Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Schyot nomi: 6810-“Qisqa muddatli bankkrediti”
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. SCHYOTLARDA IKKI YOQLAMA YOZUV VA UNING IQTISODIY MOHIYATI.
Schyot nomi: 6810-“Qisqa muddatli bankkrediti”
D-t K-t 1. 650000 3. 400000 Qoldiq:700000 2. 1000000 Debet oborot: 1050000 Kredit oborot: 1000000 Qoldiq: 650000 Ma’lumki passiv schyotlarda hisobot davri va oxiriga qoldiq va kо‘payish schyotning kredit tomoniga, kamayish esa debet tomoniga yoziladi. Shuning uchun hisobot davri boshiga qoldiqni, hisobot davri davomida olingan qisqa muddatli kreditlarni “Qisqa muddatli bank kreditlari” schyotining kredit tomoniga, qaytarib berilgan qisqa muddatli bank kreditlarni summasini esa debet tomoniga yozamiz. Schyotining debet va kredit tomonidagi yozuvlarni bir-biriga qо‘shib, uning debet va kredit oborotlarini topamiz. Misolimizda “Qisqa muddatli bank kreditlari” schyotining debet oboroti 1050000 (650000+400000) sо‘mni, kredit oboroti esa 1000000 sо‘mni tashkil qildi. Schyotining oy oxiriga qoldig‘ini yuqorida keltirilgan matematik modul asosida quyidagicha topiladi: ∑S 2 P =700000 + 1000000 - 1050000 = 650000 272 Demak, passiv schyotlarning kredit tomonida korxona kapitalining va majburiyatlarining qoldiqlari, kо‘payishi, debet tomonida esa ularning kamayishi yoziladi. Schyotlarning qoldiqlari uning qaysi tomoniga yozilganligiga qarab ham ularning aktiv yoki passiv ekanligini bilib olish mumkin. Xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobi schyotlari xо‘jalik mablag‘lari va ularning manbaalari tо‘g‘risida umumlashgan axborotlarni aks ettirib, korxona xodimlarini boshqaruv qarorlari qabul qilishi uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlashni asosiy manbai bо‘lib xizmat qiladi. 3. SCHYOTLARDA IKKI YOQLAMA YOZUV VA UNING IQTISODIY MOHIYATI. Korxonalarning faoliyatlarida bajarilayotgan ishlariga qarab kо‘plab iqtisodiy о‘zgarishlar yuz beradi. Bunday о‘zgarishlar, xо‘jalik mablag‘lari va ularning manbaalarini, shuningdek, xо‘jalik jarayonlarini о‘z vaqtida hisobga olib borishni talab qiladi. Buxgalteriya hisobida korxona xо‘jalik mablag‘lari va ularning manbaalarida bо‘ladigan о‘zgarishlar, odatda, xо‘jalik operatsiyalariga binoan tuziladigan buxgalteriya pravodkalari yordamida ikkita schyotning qarama- qarshi tomoniga yozish bilan aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risidagi adabiyotlarda ikki yoqlama yozuv mohiyatini xо‘jalik operatsiyalari ta’sirida vujudga keladigan iqtisodiy hodisalarni schyotlar tizimi bilan о‘zaro aloqador holda aks ettirish usuli, deb dogmalashtirilib izohlanadi. Bu masalada ilmiy izlanishlar deyarli yо‘q. Schyotlarda ikki yoqlama yozuvni moddiy asosini yaxshi bilish schyotlar va ikki yoqlama yozuv tizimi mohiyatini osonroq tushunishga imkon beradi. Har qanday ilmiy asoslashda, hodisani о‘zini yoki uning tashqi mohiyatini tushuntirish yoki ochish bilan cheklanmasdan, shu bilan birga shu hodisani paydo bо‘lish sabablarini kо‘rsatish va uning ichki aloqalar qonuniyatlarini bilish zarur. Bu esa, о‘z navbatida, hodisaga nazariy asos berish kerakligini bildiradi. 273 Ikki yoqlama yozuv tamoyilini qanday amalga oshirilishini nazariy jihatdan asoslashda va uning mazmunini yoritishda, sodir bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalarini bir schyotning debetiga va ikkinchi bir schyotning kreditiga yozishni moddiy asosi nimada ekanligiga va bu yozuvlarni teng summalarda amalga oshirish kerakligini qanday obyektiv zaruriyat taqoza etganligi asos qilib olinadi. Bundan kо‘rinib turibdiki, birinchidan, gap qiymatda hisobga olish va ikkinchidan, har qanday xо‘jalik operatsiyasi pul ifodalarida teng summalarda qayd qilinishi tо‘g‘risida bormoqda. Bu belgilar tovar ishlab chiqarish sharoitida buxgalteriya hisobini tashkil qilishni nazarda tutadi. Ma’lumki, tovar ikki xil xususiyatga ega, birinchidan iste’mol qiymatiga, ya’ni odamlarni iste’molini buyum sifatida qondirish, ikkinchidan, almashuv qiymatiga, ya’ni boshqa tovarlar bilan teng almashtirish. Tovarlar iste’mol qiymati jihatidan turlicha, ammo qiymat jihatdan bir xil taqqoslanadi. Chunki tovar abstraktlashgan ijtimoiy-zaruriy mehnat xarajati sifatida namoyon bо‘ladi. Tovarlarni bozorda ayriboshlash qiymati bо‘yicha amalga oshiriladi. Ayriboshlashda doim ikkita mulkdor ishtirok etadi, birinchi, tovar egasi – sotuvchi, ikkinchi, puldor – sotib oluvchi. Tovar ishlab chiqaruvchi bozorda sotuvchi sifatida namoyon bо‘lganda, uning xо‘jaligidagi tovar pulga almashadi, qachonki u xaridor sifatida namoyon bо‘lsa, uning xо‘jaligidagi pul tovarga aylanadi. Bunday о‘zgarish ayriboshlashning ekvivalent kuchiga teng qiymatlarda kechadi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi ayriboshlash jarayonini amalga oshirish uchun unda qancha, qanday tovarlar va qancha puli borligini doimo bilishi kerak. Axborotlar oqimining kо‘pligi tufayli tovar va pullarda sodir bо‘ladigan hamma о‘zgarishlarni yodda saqlab bо‘lmaydi. Shuning uchun tovarni pulga, pulni tovarga aylanishini bilgan har bir mulkdor pullar va tovarlar schyotini alohida – alohida olib boradi. Shu bilan birga har xil tovarlar schyotlarini ham alohida olib boradi, chunki bitta tovarni sotsa, ikkinchi bir tovarni sotib oladi. Har bir korxona bir holatda sotuvchi, yana bir holatda sotib oluvchi rolini bajaradi. Har ikkala holatda ham uning xо‘jaligida tovarlar kamayib pullar 274 kо‘payadi, yoki teskarisi, pullar kamayib tovarlar kо‘payadi. Pullarda va tovarlarda sodir bо‘ladigan о‘zgarishlarni qayd qilish ikkita о‘lchovlarda, kо‘payish yoki kamayish, sifatida qayd qilib borish bilan ifodalanadi. Binobarin, xо‘jalik muomalalarining matematik ifodasi qarama-qarshi, ikki xil qiymat bо‘yicha qayd qilinar ekan (plyus, minus), unda ularning yozuvini ham ketma-ket shu bilan birga birini ikkinchisidan alohidalangan holda olib borish zarur. Faraz qilaylik birinchi mulkdorning tovarlar schyotida har bir metri 10000 sо‘mdan bо‘lgan “Atlas” matosidan 25 metr, ikkinchi mulkdorning tovarlar schyotida esa har bir kilosi 50000 sо‘mdan bо‘lgan “Ipak” mashulotidan 5 kilo mavjud. Birinchi mulkdorning buxgalteriya hisobida tovarlar metamarfozasi quyidagi tartibda aks ettiriladi: 1) Tovarini sotganda: Kredit – “Atlas” - 250000 sо‘m Debet – “Pul mablag‘lari” - 250000 sо‘m. 2) Ikkinchi mulkdorni tovarini sotib olganda: Kredit – “Pul mablag‘lari” – 250000 sо‘m Debet – “Ipak” – 250000 sо‘m. Ikkinchi mulkdorning buxgalteriya hisobida esa tovarlar metamarfozasi quyidagi tartibda aks ettiriladi: 1) Tovarini sotganda: Kredit – “Ipak” - 250000 sо‘m Debet – “Pul mablag‘lari” – 250000 sо‘m. 2) Birinchi mulkdorni tovarini sotib olganda: Kredit – “Pul mablag‘lari” – 250000 sо‘m Debet – “Atlas” – 250000 sо‘m. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, ikki yoqlama yozuv tamoyili bir iste’mol qiymatiga ega bо‘lgan tovarni boshqa iste’mol qiymatidagi tovarga almashtirish jarayoni natijasidir. Ikki yoqlama yozuvni amalga oshirish uchun sodir bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalari asosida buxgalteriya pravodkasi tuziladi. Buxgalteriya pravodkasi 275 sodir bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalarini qaysi bir schyotning debetiga va qaysi bir schyotning kreditiga yozish kerakligini kо‘rsatib beruvchi buxgalteriya formulasidir. Buxgalteriya pravodkalari tuzishda tо‘rt asosiy qoidaga amal qilish kerak: 1. Birinchi qoida, sodir etilgan xо‘jalik operatsiyasining tub iqtisodiy mazmunini tushunish; 2. Ikkinchi qoida, mazkur operatsiyada ishtirok etuvchi sintetik schyotlarni aniqlash; 3. Uchinchi qoida, ishtirok etuvchi schyotlarning aktiv yoki passivekanligini aniqlash; 4. Tо‘rtinchi qoida, xо‘jalik operatsiyasini schyotlarning debet va kredit tomonlarga tо‘g‘ri qо‘yish. Mazkur qoidalarga amal qilgan holda ba’zi misollarni kо‘rib chiqamiz. Misol №1. “Toshmuhammadhoji” xususiy firmasining bankdagi hisob-kitob schyotidan oylik maosh tо‘lash uchun naqd pul olib kelindi va kassaga kirim qilindi - 50000 sо‘m. Ushbu operatsiya natijasida firmaning kassasidagi naqd pullarini kо‘payishi va bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini kamayishi kuzatiladi. Ya’ni pul mablag‘larining bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi sodir bо‘ladi. Bu operatsiyada ikkita sintetik schyot ishtirok etgan. Biri “Kassa” schyoti, ikkinchisi esa “Hisob-kitob” schyoti. Xо‘jalik operatsiyasida ishtirok etuvchi schyotlarning ikkalasi ham aktiv, chunki ular balansning aktiv moddalariga xos schyotlardir. Bizga ma’lumki, aktiv schyotlarni kо‘payishi schyotning debet tomonida, kamayishi esa uning kredit tomonida kо‘rsatiladi. Shuning uchun ham mazkur xо‘jalik operatsiyasi ta’sirida schyotlarda quyidagicha о‘zgarish sodir bо‘ladi “Kassa” schyotida pul mablag‘lari 50000 sо‘mga kо‘payadi va bir vaqtning о‘zida “Hisob kitob” schyotida pul mablag‘lari 50000 sо‘mga kamayadi. “Kassa” schyoti aktiv bо‘lganligi uchun kо‘payish uning debet tomoniga yoziladi, “Hisob kitob” schyoti ham aktiv shuning uchun pul mablag‘larining kamayishi “Hisob kitob” schyotning kredit tomonga yoziladi. Bu operatsiya quyidagi buxgalteriya pravodkasi bilan rasmiylashtiriladi: 276 D-t “Kassa” schyoti - 50000 sо‘m K-t “Hisob-kitob” schyoti - 50000 sо‘m Mazkur pravodka schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi: Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling