Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Buxgalteriya hisobi schyotlarini umumiy kо‘rinishi
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. AKTIVLAR, PASSIVLAR VA MAJBURIYATLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR TAVSIFI.
- Aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning tuzilish chizmasi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarini umumiy kо‘rinishi
14-chizma. Buxgalteriyaschyotiningko’rinishi. Buxgalteriya hisobi schyotlari, schyotning nomi, debet yozuv, kredit yozuv, hisobot davrining boshiga va oxiriga qoldiq, oborotlar kabi ma’lumotlarni о‘zida aks ettiradi. Schyotlarning hisobot davrining boshiga qoldig‘i o’tgan hisobot davr balanisidan olib yoziladi va “semiz” chiziq bilan ajratib kо‘rsatiladi. Oborotlari esa debet va kredet tomondagi yozuvlarni jamlash yо‘li bilan topiladi. Bunda debet tomondagi yozuvlarning jami debet oborot, kredit tomondagi yozuvlarning jami kredit oborot deyiladi. Hisobot davrini oxiriga qoldiq esa matematik yо‘l bilan topiladi (keyingi paragrfda batafsil bayon etilgan) 65 Галаган А. Основы бухгалтерского учета. Москва. Госпланиздат, 1939г 47 b. 268 2. AKTIVLAR, PASSIVLAR VA MAJBURIYATLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR TAVSIFI. Balansning tuzilishiga nisbatan schyotlar aktiv yoki passiv bо‘lishi mumkin. Aktiv schyotlarda korxonaning mablag‘lari, passiv schyotlarda esa mablag‘larning manbalari hisobga olinadi. Ular bir biridan tuzilishlari bilan farq qiladi. Chizmadan kо‘rinib turibdiki aktiv schyotning debet tomonida xо‘jalik mablag‘larining hisobot davrining boshiga va oxiriga qoldig‘i hamda hisobot davrida mablag‘larni kо‘payishi kо‘rsatiladi, kredet tomonida esa mablag‘larni kamayishi aks ettiriladi. Aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning tuzilish chizmasi. Aktiv schyotlarda oy oxiridagi qoldiq summasini topish uchun, oy boshiga bо‘lgan debet qoldiq summasiga debet oborot summasini qо‘shib, kredit oborot summasi ayriladi. Buning matematik modulini quyidagi formula yordamida aks ettirishimiz mumkin: ∑S 2 A ═ ∑S 2 A+∑DoA−∑CoA Qayerda: 1. ∑S 2 A - aktiv schyotlarning hisobot davri oxiriga qoldig‘i summasi; 2. ∑S 2 A - aktiv schyotlarning hisobot davri boshiga qodig‘i summasi; 3. ∑DoA- aktiv schyotlarning hisobot davridagi debet oboroti summasi; 4. ∑CoA- aktiv schyotlarning hisobot davridagi kredet oboroti summasi; Aktiv schyotlarda hisobot davri yozuvlarini amalga oshirish, oborot hisoblash va hisobot davrining oxiriga qoldiq topish tartibini quyidagi misolda kо‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik kassadagi pul mablag‘larini qoldig‘i hisobot 269 davrining boshiga 150000 sо‘mni tashkil qilgan bо‘lsin. Hisobot davri davomida kassadagi naqd pularning harkati bilan bog‘liq bо‘lgan quyidagi xо‘jalik muomalalari amalga oshirilgan: 1. Hisob-kitobschyotidan ish haqi berish uchun kassaga 120000 sо‘m olib kelindi va kirim qilindi; 2. Xizmat safariga borib kelgan buxgalter S. Axmedov ishlatilmay qolgan 2500 sо‘m bо‘nakni kassaga qaytarib topshirdi; 3. Xodimlarga kassadan 100000 sо‘m ish haqi berildi; 4. Kassadan xodimlarga safar xarajatlari uchun 15000 sо‘m bо‘nak berildi; Ma’lumki aktiv schyotlarda qoldiq va kо‘payish schyotning debet tomoniga, kamayish esa kredit tomoniga yoziladi. Shuning uchun “Kassa” schyotining hisobot davri boshiga bо‘lgan qoldig‘ini va xо‘jalik muomalalari natijasida kassaga kirim qilingan pullarni schyotining debet tomoniga, kassadan berilgan pul mablag‘larini esa, schyotning kredit tomoniga yozamiz. chyotining debet va kredit tomonidagi yozuvlarni bir-biriga qо‘shib uning debet va kredit oborotlarini topamiz. Misolimizda kassa schyotining debet oboroti 122500 (120000+2500) sо‘mni, kredit oboroti esa 115000 (100000+1500) sо‘mni tashkil qiladi. Schyotining oy oxiriga qoldig‘ini yuqorida keltirilgan matematik modul asosida tapamiz.Ushbu operatsiyalar “Kassa” schyotda quyidagicha yoziladi: Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling