Burxanova feruza abdurazaqovna


Download 282.34 Kb.
bet5/15
Sana18.06.2023
Hajmi282.34 Kb.
#1581752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
DISSERTATSIYA БУРХАНОВА ФЕРУЗА АБДУРАЗАҚОВНА

Tadqiqotning predmeti. Tadqiqot doirasiga qamrab olingan davrlarda yaratilgan adabiy-tanqidiy maqolalar bilan adiblar ijodining qiyosiy talqini orqali adabiy-estetik qarash va ijodiy uyg‘unlik parallellizmi masalasini o‘rganish ishning predmetini tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Dissertasiyada qiyosiy-tipologik,
biografik, germenevtik va ruhiy tahlil usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
adabiy-estetik qarashlari va ijodiy parallelizm masalasi yozuvchining estetik pozisiyasi, tuyg‘u va tafakkur mushtarakligi hamda poetik talqinni shakllantiruvchi ijodiy kategoriya sifatida jahon va o‘zbek adabiyotshunosligi kesimida asoslangan;
Nazar Eshonqulning adabiy-estetik maqolalarida ilgari surilgan badiiy ijod, ilhom va intiusiya, ilohiylik, yozuvchi “men”i va uning badiiy asarda namoyon bo‘lish usullari, Gʻarb va Sharq badiiy sintezi masalalariga oid qarashlari o‘z ijodiga tatbiqan qiyosiy o‘rganilib, yozuvchining badiiy mahorati ochib berilgan;
Nazar Eshonqul asarlarida o‘zini yaqqol namoyon qilayotgan yangicha poetik ifoda usullari, metoforik obraz va tasvirlar, ramz va motivlar mumtoz va jahon adabiyoti bilan qiyoslanib, adibning ijodiy yutug‘i sifatida ko‘rsatilgan;
Ulug‘bek Hamdamning adabiy-tanqidiy maqolalaridagi yetakchi konsepsiya o‘z ijodiga tatbiqan o‘rganilib, ijodkor sifatidagi o‘ziga xosliklari, hayotiylik, badiiy haqqoniylik, samimiylik va Sharq
8
falsafasidan ma’naviy oziqlanish adib adabiy-estetik qarashlari va ijodi aro mushtaraklikning asosi ekanligi ilmiy jihatdan dalillangan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: ijodkorning adabiy-estetik qarashlari va ijod psixologiyasi masalalari adabiyotshunoslikning ilg‘or yondoshuvlari asosida aniqlangan;
N.Eshonqulning adabiy-estetik qarashlarida yozuvchi “men”i, dunyoqarashi va shaxsiyati masalalari “Mendan “men”gacha” kitobi tahlili orqali ochib berilgan;
N.Eshonqul realistik tasvir usulini romantika, sentimentallik, simvolik talqin yo‘sini bilan boyitgani asarlari tahlillari misolida isbotlangan;
N.Eshonqul adabiy-estetik qarashlari va ijodining ustuvor yo‘nalishlari Gʻarb va Sharq falsafiy, adabiy-estetik qarashlari hamda xalq og‘zaki ijodi motivlari asosida shakllanganligi ilmiy asoslangan;
U.Hamdamning munaqqidlik faoliyati va yetakchi qarashlari bilan ijodi aro uyg‘unlik prinsiplari yoritilgan;
U.Hamdam ijodiy laboratoriyasiga xos xususiyatlar ijod jarayoni haqidagi nazariy qarashlar asosida belgilangan.

Download 282.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling