Burxanova feruza abdurazaqovna
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
Download 282.34 Kb.
|
DISSERTATSIYA БУРХАНОВА ФЕРУЗА АБДУРАЗАҚОВНА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi respublikamiz hamda xorijlik olimlarning fikrlariga asoslanganligi; muammoning aniq qo‘yilganligi, tadqiq usullarining ilmiy maqsadga muvofiqligi, muammoni yoritishda ilmiy-nazariy manbalarga tayanilgani, tadqiqot yuzasidan olib borilgan ilmiy izlanishlar va chiqarilgan xulosalarning ilmiy-nazariy xarakterda ekani bilan asoslanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, u mustaqillik davri adabiyotining o‘ziga xosligi, taraqqiyot tamoyillari va ijodiy yo‘nalishlarini o‘rganishda; adabiyotshunoslik, adabiyot nazariyasiga oid izlanishlarda ijodkor shaxs, badiiy ijod va ijodiy jarayon, ijod psixologiyasi va ijodiy laboratoriya, adabiy-estetik qarashlarga oid masalalarni yangicha talqinlar bilan boyitadi. Tadqiqotning ilmiy natijalaridan oliy o‘quv yurtining talabalari va magistrantlariga “Hozirgi adabiy jarayon” va “Mustaqillik davri adabiyoti” fanlarini o‘qitishda foydalanish mumkin. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati undagi xulosa va tavsiyalardan adiblar ijodini zamon ruhida talqin qilishda, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari uchun darslik va qo‘llanmalar yaratish, maxsus kurs va seminar mashg‘ulotlari olib borishda foydalanish mumkin. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muallifning adabiy- estetik qarashlari va ijodiy parallelizm masalasiga oid olib borilgan tadqiqotlar olingan natijalar quyidagi ishlarda joriylangan: Nazar Eshonqulning “Mendan “men”gacha” kitobi hamda qissa va hikoyalari, Ulug‘bek Hamdamning ilmiy, adabiy va badiiy asarlarining yetakchi xususiyatlarini ifodalagan xulosalaridan O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida bajarilgan FA-F1-G040 “O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir” fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2018 yil 26 sentyabrdagi FTA-02-11/1307-raqamli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llash ijodkor shaxsi va dunyoqarashi, adabiy-estetik qarashlaridagi ustuvor prinsiplarining adib ijodida aks etishi masalalarini qiyosiy-tipologik, biografik va ruhiy tahlil metodlari asosida tadqiq etishni umumlashtirish va aniqlashtirishga xizmat qilgan; ilmiy tadqiqotning N.Eshonqul va U.Hamdam adabiy-estetik qarashlari va badiiy ijodi parallelizmiga doir nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy universiteti Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasidagi F1-02 fundamental tadqiqotning “XX-XXI asrlar bo‘sag‘asida o‘zbek adabiyotshunosligi” bo‘limida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 noyabrdagi 89-03-3797-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan foydalanish o‘zbek adabiyoti keyinggi yillarda jahon adabiyotiga xos turli poetik izlanishlarga qo‘l urib, ramziy-majoziy 10 mazmun bilan boyitish hamda yaratilayotgan qahramonlar milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan sug‘orilgani haqidagi ilmiy xulosalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan; O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiy tanqid kengashining yillik hisobotida “Men”likni anglash salohiyati”, “Lev Tolstoy “Iqrornomasi”da ijodkor shaxsi talqini”, “Badiiy ijod psixologiyasi” mavzusidagi maqolalar tahlilga tortilib, ularning adabiyotshunoslik va tanqidchiligimiz rivojidagi ahamiyati qayd etilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2018 yil 25 apreldagi №01-03/489-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotshunoslik va tanqidchilikda yozuvchi shaxsi, adabiy-estetik qarashlari ijodiy jarayoni, ijod psixologiyasi muammolarini yoritishda, yozuvchining ijodiy mahoratini o‘rganishga ko‘maklashgan; Muallif adabiy-estetik qarashlari va ijodiy uyg‘unlik (N.Eshonqul va U.Hamdam ijodi misolida) masalasiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan 2016-2018 yillarda O‘zbekiston teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 10 oktyabrdagi S’7\k-1-169-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirishlar mazmunan boyitilgan. Download 282.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling