Buxgalteriya hisobi va audit


-rasm. 2-pog’onali bank tizimi


Download 257.5 Kb.
bet5/9
Sana02.01.2022
Hajmi257.5 Kb.
#193356
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KREDIT TIZIMINING TARKIBIY TUZILISHI VA KREDIT MUNOSABATLARI

3-rasm. 2-pog’onali bank tizimi3

Tarixiy taraqqiyot davomida banklar mablagʼlarni yigʼish, saqlab berish, kredit-hisob va boshqa turli xil vositachilik operatsiyalarini bajarib kelganliklari sabab, banklar kredit muassasa boʼlib, foyda olish maqsadida bank barcha risklarni oʼziga qabul qilgan holda operatsiyalarini amalga oshiradi. Oʼzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʼgʼrisida»gi qonunining 1-moddasiga asosan “Bank-tijorat tashkiloti boʼlib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan, yaʼni:

-yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablagʼlardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;

-toʼlovlarni amalga oshirish bilan shugʼullanuvchi yuridik shaxsdir. Demak, bank barcha riskni oʼz zimmasiga olib, yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʼlarini jalb qilib, bank resurslarini tashkil qilgan holda, bu mablagʼlarni muddatida qaytarib berish, toʼlov va taʼminlash shartlari asosida oʼz nomidan ularni joylashtiradi hamda yuridik va jismoniy shaxslar oʼrtasidagi hisob-kitob va vositachilik operatsiyalarini olib boruvchi kredit muassasa hisoblanadi.

Tijorat banklari bank tizimining muhim boʼgʼini boʼlib, kredit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yigʼiladi va bu banklar xuquqiy, jismoniy shaxslarga oʼz xizmatlarini koʼrsatadilar.

Kreditning mustaqil kategoriya sifatida mohiyatini aniqlash murakkab savollardan biridir. Kredit qarzga beriladigan qiymatning harakati sifatida tushunish mumkin.

Zaxarov V. «Kredit vaqtinchalik foydalanishga beriladigan qiymat boʼyicha boʼladigan ijtimoiy munosabatdir» deb xulosa qilgan boʼlsa, Qodirov А., Pesselь M. esa kredit iqtisodiy kategoriya boʼlib, unda ishlab chiqarish munosabatlari oʼz aksini topadi va davlat, xoʼjalik tashkilotlari, korxonalar, muassasalar bir-biriga qiymatni maʼlum vaqtga, qaytarib berish va toʼlash sharti bilan beradilar, deb uqtiradilar.

Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda kreditning baʼzi muhim tomonlari aniqlanadi:




Download 257.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling