Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Misol yechimini quyidagi jadval shaklida rasmiylashtiring
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARI, ULARNING TUZILISHI VA KORXONANI BOSHQARISHDAGI ROLI.
Misol yechimini quyidagi jadval shaklida rasmiylashtiring.
T/R Xo’jalik jarayonlarining mazmuni Balansning tip o’zgarishi Tip o’zg arish Aktiv Passiv + - + - 1 2 3 4 5 6 7 1 Debitorlik qarzlari hisob- kitob schyotiga kirim qilinadi 3000,0 3000,0 - - 1 11-МАВЗU. XO’JALIKOPERATSIYALARIDAIKKIYOQLAMAYOZUV Mavzuga doir atamalar: buxgalteriya hisobi schyotlari, schyotning nomi, schyotning raqami (shifri), debet, kredet, oborot, qoldiq (saldo), aktiv schyot, passiv schyot, xо‘jalik operatsiyasi, operatsiyalarni schyotlarga yozish (raznoska), ikki yoqlama yozuv, pravodka, oddiy pravodka, murakkab pravodka. 1. BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARI, ULARNING TUZILISHI VA KORXONANI BOSHQARISHDAGI ROLI. 266 Ma’lumki balans hisobot davrining ma’lum bir kuniga, odatda hisobot davrining boshiga tuziladi. Boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotlar korxona rahbarining “qo‘l ostida” doimo bo‘lishi kerak. Buxgalteriya hisobida axborotlarni saqlash tizimi schyotlardan iborat. Buxgalteriya schyoti – axborotlarni buxgalteriya hisobida saqlashning asosiy vositasidir. Shuning uchun ham xo‘jalik jarayonlari ta’sirida korxonalarning mablag‘lari, mablag‘lar manbaalari va majburiyatlari tarkibida ro’y beradigan o‘zgarishlarni hisobga olish uchun buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Shuningdek, buxgalteriya hisobi schyotlari korxonaning iqtisodiy resurslari harakatini va holatini qayd qilish, saqlash hamda hisobot davri davomida sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini iqtisodiy mazmunlariga ko‘ra bir tizimga solib turish vositasi vazifasini ham bajaradi. Shunga ko‘ra, buxgalteriya hisobi schyotlaridan korxonaning xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan iqtisodiy ma’lumotlarni jamlash, saqlash, nazorat qilish va mazmuniga ko‘ra guruxlash maqsadida foydalaniladi. Schyotlar aktivlarning, passivlarning va korxona kapitalining har bir turiga ochiladi. Schyotlarga yozuv ikki yoqlama yozuv asosida amalga oshiriladi. Bu usul bundan taxminan 522 yil avval, 1494 yillarda, fransuz monaxi Luki Pachola 62 tomonidan asoslangan bo‘lib, shu davr ichida harakatda. U shaklan o‘zgargan bo‘lishi mumkin, lekin mazmuni saqlanib qolgan. Ikki yoqlama yozuv faqat buxgalteriya hisobiga xos bo‘lib uning metodini elementi va tamoyili bo‘lib hisoblanadi. Ulug‘ nemis shoiri Gyote ikkilamchi buxgalteriyani insoniyat idrokining birdan bir eng ajoyib ixtirosidir, deb ataydi 63 . Mashhur sotsiolog va iqtisodchi Verner Zombart ikki yoqlama yozuv Galiley va Nyuton sistemasi kabi kо‘tarinkilik bilan hayotga kelgan deydi 64 . Ushbu fikrlarni mantiqiy davom etgan holda professor A. Galagan ikki yoqlama yozuv tizimi barcha iqtisodiy hodisalarni ikki jihatga ega ekanligini bildiruvchi, bir-birini tо‘ldiruvchi ikki tomonlamalik tamoyiliga ega: ya’ni, kо‘payish va kamayish; sotmoq (bermoq) va sotib olish 62 О‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi qonuni (yangi tahriri). «Xalq sо‘zi» gazetasi 2016 yil 14 apreldagi 73 (6508)-soni. 63 МедведевМ. Ю.Теориябухгалтерскогоучета. Учебник.– М.: «Омега-Л», 2007 37 b. 64 МедведевМ. Ю.Теориябухгалтерскогоучета. Учебник.– М.: «Омега-Л», 2007 37 б. b. 267 (olmoq); sodir bо‘lish va g‘oyib bо‘lish, deb asoslaydi 65 . Ikki yoqlama yozuv tizimida sodir bo’lgan xo’jalik hodisalari eng kamida ikki joyga, ikki marta, bir schyotning debetiga va boshqa bir schyotning kreditiga teng so’mmalarda qayd qilinishi kerak. SHuning uchun ham buxgalteriya hisobida har doim balans (tenglik) mavjud bo’ladi. Ikki yoqlama yozuvni o’rganishni schyotning “T- modeli”ni o’rganishdan boshlash uning mohiyatini tushunishni osonlashtiradi. Buxgalteriya hisobi schyotlari sxematik tarzda ikki tomonlama jadval bо‘lib кирилча “T” harfi yoki kitobning ikki beti ko’rinishiga ega (14-chizma). Bu kitob “Bosh kitob” deyiladi. Kitobning yoki schyotning chap tomoni “Debet” o’ng tomoni esa “Kredit” deb ataladi. “Debet” va “Kredit” sо‘zlari lotinchadan olingan bо‘lib, “Debet” sо‘zi “qarzdor”, “Kredit” sо‘zi esa “ishonadi” degan ma’nolarni bildiradi. Bu so’zlarni buxgalteriya hisobi schyotlarida ishlatishda о‘zining tub ma’nosini yо‘qotadi, shunchaki schyotning о‘ng va chap tomonlarini shartli belgisi bо‘lib xizmat qiladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling