Buxgalteriya hisobining usullari va ularning


Buxgalteriya hisobining predmeti


Download 370.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana28.03.2023
Hajmi370.77 Kb.
#1301370
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBINING USULLARI VA ULARNING TAVSIFI

Buxgalteriya hisobining predmeti 
Buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda yuritiladi va 
ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish hisoblangan ho`jalik faoliyatini 
kuzatish va boshqarish uchun xizmat kiladi. Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab 
chiqarish xamma sohalarni, ya`ni ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
sohalarini xam uz ichiga oladi. 
Ishlab chiqarish sohasi (moddiy ishlab chiqarish sohasi) ga moddiy 
boyliklarni ishlab chiqaruvchi (sanoat, kishlok ho`jaligi, ko`rilish va 
boshqalar) 
xamda 
moddiy 
boyliklarni 
ishlab 
chiqaruvchilardan 
istemolchilarga yetkazib berish bilan band bulgan (savdo va u mumiy 
ovkatlanish) tarmoklari kiradi. 
Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish bu yerda korxonaning 
fondlaridan, ya`ni ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bulgan moddiy va 
pul mablag`laridan foydalanish yo`li bilan amalga oshiriladi. Mulkchilikning 
xar xil shakllaridagi korxonalarga zarur bulgan mablag`lar ma`lum manbalar 
(davlatniki-davlat resurslari hisobidan, jamoaniki pay badallari hisobidan,
aksiyadorniki - aksiyadorlar resurslari hisobidan va kushma korxonalarniki - 
muassislarning badallari hisobidan) hisobidan shakllanadi. Ishlab chiqarish,
taksimot, ayrboshlash va iste`mol jarayonlariga xizmat kilaturib, korxonalar 
fondlarining uzluksiz doirada aylanishini amalga oshiradi. Shuning uchun 
buxgalteriya hisobi bu yerda moddiy boyliklarni yaratishga yunaltirilgan 
ishlab chiqarish ayrboshlash jarayonidagi korxonaning fondlari (mablag`lari) 
ning xolatlari va ulardan foydalanishni samarali boshqarish uchun zarur 
bulgan axborotni shakllantiradi. 
Noishlab chiqarish sohasini axoliga xizmatlar bajaruvchi tarmoklar 
tashkil kiladi. Bularga soglikni saklash, xalq ta`limi, san`at xamda davlat 
boshqarmalari va mudofaa muassasalari kiradi. Noishlab chiqarish sohasida,
garchi unda amalga oshirilayetgan faoliyat takror ishlab chiqarishga 


yordamlashib, undagi mexnat ijtimoiy foydalik bulsa xam, ijtimoiy 
mahsulot yaratilmaydi. 
Noishlab chikdrish sohasining tashkilotlari va muassasalari ho`jalik 
faoliyatlari ularga davlat budjetidan ajratilgan mablag`larni uzlarining 
funksiyalarini bajarishda samarali foydalanish boshqarishdan iborat. Shunday 
qilib, davlat sektorining noishlab chiqarish sohasida moddiy ishlab chiqarish 
sohasida yaratilgan ijtimoiy mahsulotni taksimoti (qayta taksimoti) va 
iste`moli sodir buladi. Demak buxgalteriya hisobi shu sohaning tashkilotlari 
va muassasalariga ularning maqsadlariga muvofik ajratilgan mablag`larning 
mavjudligi va sarflanishi xakidagi axborotni shakllandiradi. 
Moddiy boyliklarning noishlab chiqarish sohasida iste`mol kilinishi 
noishlab chiqarishning bir kismidir. Undan tashqari, noishlab chiqarishning 
iste`moliga shaxsiy iste`mol va jamiyat a`zolarining extiyojlarini kondirish 
xam kiradi. Shaxsiy iste`molni buxgalteriya hisobi bevosita uz ichiga 
olmaydi. Lekin shaxsiy iste`mol buxgalteriya hisobida mutlako aks 
ettirmaydi deb uylash xatodir. Xakikatda, buxgalteriya hisobi uni aks 
ettiradi, lekin uni tavsiflash uchun zarur bulgan barcha kursatkichlarga ega 
emas. Shaxsiy iste`mol to`g`risidagi ma`lumotlarni savdo korxonalari,
umumiy ovkatlanish korxonalari, xalq ta`limi, soglikni saklash muassasalari 
va boshqa hisobotlardan olish mumkin. Bu ma`lumotlar buyicha (tegishli 
tartibda utkazilgan ruyxatlar va tekshirishlarda mavjud bulgan ma`lumotlarga 
qo`shimcha 
ravishda) 
statistika 
shaxsiy 
iste`molni 
tavsiflovchi 
kursatkichlarni aniklaydi. 
Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarishdan tashqari buxgalteriya 
hisobida ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini takror 
ishlab chiqarish xam aks ettiriladi. 
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida shu ishchi 
kuchini tayyorlash bilan borlik bulgan xar xil xarajatlarni xamda ish xaki va 


xar xil turdagi ho`jaliklar daromadlarini ko`rinishidagi mablag`lar harakatini 
hisoblab topish yo`li bilan kamrab olinadi. Ishchi kuchini tayyorlash 
xarajatlari, ish xakini tulash va ho`jaliklarning daromadlarini taksimlash 
moddiy kiymatliklar va pul mablag`larini sarflashni anglatadi. 
Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish buxgalteriya 
hisobida mulkchilikning xar xil shakllaridagi korxonalar fondlarining 
mavjudligi va harakatini aks ettirgan xolda kayd kilinadi. Bux-galteriya 
hisobi takror ishlab chiqarish jarayonida ularning uzgarishini kursatib,
mulkning rivojlanishini tavsiflaydi va shu bilan ishlab chi-karish 
munosabatlarini takror ishlab chiqarish xakida zarur kursat-kichlarni beradi. 
Yukorida aytilganlardan shuni xulosa kilish mumkinki, buxgalteriya 
hisobi predmetining asosiy mazmuni korxonalar, tashkilotlar va 
muassasalarning ho`jalik faoliyatini amalga oshirishda foydalanadigan 
resurslarni 
samarali 
boshqarish 
uchun 
zarur 
bulgan 
axborotni 
shakllantirishdan iborat. Shu mablag`larning sarflanishi, ishlab chiqarish 
xajmi va faoliyat natijalarini okilona va to`g`ri boshqarish xozirgi vaqtda 
aloxida muxim axamiyat kasb etadi. 
Shunday qilib, buxgalteriya hisobining predmeti takror ishlab 
chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning 
mablag`lari xolati va ulardan foydalanishning samaradorligi xakida 
boshqarish masalalari uchun axborotni shakllantirish hisoblanadi. 
Iktisodiy adabiyotda buxgalteriya hisobi predmetining boshqacha 
ta`riflari uchraydi. Masalan, uzoq vaqtlar davomida buxgalteriya hisobi 
predmeti deb kengaytirilgan takror ishlab chikdrish hisoblanar edi. 
Vaxolanki, yukorida aytilganlardan ko`rinib turibdiki, kengaytirilgan takror 
ishlab chiqarishning xammasi umuman ho`jalik hisobi tomonidan kamrab 
olingan, uning ayrim turlari esa jumladan, buxgalteriya hisobi shu 
jarayonning fakat ayrim tomonlarini aks ettiradi. 


Buxgalteriya hisobining predmeti ho`jalikning ayrim uchastkalardagi 
ijtimoiy mexnat sarflaridir, degan da`volar xam mavjud edi. Lekin bu ta`rif 
xam to`g`ri emas. Eng avvalo ho`jalik faoliyati fakat mexnat sarflari bilan 
cheklanmaydi: ho`jalik jarayonlari, shuningdek ijtimoiy mahsulotning 
harakati bilan tavsiflanadi. Undan tashqari, ijtimoiy mexnat sarflari 
buxgalteriya hisobida bevosita umuman aks ettirilmaydi. Ular kiymat 
shaklida ho`jalik mablag`larining xar xil turlari va resurslarining harakati 
sifatida kursatiladi. Ijtimoiy mexnat sarflari ustidan bevosita kuzatuv tezkor 
va eng muximi, buning uchun uziga xos kursatkichlarga ega bulgan statistika 
hisobi tomonidan olib boriladi. 
Keyingi yillardagi ba`zi kitoblarda buxgalteriya hisobining predmeti 
ho`jalik mablag`lari va ularning harakati sifatida (yoki aksincha) ta`riflanadi. 
Bu asosan turli bulsa buxgalteriya hisobi yunaltirilgan va bu yerda eng 
muxim bulgan narsa, ya`ni mablag`lar sarflanishining maqsadga 
muvofikligini nazorat kilish va boshqarish uz urnini topmagan. 
Buxgalteriya hisobi predmetiga boshqa karashlar xam mavjud. 
Boshqacha qilib aytganda, buxgalteriya hisobi barcha xalq ho`jaligining 
rivojlanish xakida ma`lumotlar berishi kerak emish. Lekin bu xolda statistika 
hisobining urnini egallaydi, bu esa mutlako konunga xilofdir. 
Yukoridagi barcha ta`riflar buxgalteriya hisobiga nisbatan amaliy 
faoliyat sifatida tegishlidir. Ularda buxgalteriya hisobi aks ettiradigan 
obyektlarning tavsifi beriladi. 
Buxgalteriya fanining predmeti boshqadir. U buxgalteriya hisobining 
uzidir, ya`ni uning pullanish usullari, texnikasi, shakllari va, tashkil 
kilinishidir, chunki u xakidagi fan u ni yana takomillashtirish yo`llarini 
topish maqsadida uni yuritish amaliyotni urganishbilan shugullanadi. 
Buxgalteriya hisobining predmetini urganish da bu kategoriyaning 
tarixiyligini hisobga olish kerak. Buxgalteriya hisobi predmetining mazmuni 


xar xil iktisodiy tuzumlarda bir xil emas. Ular uzgarishi bir tuzumdan 
boshqasiga 
utish 
paytida 
mulkchilik 
shaklining 
uzgarishi 
bilan 
shartlangandir. 
Jumladan, boshlanrich jamoa tuzumida uning ibtidoiy ishlab chiqarish 
vositalari va xayet darajasi sharoitida hisobga uncha katta extiyoj bulmagan. 
Lekin hisobning eng sodda bulgan shakllari bu jamiyatda xam pullangan,
chunki unda ovchilik yoki balikchilik mahsulotlari, terilgan hosil va shu 
kabilarni hisoblash talablari yuzaga kelgan. Dexkonchilikning asta-sekin 
kiritilishi va takomillashgan metalli mexnat kurollarining yaratilishi bilan 
hisob xam rivojlanib borgan. U ni biladigan muassasalar xam paydo 
bulaboshlagan. 
Boshlangich jamoa tuzumida hisobning predmeti jamoa mulkning 
tashkil kilgan mablag`lar va shu mablag`lardan foydalanishga doyr 
operatsiyalardan iborat bulgan. 
Mulkchilik jamiyatda ishlab chiqarish munosabatlari kul egalarining 
ishlab chiqarish vositalariga va kullarga bulgan mulk asosida ko`rilgan bulib 
mana shu mulk hisobining predmeti hisoblangan. 
Ishlab chiqarish vositalari va mexnat buyumlaridan tashqari, bevosita 
tirik mexnat soxibi va pomehchikning shaxsiy mulki hisoblangan dexkonga 
bulgan xususiy mulkchilikka asoslangan feodal jamiyatda hisob predmetiga 
shuningdek xarid kilish va sotish obyekti sifatida dexkonlar xam kiradi. 
Sotsializmda ijtimoiy, umumdavlat mulkining doiraviy aylanishi 
buxgalteriya hisobining predmeti bulib hisoblangan. 
Xar 
xil 
mulkchilik 
shakllaridagi 
korxonalarning 
rivojlangan 
iktisodiyotidagi jamiyatda individual kapital yoki mulk egasining kapitali 
buxgalteriya hisobining predmeti hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi bu yerda 
birinchi navbatda, mulk egasi yoki mulk egalari tomonidan korxonalarga 
(kompaniyaga) kuyilgan resurslarni samarali boshqarish maqsadlari uchun 


axborotni shakllantiradi. Foydani maksimallashtirish maqsadida hisobdan 
asosiy va ustavdagi boshqa faoliyat xamda moliyaviy faoliyat hisobiga 
foydani maksimal oshirish zaxiralarini kidirib topish uchun foydalaniladi., ` 
Demak buxgalteriya hisobi predmetining mazmuni u yoki bu ijtimoiy 
farmatsiyaga xos bulgan mulkchilik shakli bilan belgilanadi. Xar xil 
jamiyatda u moddiy ishlab chiqarishni tashkil kilish va samarali boshqarish 
uchun kanday ma`lumotlar talab kilinishiga boglik buladi. 
Jamiyat rivojlangan sari hisobning axamiyati xam uzluksiz usib boradi. 
Bunda pullanish doirasigina emas, balki unda aks ettiriladigan predmet va 
uning bajaradigan funksiyalari xam tobora kengayib boradi. 
Buxgalteriya hisobining predmeti bilan bir qatorda uning obyektlarini 
xam farklab olish lozim. Buxgalteriya hisobining obyektlari deganda,
muayyan korxona ega bulgan moddiy va pul mablag`lari, uning boshqa 
korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan bulgan yuridik munosabatlari 
va shuningdek mablag`lar va munosabatlarni uzgartiradigan ho`jalik 
operatsiyalari tushuniladi. Moddiy va pul kiymatliklar korxona tomonidan uz 
faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanadigan ho`jalik mablag`larini 
ifodalaydi. Ho`jalik operatsiyalari esa ho`jalik faoliyatining mazmunini 
ifodalovchi ho`jalik jarayonlarini tashkil kiladi. 
Ba`zida buxgalteriya hisobining predmeti deb, uz faoliyatini aks 
ettiruvchi ho`jalik tashkilotlarini tushunishadi. Lekin bunday tushuncha 
hisob kategoriyalarini ilmiy talkiniga fakat chalkashlik kiritadi. 
Buxgalteriya hisobining predmeti, albatta, aks ettiradigan narsalardir,
lekin u pullanadigan joy emas. Buxgalteriya hisobining registrlari deb, 
boshlang’ich va yig’ma hujjatlarda aks ettirilgan ho'jalik mablag’lari, 
ularning tashkil topish manbalarini iqtisodiy mazmuniga ko'ra guruhlash 
hamda ho'jalik muomalarining tarkibi va harakatini hisobga olishda 
qo'llaniladigan mahsus shakldagi jadvallarga aytiladi. Bu jadvallar 


buxgalteriya 
hisobida 
hisobvaraqlarning 
o'zaro 
alokasi 
va 
hisobvaraqlardagi yozuvlarning iqtisodiy mazmuni hisobga olgan holda 
ishlab chiqiladi. Buxgalteriya hisobi registrlariga jurnallar, qaydnomalar, 
daftarlar, kartochkalar hamda tasdiqlangan blanklar kiradi.
Xo'jalik hisobining umumiy uslubiy asoslariga rioya kilish sharoitida, 
uning nafaqat shakllari va tashkil qilinishi har xil bo'lmay, hattoki, hisob 
ko'rsatkichlarini olish uslubiyati ham har xil bo'lishi mumkin. Natijada xar 
xil mulk egalari ixtiyorida bo'lgan korxonalardagi bir xil turdagi 
ko'rsatkichlar har xil yo'l bilan ishlab chiqilishi mumkin, lekin e'lon 
qilinadigan hisobotdagi ma'lumotlarning solishtiruvchanligini ta'minlash 
uchun moliyaviy hisobga ilova kilingan tushuntirish xatida korxona 
tomonidan qabul kilingan hisob siyosati hakida izohlar keltirilishi kerak.
Xo'jalik hisobining umumiy uslubiy asoslariga rioya kilish sharoitida, 
uning nafaqat shakllari va tashkil kilinishi har xil bo'lmay, hattoki, hisob 
ko'rsatkichlarini olish uslubiyati ham har xil bo'lishi mumkin. Natijada har 
xil mulk egalari ixtiyorida bo'lgan korxonalardagi bir xil turdagi 
ko'rsatkichlar har xil yo'l bilan ishlab chiqilishi mumkin, lekin e'lon 
qilinadigan hisobotdagi ma'lumotlarning solishtiruvchanligini ta'minlash 
uchun moliyaviy hisobga ilova qilingan tushuntirish xatida korxona 
tomonidan qabul qilingan hisob siyosati haqida izohlar keltirilishi kerak.
Buxgalteriya hisobi registrlari o'z shakliga qarab turli guruhlarga 
bo'linadi.
Yozuv turlariga ko'ra hisob registrlarining quyidagi turlari mavjud
1
:

Xronologik

Sistematik

Kombinatsiyalashgan
1
I.Ochilov.,J.Qurbonov , Moliyaviy hisob .-T.: TMI , 2007, 62 bet


Ushbu turlarga alohida to'htalib , ta'rif berib o'tsak. Iqtisodiy 
kitoblarga berilgan ma'lumotlarga tayanib ta'rif berib o'taman.
Xronologik hisob registrlarida Korxonada amalga oshirilgan yoki 
sodir bo'lgan ho'jalik operatsiyalari hech qanday tizimga solinmagan holda 
faqatgina hujjatlarning buxgalteriya ga kelib tushish vaqtiga qarab 
ro’yhatga olinadi. Xronologik hisob registri vafasini buxgalteriya
hisobining 
memorial-order 
shaklida 
qo’llaniladigan 
«Ho'jalik 
muammolarini ruyhatga olish jurnali» bajaradi. Ushbu jurnalda ho'jalik 
operatsiyalar sodir bo'lish vaqtiga qarab ketmaket yozib boriladi.
Sistematik hisob registrlari Korxonada sodir bo’ladigan ho'jalik 
muomalalarini ma'lum belgilariga qarab sistematik ravishda yozish uchun 
mo’ljallangan. Sistematik hisob registrlariga «Bosh daftar», analitik hisob 
kartochkalari misol bo’ladi.
Kombinatsiyalashgan 
hisob 
registrlari 
Korxonada 
amalga 
oshiriladigan hujalik operatsiyalarini ham sistematik ham hronologik 
tartibda guruhlashtirishni ta'minlovchi-hisob registrlaridir. Ushbu turdagi 
hisob registrlari buxgalteriya hisobining takomilashuvi natijasida vujudga 
kelgan bo'lib, unda ho'jalik muomalalari buxgalteriya hisobining 
hneobvaraqlarida uzlarining iqtisodiy mazmuniga ko'ra ajratilgan holda bir 
vaqtda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida har bir ho'jalik operatsiyalari bevosita hujjatlar 
bilan rasmiylashtirilib, ushbu jarayon bevosita hisob registrlari va shakllariga 
borib taqaladi. hujjatlashtirish jarayoni va unda aks etadigan jarayonlarni ko'rib 
o'tamiz.
Korxona va tashkilotlarda sodir bo'lgan ho'jalik muomalalarini, 
shuningdek mavjud bo'lgan moddiy boyliklarni hamda boshqa yuridik va 
jismoniy shahslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni hisobga olish va nazorat 
qilishni ta'minlash uchun buxgalteriya hujjatlaridan foydalaniladi. Buxgalteriya
hisobi ishlarini tashkil qilish va yuritishda hujjatlardan foydalanish muhim 


hisoblanadi. Chunki Korxonada sodir bo'lgan har bir ho'jalik muomalasi 
hujjatlashtiriltan taqdirdagina, uning uzluksiz hisobga olinishi ta'minlanadi. Shu 
bilan birgalikda hujjatlardagi ma'lumotlar Korxonada sodir bo’ladigan ho'jalik 
muomalalarining 
ishonchliligini 
ta'minlaydi. 
Ho'jalik 
muomalalarini 
hujjatlashtirish Korxonani operativ boshqarishga samarali ta'sir ko'rsatadi, 
boshqaruv hodimlarining o'z vazifalarini suiiste'mol qilmasdan, vijdonan 
bajarishini ta'minlaydi.
Korxonada hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi shunday yulga qo’yilishi 
kerakki, u soxtalashtirish imkoniyatini, o'z vaqtida kelib tushmasligi va ularni 
buxgalteriya hisobida kechirib rasmiylashtirilishini istisno qilsin, mazkur 
masalada Korxona rahbarlari tomonidan tegishli nazoratning yo’qligi nohush 
oqibatlarga olib kelishi hamda pul va tovar-moddiy boyliklarning talon-taroj 
qilinishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o'tkazilayotgan ho'jalik 
muomalalariga doir hujjatlar harakati ustidan Korxona rahbari tomonidan ham, 
bosh buxgalter tomonidan ham
o'zaro ikki tomonlama nazorat yo’lga qo'yilishi lozim. Buning uchun Korxonada 
hujjatlarning aniq aylanishini yo'lga qo'yish va mas'ul ijrochilarni ko'rsatgan 
holda hujjatlar oborotining turli boswich chizmalar ko'rinishida grafiklar yoki 
ishlar ro'yhatini tuzish kerak bo'ladi. hujjatlar aylanishi grafigini amalga oshirish 
ustidan nazoratni bosh buxgalter amalga oshirishi kerak
Buxgalteriya hisobida hujjat deganda - amalga oshirilgan ho'jalik 
muomalasi to’g’risida yozma guvohlik bo'lib, buxgalteriya hisobi 
ma'lumotlariga yuridik kuch bag’ishlaydi. Buxgalteriya hisobida hamma ho'jalik 
muomalalarini hujjatlashtirish joriy buxgalteriya hisobi ma'lumotlari va 
moliyaviy hisobot ko'rsatkichlariga isbotlovchi kuch beradi. Ba'zi hollarda 
ho'jalik tortishuvlarini ho'jalik sudi tomonidan to'g’ri hal qilish imkonini beradi. 
Hujjatlashtirish yordamida ho'jalik mablag’lari harakatini o'z vaqtida to'g’ri 
hisobga olish, shuningdek bir moddiy javobgar shahsdan ikkinchisiga 
o'tkazishda moddiy boyliklarning butligi ta'minlanadi. Shuning uchun ham 


ho'jalik muomalalarini hujjat lashtirish natijasida Korxona mol-mulkining butligi 
ta'minlanad
2
i.
Korxona va tashkilotlarda hisob-kitoblarni amalga oshirish, moliyaviy 
natijalarsh aniqlash, hullas, barcha jarayonlar hujjatlarda aks ettiriladi. Bu esa 
Korxonada amalga oshirilgan ho'jalik muomalalari ustidan nazorat o'rnatish 
bilan birga, ish yuritishda muayyan tartib-intizomni yo'lga qo'yiladi va oqibat 
natijada hisobni mustahkamlaydi.

Download 370.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling