Buxgalteriya hisobining usullari va ularning


Download 370.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana28.03.2023
Hajmi370.77 Kb.
#1301370
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBINING USULLARI VA ULARNING TAVSIFI

 Ho`jalik mablag`lari 
Ho`jalik jarayonlari ma`lum mablag`lar yordamida sodir buladi. Ishlab 
chiqarish korxonasi imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul 
mablag`lari, nomoddiy aktiv va shu kabi boshqa mablag`larga ega buladi. 
Ular barchasini korxona xar xil mablag`lardan - umumdavlat fondidan,
aksiyalarini chiqarish va sotish, muassasalarning badallaridan, banklarning 
kreditlari hisobidan, boshqa korxonalar va tashkilotlardan olingan karzlar 
hisobidan, foydadan va boshqalardan oladi. Ho`jalik faoliyatini to`g`ri 
boshqarish uchun ushbu korxona kanday mablag`larga mavjud, ular kanday 
joylashgan xamda bu mablag`lar kanday man`balardan olingan va ular 
kanday maqsadlarga mo`ljallanganligi bilish kerak. 
Shunga karab korxonaning barcha mablag`lari ikki kismga 
guruxlanadi: 
birinchidan, ularning turlari va joylashganligiga karab, ikkinchidan,
tashkil topish manbai va kanday maqsadga atalganligiga karab. 
Mablag`larni ularni turlari va joylanishi buyicha guruxlash korxona 
ho`jalik faoliyatining xususiyatlariga boglik buladi. Ishlab chiqarish (sanoat) 
korxonasiga birinchi navbatda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish 
uchun mablag`lar bulishi kerak. Undan tashqari u muomila jarayonining ikki 
boskichi - ta`minot va sotishda ishlatiladigan mablag`larga ega bulishi kerak. 
Odatda korxonalar korxona xodimlarining extiyojlariga xizmat qiladigan 
noishlab chiqarish sohasidagi mablag`larga xam ega bulishadi. Shunday qilib,
korxona mablag`lari uzlarining turlari va joylanishi kuyidagi guruxlarga 


bulinadi: ishlab chiqarish vosi-talari, muomila soha (sfera)sidagi mablag`lar,
noishlab chiqarish sohasidagi mablag`lar. 
Ishlab chiqarish vositalari mexnat vositalari va mexnat buyumlaridan 
iborat. 
Mexnat vositalari insonning ishlanayotgan buyumlarga ta`sirini 
utkazuvchi hisoblanadi. Mexnat vositaliri tarkibida ishlab chiqarish kurollari 
(mashinalar, asbob - uskunalar, asboblar) yetakchi rolni uynaydi. Ishlab 
chiqarish kurollari yordamida ishchi mexnat buyumlarini tashki ko`rinishini 
uzgartiradi, ular ga yangi tuye beradi, ularni mexnat maxsuliga aylantiradi. 
Mexnat vositalariga shuningdek imoratlar, inshootlar, transport vositalari va 
ho`jalik inventarlari xam kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonini normal 
amalga oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratib beradi, uni to`g`ri tashkil 
etishga yordam beradi. 
Barcha mexnat vositalariga umumiylik shundan iboratki, ular 
mahsulotni tayyorlash jarayonida uzoq muddatda katnashadilar, kuplab 
ishlab chiqarish sikllariga xizmat kiladilar va shu bilan birga tashki 
ko`rinishlari va xususiyatlarini uzgartirmasdan saklab koladilar. Shu bilan bir 
vaqtda mexnat vositalari uzlarida joylashtirilgan mexnatni asta-sekin 
mahsulot ishlab chiqarish chikimlariga va davr xarajatlariga (amortizatsiya 
ajratmalari ko`rinishida) utkazadilar. Bu ularning eskirishiga va kiymatini 
kamayishiga olib keladi. 
Undan tashqari, korxonalar nomoddiy aksivlarga ega bulishi, kapital 
kuyilmalar xamda uzoq muddatli moliyaviy kuyilmalarni amalga oshirishlari 
mumkin. 
Uzoq muddatli bulgan xolda, sezilarsiz aktivlar nomoddiydir, (fizik 
shakliga ega emas). Nomoddiy aktivlar uz egalariga uzoq muddatli xukuklar 
yoki afzalliklar beradi. Nomoddiy aktivlarga patetntlar, mualliflik xukuklari,
firmaning baxosi, savdo markalari, aloxida imtiyezlar, litsenziyalar,


formulalar, texnologiyalar, nou-xau, kompyuter dasturlari va hokazolar 
kiradi. Nomoddiy aktivlar xam asosiy vositalar singari ulardan foydalanish 
muddatida uzlarining kiymatini mahsulot ishlab chiqarish chikimlari va davr 
xarajatlariga asta-sekin utkazib boradi. 
Korxonalar shuningdek uzoq muddati harakterga ega bulgan boshqa 
aktivlarga xam kapital kuyilmalar kuyishi mumkin. Ularning tarkibiga asosiy 
vositalarni sotib olish, yangi obyektlarni ko`rish va hokazolarni kiritish 
mumkin. 
Moliyaviy 
uzoq 
muddati 
kuyilmalar 
pay 
va 
aksiyalarga,
obligatsiyalarga xamda boshqa korxonalarga karz berish uchun bush kolgan 
pul resurslarini kuyishdan iborat. 
Mexnat buyumlari mahsulot tayyorlanadigan boshlangich materialdan 
iborat. Ularga xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulot (fabrikat)lar 
va tugalanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. Shu guruxga shuningdek 
yordamchi materiallar va yokilgi xam kiradi. Barcha mexnat vositalarga 
umumiylik shundan iboratki, ular fakat birgina ishlab chiqarish siklida 
iste`mol kilinib, uzlarining kiymatini tayyorlanayetgan mahsulot tanarxiga 
butunlay utkazadi. 
Xom ashyo va asosiy materiallar deb ishlab chiqarilayetgan 
mahsulotning asosini tashkil kiluvchi mexnat buyumlariga aytiladi. Masalan,
mashinasozlik zavodida asosiy materiallar sifatida mashinalarning kismlari 
tayyorlanadigan metalling xar xil turlari (pulat, chuyan va boshqalar) xizmat 
kiladi. Xom ashyo deganda hisobning amaliyotida asosiy materiallar (ruda,
paxta, kand lavlagisi va boshqalar) tushuniladi. 
Yordamchi materiallar, asosiy materiallardan farkli ularok 
tayyorlanayetgan mahsulotning bosh asosini tashkil kilmay, fakat uning 
yuzaga kelishida katnashadi. Bunda ular mexnat vositalartning normal 
ishlashi uchun (surtish va artish materiallari), yoki asosiy materiallarga 


kushish (biriktirish) yo`li bilan ularga sifat uzgarishlarini kiritish uchun 
(buyeklar, laklar, yelimlar), yoki mexnat jarayoniga xizmat kilish uchun - 
binolarni yeritish, mexnat sharoitlarining kerakli sanitariya va gigiyenasini 
ta`minlab turish uchun (elektrotexnikaviy materiallar, sovun va shu kabilar) 
ishlaladi. 
Yokilgi, uz moxiyatiga kura yordamchi materiallarning bir turidir. 
yordamchi materiallar singari, ular yoki mexnat vositalari tamonidan 
iste`mol kilinadi (energetik yokilgi), yoki asosiy materiallarga kushiladi 
(texnologik yokilgi), yoki mexnat jarayoniga xizmat kilish uchun ishlatiladi 
(isitish uchun ishlatiladigan yokilgi). Xalq ho`jaligidagi muxim axamiyati 
tufayli hisobda yokilgi yordamchi materiallar tarkibidan aloxida guruxga 
ajratilgan. Yordamchi materiallarning kupchilik kismi singari, yokilgining 
xusiyati shundan iboratki, u uzining natura shaklida yangi mahsulotning 
tarkibiga kirmaydi. Lekin sarflangan yokilgining kiymati, yordamchi 
materiallarning kiymatiga uxshab, ishlab chiqarish chikimlari sifatida 
butunlay shu mahsulotning tannarxiga kiritiladi. 
Yarim tayyor mahsulot (farbikat)lar, ba`zi bir ishlov boskichlarini 
utgan, lekin xali tayyor mahsulotga aylanmagan mexnat buyumlaridan 
iborat. Ularning xususiyati shundan iboratki, garchi ular mazkur boskichdagi 
(ma`lum sex yoki ma`lum uchastkadagi) barcha ishlov operatsiyalarini utgan 
bulsalar xam, lekin ishlov yoki yigish uchun navbatdagi boskich (navbatdagi 
sexga, uchastkaga) yunaltirishishi kerak buladi. Masalan, yarim tayyor 
mahsulotlarga mashinasozlik zavodining tayyorlovchi sexi tamonidan ishlab 
chiqarilgan, lekin shu zavodning qayta ishlash sexida ishlanishi dovom 
etadigan detellar keradi. Bir sexda ishlovdan utgandan keyin, yarim tayyor 
mahsulotlar odatda omborga topshiriladi, keyinchalik omborlardan, ularga 
bulgan extiyojga karab, navbatdagi sexda ishlov yoki yigish uchun kelib 
tushadi. 


Mazkur korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar uz ishlab 
chiqarishining yarim tayyor mahsuloti deb nomlanadi. Ulardan tashqari,
sotib lingan yarim tayyor mahsulotlar xam (ushbu korxonaning buyutmasi 
bilan tayyorlangan va uning tayyor mahsulotini butlash uchun mo`ljallangan) 
bulishi mumkin. Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar xom ashyo va asosiy 
materiallar guruxiga kiradi. Bu guruxga shuningdek extiyet kismlari va idish 
materiallari xam kiradi. 
Tugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda (ish joylarida) 
joylashgan mexnat buyumlaridan iborat. Shunday qilib, ular xam, yarim 
tayyor mahsulotlarga uxshab, ba`zibir ishlov boskichlarini utishi bilan xali 
tayyor mahsulotga aylanmagan mexnat buyumlaridan iborat buladi. Lekin,
yarim tayyor mahsulotlar mazkur sexda barcha ishlovlardan tula utgan bulsa,
tugallanmagan ishlab chiqarishda joylashgan mexnat buyumlari bu yerda xali 
ishlanishi lozim buladi. 
Buxgalteriya hisobida kam baxoli va tez eskiruvchan buyumlar aloxida 
guruxga ajratilgan xolda hisobga olinadi. Ularga, xizmat kilish muddatidan 
qat`iy nazar kiymati 15 ta minimal ish xaki mikdoridagi kiymatdan kam 
bulgan, yoki, kiymatidan qat`iy nazar, bir yildan kam xazmat kiladigan 
buyumlar kiradi. Masalan, uskunalar, maxsus kiyim va maxsus poyabzal,
kurpa - yastiklar, ho`jalik inventarlari idora tovarlari va hokazo. 
Muomala sohasidan mablag`lar muomala buyumlari, pul mablag`lari,
hisob - kitobdagi mablag`lar (debitorlik karzlardagi) va muomala va xizmat 
kiluvchi mablag`lardan iborat. 
Muomala buyumlari korxonada ishlab chiqarilgan va sotish uchun 
mo`ljallangan tayyor mahsulotdan iborat. Joylashgan joyga karab muomala 
buyumlari ombordagi tayyor mahsulot va ortib junatilgan tovar (tayyor 
mahsulot)ga bulinadi. Ortib junatilgan tovarlarni muomala buyumlari 
kushilishining boisi shundaki, xaridor uning uchun tulagunga qadar (kassa 


usulida) 
ular 
mazkur 
korxonaning 
mulki 
hisoblanadi. 
hisoblash 
(nachisleniye) usulidan foydalanganda xaridorlarga ortib junatilgan mahsulot 
uni tayyorlovchi korxonaning mulki bulmay, balki sotib oluvchi 
korxonaning mulki hisoblanadi va tulovning yukligi debitorlik karzning 
yuzaga kelganligini anglatadi. Ushbu xolda mazkur obyekt muomalar 
sferasidan hisob-kitobdagi mablag`larga utadi. 
Pul mablag`lari xar xil tulovlarni amalga oshirish uchun xizmat kiladi. 
Bu mablag`lar yordamida korxona mol yotkazib beruvchilar bilan hisob-kitob 
kiladi, uz xodimlariga ish xaki tulaydi, davlat doromadlariga xar xil tulovlar 
va ajratmalar kiladi va hokazo. Pul mablag`lari korxonaga xaridorlardan - 
ularga sotilgan buyumlar uchun, banklardan - kreditlar ko`rinishida, yukori 
tashkilotlardan, yukori kompaniyalardan - vaqtinchalik moliyaviy yordam 
tartibida kelib tushadi va xozako. 
Pul mablag`lari uzlarining joylashgan joyga karab taksimlanadi. 
Korxonalar uzlarining pul mablag`larining asosiy kismini bankdan hisob-
kitob yoki valyuta schetlarida saklaydilar. Bunda hisob - kitob scheti 
korxonalarning fakat bush mablag`larini saklash uchun mo`ljalangan bulmay,
u shuningdek korxonaning barcha asosi hisob-kitoblarini mol yetkazib 
beruvchilar va xaridorlar, kredit muassasalari, organri va hokazolar bilan 
amalga oshirish uchun xam mo`ljallangandir 
Korxonaga kechiktirib bulmaydigan tulovlarni amalga oshirish uchun 
kerak bulgan nakd yo`llar uning kassasida joylashgan buladi. Ular hisob-
kitob scheti orkali nakd pulsiz yo`l amalga oshirish mumkin mayda xarajatlar 
uchun mo`ljallangan uncha kup bulmagan summalardan oborat. Bundan 
korxona tomonidan ish xakini tulash uchun olingan va kassada pul mikdorda 
uch kun mobaynida saklanishi mumkin bulgan nakd pullar mustasnodir. 
Nakd pullar kassaga asosan hisob-kitob schetidan kelib tushadi. 
Foydalanilmay kolgan nakd pullar hisob-kitob schetida qaytarib topshiriladi. 


Hisob-kitobdagi mablag`lar ushbu korxonaga boshqa korxonalar yoki 
shaxslarning karzidan iborat. Bunda mablag`larga, birinchi navbatda,
mazkur korxonadan xaridor (buyurtmachi) tomonidan sotib olingan mahsulot 
(ular uchun ishlar yoki xizmatlar) uchun karzlari xamda korxona 
xizmatchilariga xar xil xarajatlar uchun hisobdorlik shartli bilan berilgan pul 
summalari buyicha hisob-kitoblar kiradi. Topshirikni bajarib bulgandan 
keyin, xizmatchi (hisobdor shaxs) olingan summalarning sarflanganligi 
to`g`risida hisobot topshirishi va ishlatilmay kolgan pullarni kassaga 
qaytarish kerak. Bunlay hisob-kitoblar hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar 
deb ataladi. 
Korxona karzlari boshqa operatsiyalar (boshqa hisob-kitoblar) buyicha 
xam bulishi mumkin. Ularga, masalan, mol yetkazib beruvchilarga takdim 
etilgan da`volar buyicha karzlari, ishchi va xizmatchilarning uz extiyojlari 
uchun olingan bank ssudalari buyicha karzlari kiradi. U karzdorlar boshqa 
debitorlar deb nomlanadi. 
Muomalaga xizmat kiluvchi mablag`lar shu sohada xizmat kiladigan 
xar xil binolar, asbob-uskunalar va inventarlardan iborat. Bunday 
mablag`larga tayyor mahsulot omborlarining binolari ushbu ishlab chiqarish 
korxonasiga karashli savdo imoratlari, shu bino va imoratlaridagi asbob-
uskunalar (tarozilar, sovituvchi kuyilmalar, tokchalar xamda shu yerda 
joylashgan ho`jalik inventarlarining buyumlari - stollar, stullar, shkaflar va 
hokazo) kiradi. 
Noishlab 
chiqarish 
sohasidagi 
mablag`larga 
mazkur 
korxana 
ixtiyoridagi uy-joy ho`jaligi, madaniy - maishiy maqsadlarga mo`ljallangan 
va soglikni saklash mablag`lari kiradi. Bular turar-joy binolari, klublar,
bolalar bogchalari va yaslisi, bolalar oromgoxi, bolalar dam olish joylari,
xammomlar, kir yuvish va sartaroshxonalar, ambulatoriylar, tibbiyet 
punktlar, binolari, shu binolarda (korxonaga karashli) joylashgan asbob-


uskunalar va inventar xamda ularda foydalaniladigan (korxonaning mulkini 
hosil kiladigan) materiallar va medikamentalardan iborat. Bu mablag`larining 
barchasi korxona xodimlari va ularning a`zolariga xizmat kilish va ularga 
zarur bulgan maishiy sharoitlarni yaratish uchun mo`ljallangan. 
Xar bir korxona tashkil kilinishi dakikasida uz faoliyati xajmi va 
harakteriga karab mablag`larini shakllantiradi. Agar ularda qo`shimcha 
mablag`ga vaqtinchalik extiyoj tugilib kolsa, unda ular bunday mablag`larni 
muayyan manbalardan olishlari mumkin. Korxona kengaytirilishi yoki 
rekostruksiya kilinishy xollarida jamgarilgan foydaning bir kismi yoki 
amortizatsiya fondlaridan foydalaniladi. Shunday qilib, xorxona 
mablag`larini hosil kilish rejali harakterga egadir. Korxona tomonidan xar 
kanday manbadan olinadigan mablag`lar ma`lum maqsadlar uchun 
mo`ljallangan buladi. 
Korxona mablag`larini tashkil topish manbalari va kanday maxsadlarga 
mo`ljallanganligi buyicha guruxlash ularni ushbu korxonaga biriktirish 
darajasiga karab amalga oshiriladi. Mablag`lar manbalarining tusi (harakteri) 
mulkchilikning shaklini aks ettiradi. Korxonalar eng avvalo uzining butun 
yashash davri uchun umumdavlat fondidan (davlat korxonalari) yoki 
uzlarining muassasalaridan mablag`lar oladilar mablag`larining bir kismi 
ularga vaqtinchalik foydalanish uchun beriladi - banklardan, boshqa korxona 
va tashkilotlardan. Kolaversa, ularda mablag`larning ichki manbalari - 
taksimlanmagan foyda xam mavjud. 
Shunday qilib, karxona mablag`lari tashkil topish manbalari va kanday 
maqsadlarga mo`ljallanganligiga karab kuyidagi guruxlarga bulinadi: uz 
mablag`lari, karzga olingan (jalb kilingan) mablag`lar, taksimlangan foyda. 
Uz mablag`lari davlat korxonalarida, odatda, uning foliyatining 
xamma davrida beriladi va unga biriktirib kuyiladi. 


Davlat korxonalarining mablag`laridan farkli ularok boshqa mulkchilik 
shakldagi korxonalarning uz mablag`lari ayrim yuridik va jismoniy 
shaxslarning mulkidan iborat buladi. 
Davlat korxonalarining uz mablag`lari budjetdan moliyalash, zaxiralar 
(xamda foydaning bir kismi)dan iborat. 
Fondlarga bozor iktisodiyotining sharoitlaridan kelib chikkan xolda 
korxonaning ixtiyeri bilan shakllantiriladigan ustav fondi va zaxira (rezerv) 
fondi kiritiladi. 
Ustav fondi (kapitali) korxonaga uni tashkil kilish paytida umumdavlat 
fondidan (davlat korxonalarining) yoki muassilardan (mulkchilikning boshqa 
shakllarida) kelib tushgan mablag`lardan 
iborat. Ishlab chiqarish 
korxonalariga ishlab chiqarish vositalarini, muomala sohasining ba`zi bir 
mablag`lar turlari (muomalaga xizmat kiluvchi mablag`lar va yo`l 
mablag`lari) va noishlab chiqarish sohasining mablag`lari (turarjoy ho`jaligi,
madaniy-maishiy maqsadlarga mo`ljallangan va soglikni saklash) beriladi. 
Korxona tashkil kilinayotgan paytda hosil kilingan barcha mablag`larining 
puldagi ifodasi ustav fondining xajmini ifodalaydi. Ustav fondining xajmi 
korxona ustavida kursatiladi. Ho`jalik faoliyati jarayonida ustav fondining 
xajmi usadi yoki kamayadi va bunda tegishli uzgarishlar zaxira fondi 
(kapitali)da aks ettiriladi. 
Ilgari foyda hisobidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarishni 
rivojlantirish xarajatlari yangi texnikani joriy etish, ishlab chiqarishni 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, asosiy fondlarni yangilash, ishlab 
chiqarishni 
texnikaviy 
takommilashtirish 
va 
shu 
kabilar 
moddiy 
rag`batlantirish - xodimlarni mukofotlash, ularni aloxida muxim bulgan 
topshiriklarni bajarganliklari uchun rag`batlantirish, ularga yakka tartibdagi 
yordam kursatish; sotsial-madaniy tadbirlar va turarjoy - ko`rilish – turar 
joylarni va madaniy-maishiy muassasalarni ko`rish, ularni kapital tuzatish 


xamda xizmatchilarga madaniy-maishiy xizmatlarni yaxshilashga kilingan 
sarflar ular sodir bulgan hisobot davridagi xarajatlar sifatida aks ettiriladi. 
Budjetdan moliyalash - bu davlat korxonasi tomonidan uz faoliyatini 
kengaytirish uchun qo`shimcha ravishda oladigan mablag`lar manbaidir. 
Budjetdan moliyalash tartibidagi mablag`lar unga (agar unga ichki resurslar 
kamlik kilsa) ko`rilish, yangi mexnat vositalarini sotib olish (kapital 
kuyilmalarni moliyashlash) yoki moddiy boyliklar zaxirasi va pul 
mablag`larini oshirish) aylanma mablag`larning usishi va tuldirilishini 
moliyalash xamda boshqa extiyojlarga - bolalar va madaniy - maorif 
muassasalarini saklash, ilmiy - tadkikot ishlarini bajarish, kadrlar tayyorlash 
va boshqalar (maqsadli moliyalash) yo`li bilan davlat budjetidan beriladi. 
Shubxali karzlar buyicha zaxiralar uzilmagan karzlardan (debitorlik) 
ko`rilgan talafotlarni koplash uchun oldindan yaratiladigan jamgarmalarni 
ifodalaydi. 
Karzga olingan (jalb kilingan) mablag`lar korxonaga vaqtinchalik 
foydalanish uchun ma`lum bir vaqtga beriladi va uning muddati tugagandan 
keyin ular uz egalariga qaytarilishi lozim. Ularning manbai uzoq; muddatli 
kreditlar va karzga olingan mablag`lar, kiska muddati kreditorlik karz va 
taksimotga doyr majburiyatlar hisoblanadi. 
Kreditlar va jalb kilingan mablag`larga banklarning kiska muddatli va 
uzoq muddatlari xamda yuridik va jismoniy shaxslarning karzga olingan 
mablag`lari kiradi. Kiska muddatli bank kreditlari va karzga olingan 
mablag`lar korxonaning vaqtinchalik extiyojlari uchun qo`shimcha 
mablag`larning asosiy manbai hisoblanadi. Bu tovar - moddiy boylikar,
yo`ldagi hisob-kitob xujjatlar va boshqalar yuzasidan olingan kreditlardir. 
Ular kiska muddatli kreditlash tartibida, ya`ni uncha uzoq bulmagan 
muddatga (bir yilgacha) shu muddatning utishi bilan ularni bankka albatta 
qaytarish sharti bilan beriladi. 


Uzoq muddatli bank kreditlari va karzga olingan mablag`lar xam 
korxona tomonidan vaqtinchalik iste`moli uchun, lekin uzoqrok bulgan 
muddatga olinadigan qo`shimcha mablag`lar manbaini kursatadi. Bunday 
kreditlar, masalan, yangi texnikani joriy etish, ishlab chiqarishni 
mexanizatsiyalash va ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshilash; yangi 
mahsulotni ishlab chiqarishny tashkil etish tadbirlariga, buyumlarning 
sifatini, ishonchiligini va chidamliyligini kutarish; uz mablag`lari hisobidan 
moliyalash urniga kapital sarflarga va boshqa extiyojlarga xarajatlar kilish 
uchun beriladi. 
Uzoq muddatli kreditlar va karzga olingan mablag`lar xam muddatli va 
qaytariladigan xususiyatga ega bulib, bir necha yilga beriladi. 
Shunday qilib, kiska muddatli va uzoq muddatli kreditlar xamda 
karzga olingan mablag`lar uchun umumiylik ularning muddatliligi va 
qaytariladiganligi hisoblanadi. 
Bozor ho`jaligida bank kreditlari va karzga olingan mablag`lar 
korxonalar tomonidan boshqa tashkilotlardan vaqtinchalik extiyojlari uchun 
qo`shimcha mablag`lar olishning muxim manbaidir. 
Kreditorlik karzlar guruxi mol yetkazib beruvchilar va boshqa 
kreditorga bulgan karzlarni uz ichiga oladi. 
Mol yetkazib beruvchilar deb korxonaga moddiy boyliklarni sotradigan 
tashkilotlarga aytiladi. Moddiy boyliklar uchun kilinadigan amaldagi hisob-
kitob tizimiga binoan shu boyliklarni olish vaqti bilan ularga xak tulanishi 
urtasida birkancha vaqt utadi. Shu davr davomida mazkur korxona uzlarining 
mol yetkazib beruvchilari oldida karzdor bulib koladilar. Natijada mol 
yetkazib beruvchilarga bulgan karz ushbu korxona mablag`lari uchun 
qo`shimcha vaqtinchalik manbaga aylanadi. 
Boshqa kreditorlarga korxona boshqa (tovarsiz) operatsiyalar buyicha 
ularga nisbatan karzdor bulgan tashkilotlar (yoki shaxslar) kiradi. Ularga 


sotsial sugurta organlariga, pensiy fondiga, ish bilan ta`minlash fondiga va 
hokazolarga karzlar, boshqa hisob-kitoblar kiradi. Bular - ishchi va 
xizmatchilarga ularning uz (individual) extiyojlari uchun berilgan ssudalar 
buyicha, sud organlarining karori asosida ishchi va xizmatchilarning ish 
xaklaridan xar xil tashkilot va ayrim shaxslar foydasiga ushlab kolingan 
summalar buyicha, ishchi va xizmatchilar tomonidan uz vaqtida talab qilib 
olinmagan ish xaklari buyicha korxonaning karzlaridir. 
Mol yetkazib beruvchilarga va boshqa kreditorlarga bulgan karzlarning 
xususiyati shundan iboratki, bu mablag`lardan olinadigan mablag`lar 
korxonaning biznes-rejasida nazarda tutilmaydi va korxona ularni juda 
cheklangan muddatga oladi. 
Taksimotga doir majburiyatlar guruxiga ishchi va xizmatchilarga ish 
xaki buyicha, kasaba uyushmasi organlariga sotsial sugurta ajratmalari 
buyicha, pensiya fondi, ish bilan ta`minlash fondi va moliya organlariga - 
budjetga tulovlar buyicha majburiyatlar kiradi. Jalb kilingan mablag`larning 
bu guruxi milliy daromadni taksimlashning ba`zi shakllarini aks ettiradi. 
Jumladan, ishchi va xizmatchilar oldidagi majburiyatlar korxonada 
yaratilgan zaruriy mahsulotni taksimlashning shaklini anglatadi. Gap 
shundaki, kabul kilingan koidaga kura ishchi va xizmatchilarga ish xaki 
ularning korxonada ishlagan hisob-kitob k;ilish davri tugaganidan keyin bir 
necha kun utgandan keyin beriladi. Masalan bu davr bizda - bir oy, AKSH 
da esa - bir xafta. Shunday qilib, korxonaning ixtiyorida ma`lum muddat 
davomida hisoblab kuyilgan, lekin xali berilmagan ish xakiga to`g`ri 
keladinan mablag`lar saklanib koladi. Shu munosabat bilan uning doimo 
ishchi va xizmatchilar oldida ish xakini berishda uziladigan majburiyatlari 
yuzaga kelib turadi. 
Sotsial sugurta, pensiya fondi va ish bilan ta`minlash fondi buyicha 
majburiyatlar qo`shimcha mahsulotni taksimlashni aks ettiradi. Xar bir 


korxona xar oyda sotsial sugurtaga, pensiya fondiga, ish bilan ta`minlash 
fondiga ajratmalar kiladi va hisoblangan summalarni tegishli budjetdan 
tashqari fondlarga utkazadi. Bu mablag`lar utkazilishiga qadar korxona 
ixtiyorida buladi. Shu munosabat bilan uning yana tegishli summalarni 
utkazish buyicha doimo majburiyatlar paydo bulib turadi. 
Moliya organlari oldidagi majburiyatlar xam qo`shimcha mahsulotni 
taksimlashni tavsiflaydi. Korxonalar vaqti-vaqti bilan belgilangan tulovlarni 
davlat daromadiga topshirib turadi (kushilgan kiymat soligi, foydadan 
ajratmalar). Demak ularda ma`lum muddatlarda moliya organlari oldida shu 
tulovlarni utkazishga doir majburiyatlar paydo bulib turadi. Shu tulovlar 
buyicha summalarni hisoblash dakikasidan ularni tulash dakikasigacha ular 
korxona ixtiyorida buladi. 
Taksimot buyicha majburiyatlarning xar xil turlari uchun umumiylik 
shundan iboratki, bu manbalardan mablag`lar chetdan olish yo`li bilan emas,
balki hisoblash yo`li bilan hosil kilinadi. 
Yalpi (marjinal) daromad - bu korxonada olingan sof daromadning bir 
kismidir. Ma`lumki, yalpi foyda amalda sotilgan mahsulot kiymati va ishlab 
chiqarishga ketgan xarajatlar urtasidagi fark sifatida namoyon buladi. U 
markazlashtirilgan davlat sof daromadi va korxona sof daromadiga bulinadi. 
Markazlashtirilgan davlat sof daromadi kushilgan kiymat soligi, aksiz soligi 
va foydadan ajratmalardan hosil buladi. Kushilgan kiymat soligi va aksiz 
soligi korxonalardan mahsulot sotish jarayonida qat`iy mayerlar buyicha 
undiriladi, foydadan ajratmalar korxona tomonidan uni taksimlash paytida 
davlat budjetiga kiritiladi. Foydaning boshqa kismi korxonaning ixtiyorida 
koldiriladi va davr xarajatlari, moliyaviy faoliyatdan talofotlar,
dividendlarni tulash va boshqa extiyojlar xarajatlarini koplash uchun 
ishlatiladi. Shunday qilib, korxona tomonidan olingan yalpi foyda ikki 
tomonlama yunalishga ega: uning bir kismi davlat daromadiga ajratiladi,


boshqa kismi esa korxona ixtiyorida koldiriladi. Shuning uchun uni 
taksimlani-shiga qadar uz mablag`lari yoki jalb kilingan mablag`lar manbaiga 
kiritish mumkin emas va shu sababdan u aloxida guruxga ajratiladi. 
Buxgalteriya vazifalarini echishda informatsion tehnologiyalardan 
foydalanishni tashkil etish birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tuzish 
paytidan boshlab yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish bilan yakunlanuvchi 
operatsiyalarning yigindisidan iboratdir.
Hozirgi bosqichda buxgalteriya vazifalarini axborot tehnologiyasi 
asosida markazlashtirilgan holda tashkil qilish quyidagilarni ta'minlaydi: - 
foydalanuvchining ish joyida urnatilgan kompyuterlarni qo’llash, bu yerda 
vazifalarni echish hisobchi tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi; 
- Korxona (tashkilot, firma)ning turli hildagi bo'linmalari iqtisodiy 
vazifalarini integratsiyalangan holda ishlab chiqilishini ta'minlovchi 
mahalliy va ko’p bosqichli hisoblash tarmoklarini shakllantirish;

hisoblash tehnikasida bajariladigan buxgalteriya hisoblashlari 
tarkibini ancha ko’paytirish;

har hil bo'linmalar uchun Korxonaning yagona taqsimlangan
ma'lumotlar bazasini yaratish;

birlamchi buxgalteriya hujjatlarini mashinada shakllantirish 
imkoniyatlari, bu kogozsiz tehnologiyalarga o’tishni ta'minlaydi va 
hujjatlarni yigish hamda ro’yhatga olish bo’yicha operatsiyalar mehnat 
talabligi darajasini kamaytiradi;

buxgalteriya hisobi vazifalari majmualarini yechishni 
integratsiyalash;

dialogli usulda amalga oshirish yuli bilan ahborot hizmati 
ko'rsatishni tashkil etish imkoniyati.


Informatsion tizimda bajariladigan tehnologik jarayon uchta 
bosqichdan iborat:
1-bosqich. Bu bosqich birlamchi hisob, birlamchi hujjatlarni tuzish, 
ularni ishlab chiqish va hisobning har bir uchastkasi bo’yicha tahliliy 
hisob-ning qaydnomalari tuzilshi bajariladi. Masalan, ish haki hisoblash 
bo’yicha hisoblash to’lov hujjatlari, qo’shib hisoblangan va ushlab 
qolingan ish hakining to’plamlari hamda boshqalar tuziladi.
2-bosqich. Bu bosqich provodkalarni tuzish, ularni tahliliy va 
jamlama hisobni turli registrlari, hisobvaraqlarning tartib raqamlari 
bo’yicha qayd daftari orderlariga joylashtirishdan iborat bo’ladi.
3-bosqich. Bu bosqich yig’ma jamlama hisobni: Bosh kitobning 
hisobvaraqlari bo’yicha hisobot salьdo qaydnomalari va moliyaviy 
hisobotning shakllarini tuzishdan iborat buladi, bu «Provodka-Bosh kitob-
Balans» mashina dasturining asosiy moduli tomonidan ta'minlanadi. hisob 
vazifalarini ishlab chiqish tehnologiyalarini amalga oshirishni muhim 
elementi uning dasturiy ta'minlanishi bo’ladi. Kompyuter dasturlari 
bozorida har hil Korxonalar, firmalar, tashkilotlar uchun muljallangan 
buxgalteriya dasturlari variantlarining ko’pgina turlari taqdim etilgan. 
Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish ko’p sonli firmalar tomonidan olib 
boriladi, ulardan eng mashhurlari «1S:Buxgalteriya «Turbo-Buxgalteriya 
», «Folio», «Parus», «Hakers-Dizayn» va boshqalardir.
Horij va mamlakatimizning ushbu sohaga tegishli nazariyasi va 
amaliyotini o’rganish va umumlashtirish shuni ko'rsatadiki, yirik 
Korxonalarda buxgalteriya hisobi boshqaruvining uch darajali - boshqaruv 
hisobi, moliyaviy hisob va soliq hisobi bo’yicha tashkil etiladi. 
Buxgalteriya hisobini uch darajaga - boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob va 
soliq hisobiga ajratilgan holda tashkil qilish informatsion tehnologiyalarni 


qo’llashga ihtisoslashgan buxgalteriya hisobi shaklida samaralirok bo’ladi. 
Chunki amalda qo’llaniladigan ko’pgina kompyuter
dasturlarida boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob va soliq hisobining ishlari 
alohida 
tashkil 
qilinadi. 
Buxgalteriya 
hisobining 
informatsion 
tehnologiyalarga asoslangan shaklining asosiy hususiyati kompyuter 
dasturlari asosida avtomatlashtirilgan tartibda hisob registrlarini tuzish 
imkoniyati yaratilganligidadir. Bu registrlarda hisob ma'lumotlarini 
Korxonani boshqarish, nazorat, tahlil qilish va buxgalteraya hisobotini 
belgilangan tartibda tuzish uchun zarur bo'lgan asnoda umumlashtirish, 
guruhlash mumkin buladi. Bu shaklni amaliyotga keng joriy qilish orqali 
buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini qayta ishlash jarayoni yangi bosqichga 
ko’tariladi. Bu jarayon hisob ma'lumotlarini avtomatik tarzda olish va uni 
qayta ishlash tehnologiyasini ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Bunga 
dastlabki 
hujjatlar, 
ularni 
avtomatlashtirilgan 
qayta 
ishlashga 
moslashtirilgan 
ma'lumotlarni 
kompyuterlarda 
qayta 
ishlashga 
moslashtirilgan hujjatninga aylanishi, hisoblash tehnikasi ishlari dasturlari, 
ma'lumotlarni avtomatik ravishda qayta ishlash tartibini tavsiflovchi 
tehnologik haritalar va boshqlarni misol kilib kiritishimiz mumkin.
Korxona foyda (daromad) yoki zararni yaratilgan mahsulot (bajarilgan 
ish, kursatilgan xizmatlar) sotishdan, ortikcha moddiy boyliklarni sotishdan,
moliyaviy faoliyatdan, jarimalar va peniyalar ko`rinishida, valyuta 
operatsiyalari va kiymatli kogozlar buyicha operatsiyalar buyicha burdsizlik 
va boshqalardan oladi. 
Buxgalteriya hisobi mazkur korxona va uning ho`jalik bulinmalari 
mablag`lari va ulardan foydalanishning samaradorligi uchun kerakli axborot 
bilan ta`minlagani xolda, ularning samarasini oshirishga yordam berishi 
kerak. 



Download 370.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling