Buxgalteriya hisobi va audit
Kredit tizimining tarkibiy tuzilishi
Download 257.5 Kb.
|
KREDIT TIZIMINING TARKIBIY TUZILISHI VA KREDIT MUNOSABATLARI
1. Kredit tizimining tarkibiy tuzilishi
«Kredit tizimi» deb kredit munosabatlar majmuasi va kredit munosabatlarni tashkil qiluvchi va amalga oshiruvchi kredit institutlar yigʼindisiga aytiladi. Kredit tizimi orqali huquqiy va jismoniy shaxslarning vaqtincha boʼsh mablagʼlari yigʼiladi va korxona, tashkilotlarga, aholiga, davlatga vaqtincha foydalanishga beriladi. Kredit tizimi bir necha boʼgʼinlardan iborat boʼlishi mumkin. Mablagʼlarni jalb qilishi va taqsimlanishiga qarab kredit tizimi boʼgʼinlari oʼz xususiyatlariga ega. Jahon amaliyotida kredit tizimi oʼzining tashkil qilinish turiga qarab quyidagi guruhlarga boʼlinadi. • markaziy bank; • tijorat banklar; • maxsus-kredit institutlar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ikki pogʼonali kredit-bank tizimi koʼp mamlakatlar iqtisodining asosi hisoblanadi. Bular Markaziy bank, bank institutlari va nobank kredit muassasalaridir. Bank institutlariga quyidagi banklar kiradi: • tijorat banklari; • investitsiya banklari; • jamgʼarmalar jalb qiluvchi banklar (Oʼzbekistonda Xalq banki); • ipoteka banki; • savdo banklari; • tashqi iqtisodiy aloqalar boʼyicha banklar; • tarmoqlar boʼyicha ixtisoslashgan banklar va boshqalar. Nobank kredit tashkilotlarga: • sugʼurta kompaniyalari; • nafaqa va boshqa fondlar kiradi. Kredit tizimida asosiy oʼrinni bank institutlari, bank institutlari tarkibida salmoqli oʼrinni esa tijorat banklari egallaydi. Tijorat banklari kredit tizimining boshqa boʼgʼinlariga nisbatan koʼproq boʼsh turgan mablagʼlarni jalb qiladi va koʼp miqdorda mijozlarga kreditlar beradi. Maxsus ixtisoslashgan kredit institutlari (banklar) tijorat banklari faoliyatini toʼldiradi va ular xalq xoʼjaligining kam rentabellik, kam foydali tarmoqlariga (qishloq xoʼjaligi, uy-joy qurilishi, tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar) yengil sharoitda kreditlar berish yoʼli bilan ularning faoliyatini ragʼbatlantirib, rivojlantirib boradi. Banklar maʼlum belgilariga qarab quyidagi turlarga: • mulk shakliga qarab: xususiy, aktsiyador, davlat, qoʼshma, xorijiy, xalqaro banklarga; • milliy mavqei boʼyicha: milliy va xorijiy banklarga; • faoliyat koʼrsatishi va bajaradigan funktsiyalariga qarab: depozit, universal, ixtisoslashgan banklarga boʼlinadi. Xususiy banklar jismoniy shaxslarning mablagʼlari hisobidan tashkil qilingan banklar hisoblanadi. Аktsiyador banklar aktsiyador kompaniyalar sifatida yuzaga kelgan banklar boʼlib aktsiyalar chiqarish hisobidan ular kapitalining asosiy qismi yuzaga keladi. Koʼpgina rivojlangan mamlakatlarda bank tizimining asosiy qismini aktsiyador banklar tashkil qiladi. Davlat banklari davlat ixtiyorida boʼlgan kredit muassasa boʼlib, oʼzining birinchi kurtaklari qadimiy Rimda, Misrda, keyinchalik XVI-XVII asrlarda Yevropada vujudga kelgan. Davlat banklarining quyidagi turlari: markaziy, tijorat banklari va maxsus kredit institutlar amaliyotda boʼlishi mumkin. Xalqaro banklar xalqaro pul, hisob va kredit munosabatlarini olib boruvchi bank boʼlib davlatlar oʼrtasida valyuta, kredit va moliya munosabatlarini boshqarib boradi. Yirik xalqaro banklar qatoriga Yevropa rivojlanish va taraqqiyot bankini, Xalqaro valyuta fondini, Xalqaro Moliya korporatsiyasini, Xalqaro hisob-kitoblar bankini, Yevropa investitsiya bankini va boshqalarni kiritish mumkin. Xorijiy banklar toʼliq yoki qisman chet el investorlariga tegishli boʼlgan banklar boʼlib, ular oʼz faoliyatini mahalliy qonunlar doirasida olib boradi. Hozirgi vaqtda bunday banklar yirik banklarning shoʼʼbalari sifatida faoliyat koʼrsatadi. Baʼzi davlatlarda mavjud depozit banklar jalb qilingan depozitlar hisobidan hisob, kredit, ishonch operatsiyalarini olib boradi. Depozit banklar, asosan, aholi jamgʼarmalarini jalb qilish va joylashtirish bilan shugʼullanadi. Universal banklar turli xil bank operatsiyalari: depozit, kredit, hisob, foiz, vositachilik va boshqa operatsiyalarni bajaruvchi bank hisoblanadi. Germaniya, Shveytsariya, Аvstriya kabi mamlakatlarning tijorat banklari universal banklar hisoblanadi. Ixtisoslashgan banklar xalq hoʼjaligining maʼlum sohalariga xizmat koʼrsatuvchi, aholiga xizmat koʼrsatuvchi banklardir. Ixtisoslashtirilgan banklarning turlari sifatida investitsiya, jamgʼarma, rivojlanish va taraqqiyot banklarini keltirish mumkin. Kredit tizimining yana bir qismi nobank kredit muassasalari boʼlib, davlat va korxonalarni moliyalashtirish, uzoq muddatli kreditlash bilan shugʼullanadi. Oʼzbekistonda 1997 yilda «Nobank kredit tasяhkilotlari toʼgʼrisida»gi qonun loyihasi koʼrib chiqildi. Unda sugʼurta kompaniyalari, pensiya fondlari va boshqa fondlarning mablagʼlaridan oqilona foydalanish va bu mablagʼlarning samaradorligini taʼminlash masalasi qoʼyilgan. Har bir mamlakatning kredit tizimi oʼz xususiyatiga ega boʼlib, rivojlangan yirik universal banklar tarmoqlarining koʼpligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Germaniya eng yuqori darajada rivojlangan bank tizimi hisoblanadi. Quyidagi chizmada Germaniya bank tizimi keltiriladi. Germaniyaning kredit tizimi boshida Bundesbank turadi. Uning asosiy boʼgʼini yuqori universallashgan tijorat banklari hisoblanadi. Germaniya gros (yirik) banklari tashqi savdoning 60% toʼlovini oʼtkazib beradi. Biz taʼkidlaganimizdek, Oʼzbekistonda bank tizimi ikki pogʼonali boʼlib, banklar tizimining birinchi pogʼonasi - bu Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankidir, ikkinchi pogʼonasi - tijorat banklari, ularning shoʼʼbalari, chet el banklari shoʼʼbalari hisoblanadi. Oʼzbekiston Respublikasi banklar tizimini kengaytirgan holda quyidagi chizmada keltirish mumkin.
Maxsus banklar Kreditlar bo’yicha Xususiy banklar Davlat banklari Aholiga xizmat ko’rsatuvchi Ipoteka tarmoq banklar Ixtisoslashgan investitsiya qimmatli qog’ozlar bilan operatsiya qiladigan banklar va boshqalar Ipoteka ixtisoslashgan qurilish jamg’arma kassalar Pochta jamg’arma va boshqalar Yirik banklar va ularning bo’limlari Mintaqaviy banklar Xususiy banklar Xorijiy bank bo’limlar
Jamg’arma g’aznalar Tarmoq banklar uy-joy qurish bo’yicha jamg’arma banklar Download 257.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling