Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Aktivlar hisobga olinadigan schyotlar
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Aktivlar hisobga olinadigan schyotlar. Bu schyotlar turli xil qiymatliklarni
kо‘payishini yoki kamayishini kо‘rsatadi. Eng kо‘p foydalaniladigan aktivlar hisobga olinadigan schyotlarga quyidagi schyotlar kiradi: “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar” – bu guruhga kiruvchi schyotlar korxonaning asosiy faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalarni harakatini qayd qilish uchun xizmat qiladi. Schyotlar rejasida asosiy vositalarning alohida turlari yoki bir xil guruhlari uchun alohida schyotlar belgilangan. Masalan: “Yer”, “Binolar, inshoatlar va uzatuvchi qurilmalar”, “Mashina va jihozlar”, “Mebel va ofis jihozlari”, “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi”, “Transport vositalari”, “Kо‘p yillik bog‘lar” va boshqalar. 293 “Lizing shartnomasi bо‘yicha moliyalashtirishdan olingan asosiy vositalar” - bu guruhga kiruvchi schyotlar ijarachi korxonada ishlatiladi va lizing shartnomasi bо‘yicha uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar harakati tо‘g‘risidagi axborotlarni qayd qilish uchun xizmat qiladi. “Nomoddiy aktivlar hisobga olinadigan schyotlar” - bu guruhga kiruvchi schyotlar korxonaning asosiy faoliyatida foydalaniladigan nomoddiy aktivlarni harakatini qayd qilish uchun xizmat qiladi. Odatda har bir turdagi nomoddiy aktiv uchun alohida schyot ochiladi, misol “Patentlar, ruxsatnomalar va nou-xau”, “Dastur ta’minotlari”, “Mualliflik huquqi”, “Yerdan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi” va boshqalar. “Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar” - bu guruhga kiruvchi schyotlar korxonaning asosiy faoliyatida foydalaniladigan xom-ashyo zahiralari, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mashulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, idishlar, ehtiyot qismlar va boshqa shu kabi qiymatliklar va ularning harakati tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisobga olish uchun xizmat qiladi. Har bir turdagi moddiy qiymatlik uchun alohida schyot ochiladi, misol “Xom ashyo va materiallar”, “Sotib olingan yarim tayyor mashulotlar va butlovchi buyumlar”, “Yoqilg‘i”, “Idishlar”, “Ehtiyot qismlar” va boshqalar. “Kassa” – korxona kassasidagi naqd pullar va unga tenglashtirilgan mablag‘larni harakatini qayd qilish uchun ishlatiladi. Bu mablag‘larga tangalar, valyutalar, cheklar, markalar va shu kabilar kiradi. “Olinadigan schyotlar” – yuklab jо‘natilgan va kо‘rsatilgan xizmatlar uchun kelgusida qilinadigan tо‘lovlarni hisobga olish uchun ishlatiladi. “Tayyor mashulotlarni hisobga oluvchi schyotlar”- tayyor mashulotlar va ularning harakatini hisobga olish uchun ishlatiladi. “Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar”- tovar-moddiy qiymatliklar va ularning harakatini hisobga olish uchun ishlatiladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling