Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
2-Misol. “Toshmuhammadhoji” xususiy firmasi о‘z xodimlariga kassadan о‘tgan oy uchun ish haqi berdi – 45000 sо‘m. Bu xо‘jalik operatsiyasi ta’sirida firma kassasidagi naqd pul miqdori va bir vaqtning о‘zida firmaning xodimlar oldidagi qarzi kamayadi. Bu operatsiyada ikkita schyot, ya’ni “Kassa” va “Mehnat tо‘lovlari bо‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar” schyoti ishtirok etgan. “Kassa” schyoti pul mablag‘larini harakatini aks ettirib, balansga nisbatan aktivdir. “Mehnat tо‘lovlari bо‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar” schyoti esa qarzdorlikni bildirib, balansga nisbatan passivdir. Demak, qoidaga binoan aktiv schyotlarda mablag‘larning kamayishi schyotning kredit tomonda, passiv schyotlarda esa, qarzning kamayishi debet tomonda kо‘rsatiladi. Ayni chog‘da 45000 sо‘mga “Kassa” schyoti kreditlanadi va “Mehnat tо‘lovlari bо‘yicha xodimlar bilan hisob- kitoblar” schyoti debetlanadi. Bu operatsiya quyidagi buxgalteriya pravodkasi bilan rasmiylashtiriladi: D-t - “Mehnat tо‘lovlari bо‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar” – 45000 sо‘m. K-t- “Kassa” - 45000 ming sо‘m. Mazkur pravodka schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi: 277 3-Misol. “Toshmuhammadhoji” xususiyfirmasi omboriga mol yetkazib beruvchilardan olib kelingan material qiymatliklar kirim orderi bilan qabul qilib olindi va kirim qilindi – 5000000 sо‘m. Bu operatsiya ta’sirida firmaning ombordagi moddiy qiymatliklar ham, mol yetkazib beruvchilarga bо‘lgan qarzdorligi ham 5000000 sо‘mga kо‘payadi. Bu operatsiyada ikkita schyot, ya’ni “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar” va “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” schyotlari ishtirok etgan. “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar” schyoti xо‘jalik mabalg‘larini aks ettiruvchi schyot bо‘lib, balansga nisbatan aktivdir. “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob- kitoblar” schyoti esa qarzdorlikni bildirib, u balansga nisbatan passivdir. Demak, qoidaga binoan aktiv schyotlarda mablag‘larning kо‘payishi schyotning debet tomonda, passiv schyotlarda esa, qarzning kо‘payishi kredit tomonda kо‘rsatiladi. Ayni chog‘da 500000 million sо‘mga “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar” schyoti debetlanadi. “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarni tо‘lovga olingan schyotlar” schyoti esa kreditlanadi. Bu operatsiya quyidagi buxgalteriya pravodkasi bilan rasmiylashtiriladi: Debet – “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar” – 5000000 Kredit – . “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” - 5000000 Mazkur pravodka schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi: Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling