Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
BALANS BILAN SCHYOTLARNING ALOQASI
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
6. BALANS BILAN SCHYOTLARNING ALOQASI.
Buxgalteriya balansi korxona xо‘jalik mablag‘larini, xо‘jalik mablag‘lari manbaalarini va ularning majburiyatlarini hisobot davrining ma’lum bir kuniga pul ifodalarida umumlashtirib kо‘rsatib beruvchi ikki tomonlama jadvaldir. Korxonalar moliya-xо‘jalik faoliyatida sodir bо‘ladigan iqtisodiy jarayonlar ularning xо‘jalik mablag‘lari va xо‘jalik mablag‘lari manbaalarini о‘zgarishga olib keladi. Xо‘jalik operatsiyalari ta’sirida xо‘jalik mablag‘lari va xо‘jalik mablag‘lari manbaalari yuz beradigan о‘zgarishlarning joriy hisobi schyotlar yordamida yuritiladi. Schyotlar tizimi bilan balans о‘rtasida uzviy bog‘lanish mavjud. Bu bog‘lanish shundan iboratki, ma’lum sanaga tuzilgan balans ma’lumotlariga asoslanib uning alohida moddalarga schyotlar ochiladi. Hisobot davri (chorak, yil) о‘tgandan keyin schyotlarning oxirgi qoldig‘iga asosan yana buxgalteriya balansi tuziladi. 7. SCHYOTLARNI TURKUMLASH TAMOYILLARI. Xо‘jalik subyektlarining moliya-xо‘jalik faoliyatlarini amalga oshirishda buxgalteriya hisobining bir qancha schyotlaridan foydalaniladi. Korxona faoliyatida foydalaniladigan buxgalteriya hisobi schyotlari, xо‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbaalari va xо‘jalik jarayonlarini guruhlashni ta’minlashi lozim. Shuningdek schyotlardagi yozuvlar xо‘jalik jarayoniga amaliy ta’sir kо‘rsatishi va uning ustidan nazorat olib borish uchun kerakli ma’lumotlarni umumlashtirishi kerak. 296 Buxgalteriya hisobining barcha schyotlari korxonadagi xо‘jalik mablag‘larini yoki ularning tashkil topish manbaalarini yoki xо‘jalik jarayonlarini hisobini olib borishga mо‘ljallangan. Namunaviy schyotlar rejasida keltirilgan schyotlarning kо‘pchiligi korxona faoliyatida ishlatilmasligi mumkin. Korxona buxgalteriya hisobida qо‘llaniladigan schyotlarni, uning ish xususiyatidan kelib chiqqan holda hisob siyosatini ishlab chiqishda namunaviy schyotlar rо‘yxatidan ajratib olishi zarur. Shuningdek, buxgalteriya hisobi schyotlaridan amaliyotda yanada tо‘liqroq foydalanishga erishish uchun, ularni, tayinlanishi, tuzilishi va iqtisodiy mazmuniga kо‘ra turkumlarga ajratib о‘rganish, maqsadga muvofiq bо‘ladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling