Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Passivlar hisobga olinadigan schyotlar-
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Passivlar hisobga olinadigan schyotlar- bu guruhga kiruvchi schyotlar turli
xildagi joriy va uzoq muddatli majburiyatlarni kо‘payishini yoki kamayishini kо‘rsatadi. Passivlar hisobga olinadigan schyotlarga quyidagi schyotlar kiradi. 294 “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarni tо‘lovga olingan schyotlarini joriy qismi”, “Bо‘linmalarni tо‘lovga olingan schyotlarni joriy qismi”, “Kechiktirilgan majburiyatlarni joriy qismini hisobga oluvchi schyotlar”, “Olingan bunaklarni joriy qismini hisobga oluvchi schyotlar”, “Byudjetga tо‘lovlar bо‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar, ”Ta’sischilarga bо‘lgan qarzdorliklarni hisobga oluvchi schyotlar, “Xodimlar bilan mehnatga haq tо‘lash bо‘yicha hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar”, “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarni tо‘lovga olingan schyotlarini uzoq muddatli qismi” va boshqa schyotlar. Kapitalni hisobga oluvchi schyotlar – bu guruhga kiruvchi schyotlar mulkdorlarning korxona faoliyatiga jalb qilingan mablag‘larini va ularning о‘zgarishlarini hisobga olish uchun belgilangan. Kapitalni hisobga oluvchi schyotlarga quyidagi schyotlar kiradi. “Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar”, “Qо‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar”, “Rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar”, “Sotib olingan о‘zining aksiyalarini hisobga oluvchi schyotlar”. Daromad va sarflarini hisobga oluvchi schyotlar – bu guruhga korxona kapitali miqdorini о‘zgartiradigan schyotlar kiradi. Ma’lumki korxona kapitali daromadlar va sarflar bilan bog‘liq bо‘ladi. Madomiki shunday ekan, korxonaning moliya-xо‘jalik faoliyatidagi daromadlar sarflardan kо‘p bо‘lsa foyda, agar sarflar daromaddan kо‘p bо‘lsa zarar olinadi. Har bir korxonaning yakuniy maqsadi foyda olish bо‘lib hisoblanadi. Shunga muvofiq korxona buxgalteriyasi rahbariyatni bu maqsadga erishish uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlashi zarur. Har bir daromad va sarflar bо‘yicha schyotlarning mavjudligi bu vazifani bajarishning asosiy sharti bо‘lib hisoblanadi. Bu schyotlarga quyidagi schyotlar kiradi: “Asosiy faoliyatdan (operatsion) daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar”, “Sotilgan mashulotlarni (ishlar, xizmatlar) tannarxini hisobga oluvchi schyotlar”, “Asosiy vositalar va bо‘lak aktivlarni sotishni va boshqa chiqib ketishlarini hisobga oluvchi schyotlar”, “Asosiy faoliyatdan boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar”, “Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”, “Sotish bо‘yicha sarflarni hisobga oluvchi schyotlar”, “Boshqaruv sarflarini hisobga oluvchi schyotlar”, “Boshqa har xil operatsion sarflarni hisobga oluvchi schyotlar”, “Kelgusida soliqqa tortish 295 bozasidan chiqarib tashlanadigan hisobot davri sarflarini hisobga oluvchi schyotlar”, “Xizmat kо‘rsatuvchi xо‘jalikni hisobga oluvchi schyotlar”, “Moliyaviy faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar”, “Moliyaviy faoliyat bо‘yicha sarflarni hisobga oluvchi schyotlar”, “Favqulotda foydalarni (zararlarni) hisobga oluvchi schyotlar”, “Soliq tо‘lovlari va yig‘imlar uchun foydani ishlatishni hisobga oluvchi schyotlar”, “Yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlar”. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling