Buxgalteriya hisobining predmeti va obʻektlari Dostonova Mohinabonu


Download 61.33 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi61.33 Kb.
#1437499
Bog'liq
Buxgalteriya hisobining predmeti va obʻektlari (1)

Buxgalteriya hisobining predmeti va obʻektlari

Dostonova Mohinabonu

Reja: 1. Buxgalteriya hisobining predmeti 2.Buxgalteriya hisobining ob'ektlari

Buxgalteriya hisobining predmeti umumlashgan holdagi aniq buxgalteriya obyektlaridan tashkil topgan (yig‘ilgan) tashkilot faoliyatidir.

  • Unga:
  • · korxonaning mulki (asosiy mablag‘lar va nomoddiy
  • aktivlar, natural va pul ko‘rinishidagi KTB (kam baholi va tez
  • eskiruvchan buyumlar va pul mablag‘lari);
  • · bu mulkning paydo bo‘lish omillari;
  • · korxonaning xo‘jalik operatsiyalarida aks etadigan faoliyatlari jarayoni kiradi

Buxgalteriya hisobining predmeti xo`jalikning ayrim uchastkalardagi ijtimoiy mexnat sarflaridir, degan da`volar xam mavjud edi. Lekin bu ta`rif xam to`g`ri emas. Eng avvalo xo`jalik faoliyati faqat mexnat sarflari bilan cheklanmaydi: xo`jalik jarayonlari, shuningdek ijtimoiy mahsulotning harakati bilan tavsiflanadi.


Undan tashqari, ijtimoiy mexnat sarflari buxgalteriya hisobida bevosita umuman aks ettirilmaydi. Ular qiymat shaklida xo`jalik mablag`larining xar xil turlari va resurslarining harakati sifatida ko’rsatiladi

Keyingi yillardagi ba`zi kitoblarda buxgalteriya hisobining predmeti ho`jalik mablag`lari va ularning harakati sifatida (yoki aksincha) ta`riflanadi. Buxgalteriya hisobi predmetiga boshqa qarashlar xam mavjud. Boshqacha qilib aytganda, buxgalteriya hisobi barcha xalq xo`jaligining rivojlanish xaqida ma`lumotlar berishi kerak emish. Lekin bu xolda statistika hisobining o’rnini egallaydi, bu esa mutlaqo qonunga xilofdir.

Buxgalteriya hisobining obyekti

  • Buxgalteriya hisobining obyektlari deganda, muayyan korxona ega bo’lgan moddiy va pul mablag`lari, uning boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan bo’lgan yuridik munosabatlari va shuningdek mablag`lar va munosabatlarni o’zgartiradigan xo`jalik operatsiyalari tushuniladi. Moddiy va pul qiymatliklar korxona tomonidan o’z faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanadigan xo`jalik mablag`larini ifodalaydi. Xo`jalik operatsiyalari esa Xo`jalik faoliyatining mazmunini ifodalovchi Xo`jalik jarayonlarini tashkil qiladi.

BUXGALTERIYA HISOBINING OBYEKTI:

E'tiboringiz uchun rahmat
Download 61.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling