuqtai nazaridan yondashish, Sharq va Gʻarb adabiyotiga xos xususiyatlarning sintezlashuvi va ularning badiiy ijoddagi ifodasi kabi masalalarni tafakkurdagi yangilanish va ijodiy uyg‘unlik hosilasi sifatida tadqiq etish ishning dolzarbligini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13 maydagi PF- 4947-son “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni, 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4958- son Farmoni; 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi VMQ-304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlari, shuningdek, mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertasiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Download 282.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling