Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

 
 
4-Misol. “Toshmuhammadhoji” xususiyfirmasi jamoasining qaroriga binoan 
о‘tgan hisobot yili foydasi hisobiga zahira fondi tashkil qilindi - 1500000 sо‘m. 
Ushbu operatsiya natijasida firmaning foyda summasi kamayishi, zahira fondini 
kо‘payishi kuzatiladi.Bu operatsiyada ikkita sintetik schyot ishtirok etgan. Biri 


278 
“Foyda va zararlar”schyoti, ikkinchisi esa “Zahira fondi” schyoti. Xо‘jalik 
operatsiyasida ishtirok etuvchi schyotlarning ikkalasi ham passivdir, chunki ular 
balansning passiv moddalariga mos schyotlar. Bizga ma’lumki, passiv schyotlarda 
kо‘payish schyotning kredit tomonida, kamayish esa uning debet tomonida 
kо‘rsatiladi. Shuning uchun ham mazkur xо‘jalik operatsiyasi ta’sirida schyotlarda 
quyidagicha о‘zgarish sodir bо‘ladi: “Foyda va zararlar” schyotida foyda 1500000 
sо‘mga kamayadi va bir vaqtning о‘zida “Zahira fondi” schyotida mablag‘lar 
1500000 sо‘mga kо‘payadi. “Foyda va zararlar” schyoti passiv bо‘lganligi uchun 
kamayish uning debet tomoniga yoziladi, “Zahira fondi” schyoti ham passiv 
shuning uchun fondni tashkil qilinishi yoki mavjud zahiralar mablag‘ining 
kо‘payishi bu schyotining kredit tomonga yoziladi. Bu operatsiya quyidagi 
buxgalteriya pravodkasi bilan rasmiylashtiriladi: 
D-t “ Foyda va zararlar ” schyoti - 1500000 sо‘m 
K-t “ Zahira fondi ” schyoti - 1500000 sо‘m 
Mazkur yozuv schyotlarda quyidagi sxemada aks ettiriladi: 
Pravodkalar shaklan ikki xil bо‘ladi: oddiy va murakkab. Oddiy buxgalteriya 
pravodkasini tuzishda faqat ikkita schyot ishtirok etadi. Bunda sodir bо‘lgan 
xо‘jalik operatsiyasini bir schyotning debetiga va ikkinchi bir schyotning kredetiga 
teng summalarda yoziladi. Bunday yozuvga oddiy buxgalteriya pravodkasi 
deyiladi. 
Murakkab buxgalteriya pravodkasini tuzishda uchta va undan ortiq schyotlar 
ishtirok etadi. Bunda sodir bо‘lgan xо‘jalik operatsiyasini bitta schyotning debetiga 
hamda ikkita va undan ortiq schyotlarning kreditiga yoki teskarisi, bitta schyotning 
kreditiga hamda ikkita va undan ortiq schyotlarning debetiga teng summalarda 


279 
yoziladi. Bunday yozuvga murakkab buxgalteriya pravodkasi deyiladi. Masalan: 
faraz qilaylik “Toshmuhammadhoji” xususiyfirmasi mol yetkazib beruvchilardan 
quyidagi moddiy qiymatliklarni sotib oldi: materiallar - 80000 sо‘m, ehtiyot 
qismlar - 40000 sо‘m, arzon baholi tezeskiruvchi buyumlar - 60000 sо‘m. Bu 
operatsiya ta’sirida firmaning ombordagi moddiy qiymatliklar ham, mol yetkazib 
beruvchilarga bо‘lgan qarzdorligi ham kо‘payadi. Mol yetkazib beruvchiga 
bо‘lgan qarzning umumiy summasi 200000 sо‘mni (80000+40000+60000) tashkil 
qiladi.
shbu operatsiya murakkab pravodka bilan quyidagicha rasmiylashtiriladi. 
Dt -1010 - “Xom-ashyo va materiallar” - 80000 sо‘m. 
Dt -1040 - “ Ehtiyot qismlar” - 40000 sо‘m. 
Dt -1080 - “Inventar va xо‘jalik ashyolari” -1080- 60000 sо‘m. 
Kt -6000 - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob kitoblar” - 
200000 sо‘m. 
Yuqoridagi bitta murakkab yozuvni uchta oddiy provodka kо‘rinishda ham yozish 
mumkin: 
1. Dt -1010 - “Xom-ashyo va materiallar” - 80000 sо‘m,
Kt - 6000-“Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob - kitoblar”- 
80000 sо‘m. 
2. Dt -1040 “Ehtiyot qismlar” - 40000 sо‘m,
Kt – 6000 - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob - kitoblar” 
- 40000 sо‘m. 
3. Dt -1080 - “Inventar va xо‘jalik ashyolari”Kam qiymatli va tezeskiruvchi 
buyumlar” – 60000 sо‘m,
Kt – 6000 - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob kitoblar” - 
60000 sо‘m. 
Xо‘jalik operatsiyalari ta’sirida ikki va undan ortiq schyotlarning о‘zaro 
bog‘lanishi schyotlar aloqasi (korrespondensiyasi), о‘zaro bog‘lanuvchi schyotlar 
esa aloqador (korrespondensiyalanuvchi) schyotlar deyiladi. 


280 
Korxonalar faoliyatida sodir bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalari ustidan nazorat 
olib borish maqsadida xо‘jalik operaiyalarini qayd qilish “Xronologik jurnali” 
yurgizishadi (3-jadval). 
Jurnal 7 ta ustundan iborat bо‘lib uning 1-5 ustunlari sodir bо‘lgan xо‘jalik 
operatsiyalarini xronologik ketma-ketlikda qayd qilish uchun, 6-7 ustunlari esa 
jurnalda qayd qilingan xо‘jalik operatsiyalarini iqtisodiy mazmun jihatdan 
guruhlash, ya’ni buxgalteriya pravodkalari tuzish uchun belgilangan. Xronologik 
jurnalda tuzilgan pravodkalar hisobot davri uchun ochilgan schyotlarga yozib 
chiqiladi, ya’ni “raznoska” qilinadi. Operatsiyalarni schyotlarga yozishda 
pravodkani oldiga yozuvni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi “V” belgisi 
qо‘yiladi. Buxgalterlar tilida bu belgi “galochka” yoki”ptichka” deyiladi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling