Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
5. SCHYOTLAR REJASI VA UNI TURKUMLASH. Xо‘jalik subyektlarining faoliyatlari tо‘g‘risidagi barcha muhim ma’lumotlar buxgalteriya schyotlaridan olinadi. Shuningdek, balans hamda boshqa moliyaviy hisobotlar ham schyotlarning ma’lumotlari asosida tuziladi. Shuning uchun ham bunday ma’lumotlarni olish maqsadida bir qator schyotlarni tanlab olish zarurki, natijada korxonaning xо‘jalik faoliyatlarida sodir bо‘ladigan iqtisodiy axborotlarni hisobga olish, jamlash, saqlash, nazorat qilish va ularni iqtisodiy mazmuniga kо‘ra guruhlash imkoniyati bо‘lsin. Bu maqsadga erishish va buxgalteriya hisobini tо‘g‘ri tashkil etish uchun schyotlar rejasi tuziladi. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi deb, korxonalar xо‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobini olib borish uchun bir tizimga solingan schyotlar ketma- ketligiga aytiladi. Hozirgi paytda О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 30 mart 2000 yilda №37 bayon bilan tasdiqlangan О‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining №21 milliy andozasida keltirilgan schyotlardan foydalanib kelinmoqda. Schyotlar rejasi sintetik va balansdan tashqari schyotlarni aks ettiradi. Har bir sintetik schyotga tо‘rt xonali, balansdan tashqari schyotlarga esa uch xonali raqam belgilangan. Sintetik schyotlarning birinchi ikkita raqami schyotni qaysi guruh schyotlar tarkibiga kirishini, ikkinchi ikkita raqami esa schyotni nima maqsadga belgilanganligini bildiradi. Schyotlar raqami hisob ishlarini avtomatlashtirish uchun ham zarur. Schyotlar rejasida sintetik 285 schyotlar Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan balans va moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobot shakllariga mos ravishda joylashtiriladi. birinchi ikkita raqami schyotni qaysi guruh schyotlar tarkibiga kirishini, ikkinchi ikkita raqami esa schyotni nima maqsadga belgilanganligini bildiradi. Schyotlar raqami hisob ishlarini avtomatlashtirish uchun ham zarur. Schyotlar rejasida sintetik schyotlar Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan balans va moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobot shakllariga mos ravishda joylashtiriladi. Korxona moliyaviy xо‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi besh qism va tо‘qqiz bо‘limdan iborat. Schyotlar rejasining 1-8 bо‘limlarida balans tuzilishiga, 9 bo‘limida esa moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tuzilishiga nisbatan joylashtirilgan. Schyotlar rejasining 10 bo’limida balansdan tashqari schyotlar keltirilgan. Amaldagi schyotlar rejasi yangi schyotlar bilan to‘ldirish imkoniyatiga ega tarzida tuzilgan. 286 287 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling