Buxgalteriya hisobi va audit


-rasm. Oʼzbekiston Respublikasi Bank tizimi tarkibi


Download 257.5 Kb.
bet4/9
Sana02.01.2022
Hajmi257.5 Kb.
#193356
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KREDIT TIZIMINING TARKIBIY TUZILISHI VA KREDIT MUNOSABATLARI

2-rasm. Oʼzbekiston Respublikasi Bank tizimi tarkibi2

Respublika Markaziy banki oʼz miqyosi va faoliyat doirasiga koʼra respublikamizdagi eng yirik bank hisoblanadi. Uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

Birinchidan, monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;

Ikkinchidan, Oʼzbekiston Respublikasida hisob-kitobning samarali tizimini tashkil etish va taʼminlash;

Uchinchidan, banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarni nazorat qilish, qimmatbaho qogʼozlar blanklarini nazorat qilish, qimmatbaho qogʼozlar blanklarini ishlab chiqarishni litsenziyalash;

Toʼrtinchidan, Oʼzbekiston Reapublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, shu jumladan kelishuv boʼyicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish;

Beshinchidan, davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya Vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iborat.

Yana bir bor eslatib oʼtamiz-ki, Markaziy bankning barcha vazifalari unga yuklatilgan maqsadga toʼliq erishish uchun qratilgan, yaʼni ular ushbu maqsadga , mamlakat pul birligining barqarorligini taʼminlashga erishish uchun xizmat qiladi.

Demak, Markaziy bank hukumat tomonidan pul muomalasini barqarorlashtirish, muomaladagi pul massasini tartibga solish va tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan. Har bir mamlakatning Markaziy banki davlat banki hisoblanadi va uning mavqei, vazifalari harakat doiralarini huquqiy asoslari oʼsha mamlakatning qonunlari bilan belgilanadi.

Yana shuni taʼkidlash lozimki, qonun bilan Markaziy bank uchun taʼqiqlangan faoliyat turlari ham aniqlangan. Unga koʼra, Markaziy bank:

Moliyaviy yordam koʼrsatish bilan shugʼullanishga;

Tijorat faoliyati bilan shugʼullanishga;

Banklar va boshqa yuridik shaxslarning kapitallarida qatnashishga haqli emas.

Markaziy bank mustaqilligini ifodalovchi obʼektiv koʼrsatkichlardan yana biri mamlakat byudjetini toʼgʼri va egri moliyalashtirishga Markaziy bankning ishtirokini belgilovchi jihatlarining qonun hujjatlarida aks ettirilishi masalasidir.

“Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʼgʼrisida”gi Qonunning VII bobida Markaziy bankning hukumat bilan munosabatlari toʼliq oʼz aksini topgan. U yerda Markaziy bankning hukumat bilan boʼladigan munosabatlaridagi vazifalari (44-modda), davlat sektoriga qarz ajratish masalalarida maslahatlar berish (45-modda), depozitariy va kassirning vvazifalari (46-modda), fiskalь agentning vazifalari (47-modda), hukumatga kredit berish (48-modda) masalalari oʼzining qonuniy asosini topgan.

Ushbu qonunga muvofiq Markaziy bank hukumatga Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan miqdorda kreditlar ajratish huquqiga ega. Odatda Oliy Majlis tomonidan hukumatga ajratiladigan Markaziy bank kreditlarining miqdori davlat byudjeti harajatlarining 3 foizidan oshmasligi belgilanadi.

Hukumatga ajratiladigan kreditlar:


  • oltin, chet el valyutasi, xalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi valyuta boyliklari;

  • davlat qarz majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari garoviga beriladi.

Ushbu garovlarning qaytarilish muddati bir yildan oshmasligi lozim, chunki hukumatga Markaziy bank kreditlari odatda 1 yil muddatga ajratiladi.

Bundan tashqari, Markaziy bank hukumatga obuna boʼyicha badallar yoki respublikaning u yoki bu xalqaro tashkilotga aʼzoligidan kelib chiquvchi boshqa toʼlovlar uchun ancha oʼzoq muddatli kreditlar berishga haqli.

Qonunga muvofiq, Markaziy bank yuqorida aks ettirilgan hollarda hukumatga moliyaviy yordam berishga haqli emas.

Markaziy bankning hukumat bilan moliyaviy munosabatlarining qonun hujjatlari orqali chegaralanishi, albatta uning monetar siyosatining samaradorligini taʼminlashga xizmat qiladi.






Download 257.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling