Buxgalteriya hisobi


Download 36.63 Kb.
bet1/7
Sana09.01.2022
Hajmi36.63 Kb.
#255919
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kayumov Umidjon Erkinovich MM-54-2


Buxgalteriya hisobi ” kafedrasi

9-variant

  1. Balans va schyotlarning o‘zaro bog‘liqligi.

  2. Materiallar ombor hisobini tashkil etish haqida tushuncha bering?

  3. Kasallik varaqasiga asosan nafaqa hisoblash va to’lash tartibi qanday amalga oshiriladi?

  4. Banklarda hisob-kitob va valyuta schetlarini ochish tartibi qanday amalga oshiriladi?


Kafedra mudiri prof. A.Karimov

Kayumov Umidjon Erkinovich



Javoblar

  1. Balans va schyotlarning o‘zaro bog‘liqligi.

«Balans» so‘zi lotincha bo‘lib, uning aynan tarjimasi “bis”- ikki karra va “banx” tarozi pallasi, ya’ni “tarozi ikkita pallasining tengligi” degan ma’noni, muvozanat, tenglik ramzini bildiradi.

Buxgalteriya hisobida «balans» tushunchasi ikkita ahamiyat kasb etadi:



  1. Jamlangan summalar tengligi, ya’ni schetlarning debeti bo‘yicha summalar jarni va krediti bo‘yicha summalar jamining tengligi, har bir sintetik schet ma’lumotlarining (boshlangrich qoldigri, debet va kredit oborotlari, oxirgi qoldig‘i) mazkur sintetik schetga tegishli analitik schetlar ma’lumotlariga tengligi, balans aktividagi moddalar summalari jami va passividagi moddalar summalari jamining tengligini ifodalaydi;

  2. Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum sanadagi mulkiy va moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ifodalaydi.

Buxgalteriya hisobining metodini tashkil etuvchi boshqa usullar (elementlar) orasida bunday ikki tomonlama ahamiyat faqat buxgalteriya balansiga xosdir.

Ushbu ahamiyatli jihatlariga asoslanib buxgalteriya balansini qo‘yidagicha ta’riflash mumkin: Xo‘jalik mablag’larining tarkibi, joylanishi, harakati va ularning vujudga kelish manbalaridagi ham da maqsadli tayinlanishidagi o‘zgarishlarni bir--biriga solishtirib, ma’lum bir sanaga qiymat ifodasida umumlashtirilgan holda aks ettirish usuli buxgalteriya balansi deyiladi.

Balans ikkita o‘zaro bogriiq bo‘lgan tarkibiy qismdan iborat: aktiv va passiv. Bu atamalar ham lotincha boriib, aynan tarjimasi “astivus”- aktiv, faol va “rassivus” - passiv, faoliyatsiz degan ma’nolarni bildiradi.

Balans aktivida mablagdar tarkibi, joylanishi va ishlatilishiga qarab; passivida esa mablag’laming tashkil topish manbalari: ularning kimniki ekanligi va qanday maqsadga morijallanganligiga qarab guruhlangan holda, pul ifodasida ma’lum bir sanaga aks ettiriladi. Balans aktiv va passivi hamma vaqt o‘zaro teng bo‘lishi shart.




Download 36.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling