1-rasm. Germaniya bank tizimining tarkibi1
Bozor iqtisodiyoti sharoitida Markaziy bankning asosiy maqsadi – milliy valyuta va pul-kredit tizimini barqarorligini taʼminlash asosida iqtisodiy oʼsishga erishishdan iborat.
Hozirgi Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki 1992 yil 28 fevralda tashkil etilgan boʼlib, 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan “Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʼgʼrisida”gi qonun asosida faoliyat koʼrsatmoqda.
Markaziy bank huquqiy shaxs sifatida davlat mulkiga asoslangan boʼlib, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa sifatida xarajatlarini oʼz daromadlari hisobidan qoplashi kerak. Oʼzbekistonda zamonaviy bank tizimi 2 bosqichli usulda tashkil etilgan: Markaziy bank va tijorat banklari. Markaziy bank keng tarmoqli tijorat banklari oʼrtasida sogʼlom raqobat kurashidagi nazoratchi vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |