Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Buxgalteriya schyotlarini iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Buxgalteriya schyotlarini iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga
ajratish - bunda schyotlarda nimalar hisobga olinishi e’tiborga olinadi. Bunday guruhlash xо‘jalik mablag‘larini, ularni tashkil topish manbaalarini hamda xо‘jalik jarayonlarining holati va harakatini aks ettirishda qaysi schyotlardan foydalanish zarurligini kо‘rsatadi. Namunaviy schyotlar rejasini tuzishda schyotlarning iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratish asos qilib olingan. Buxgalteriya hisobi schyotlarini iqtisodiy mazmuniga kо‘ra turkumlarga ajratish asosida buxgalteriya hisobi obyektlarining xо‘jalik mablag‘lariga, mablag‘larning manbaalariga va xо‘jalik jarayonlariga bо‘linishi yotadi. Bu jihatiga kо‘ra schyotlar xо‘jalik mablag‘larini, mablag‘larni tashkil topish manbaalarini va xо‘jalik jarayonlarini hisobga oluvchi schyotlarga bо‘linadi. Xо‘jalik mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlardan xо‘jalik mablag‘larining holati va harakatini aks ettirish hamda ular ustidan nazorat olib borish uchun foydalaniladi. Bu schyotlarda korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarishda bо‘ladigan xarajatlar, xо‘jalik faoliyati natijasida olingan foyda summasining taqsimoti, muomala munosabatlari va ishlab chiqarishga tegishli bо‘lmagan sarflar hisobga olinadi. Bunday maqsadlar uchun schyotlar rejasida “Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli qо‘yilmalar”, “Tovar - moddiy zahiralar”, “Tayyor mashulotlar va sotish”, “Pul mablag‘lari” degan schyotlar guruhi nazarda tutilgan. 298 Xо‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbaalarini hisobga oluvchi schyotlarda xо‘jalik subyektlarining о‘z mablag‘lari manbaalari, ularning oborotiga jalb qilingan mablag‘lar manbaalari va ularning xо‘jalik faoliyatidan olinadigan moliyaviy natijalar aks ettiriladi. Korxonalarni о‘z mablag‘lari manbai bо‘lib, har xil kapital va zahiralar xizmat qiladi. Bu guruhi schyotlari yordamida mavjud kapital va zahiralar hamda ularning о‘zgarishi, shuningdek, ulardan foydalanishga doir kо‘pgina umumlashtiruvchi ma’lumotlar olinadi. Korxona faoliyatiga jalb qilingan mablag‘larning manbaalarini aks ettiriruvchi schyotlar amaldagi schyotlar rejasida alohida guruhga ajratilgan, bu schyotlarda banklarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari, mol yetkazib beruvchi va pudratchilar hamda har xil kreditorlar bilan hisob-kitoblar, qisqa muddatga olingan qarzlar va boshqalar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar umumlashtiriladi. Bu schyotlar “Hisob kitoblar”, “Kreditlar va mablag‘ bilan ta’minlash” degan bо‘limlarda keltirilgan. Bundan kо‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi schyotlarining iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratganda schyotlarda hisobga olinadigan obyektlarning iqtisodiy mazmunini birligi asos qilib olinadi. Shuning uchun ham iqtisodiy mazmuniga qarab bir guruhda keltirilgan schyotlarning tayinlanishi va tuzilishi turlicha bо‘lishi mumkin. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling