Tayyor mashulotlarni sotish takror ishlab chiqarish jarayonining,
shuningdek, har bir korxonaning moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini yakunlovchi
bosqichi bо‘lib hisoblanadi. Sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab
chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi. Korxona
mablag‘larining bunday doiraviy aylanishi uning boshqa korxonalar bilan
aloqalarini yuzaga keltiradi. Bunday aloqalar mol yetkazib beruvchilar va
xaridorlar bilan ta’minot va mashulotlarni sotish jarayonida, bank muassasalari
bilan ulardan ssudalar olishda, byudjetdan tashqari tashkilotlar bilan ijtimoiy
ehtiyojlarga doir hisob-kitoblarni amalga oshirishda, byudjet tashkilotlari bilan
soliqlar va tо‘lovlarni amalga oshirish paytida sodir bо‘ladi. Korxona xо‘jalik
aloqalari buxgalteriya hisobida, korxona mablag‘larini aylanish davrining tegishli
bosqichi sodir bо‘lgan paytda aks ettiriladi.
Xо‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida mavjud bo’lgan mablag‘lardan
foydalanish buxgalteriya hisobida aks ettiriladi chunki, buxgalteriya hisobi barcha
xо‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yо‘li bilan
buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan
tizimi бўлиб, xо‘jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining kamida ikkita
schyotida bir vaqtda va о‘zaro bog‘liq holda pulda baholab aks ettirish yо‘li bilan
ikki yoqlama yozuv usulida yuritiladi
67
. Shunga ko’ra korxonalarning xо‘jalik
jarayonlari buxgalteriya hisobining obyekti sifatida namoyon bо‘ladi.
2. XО‘JALIK MABLAG‘LARINI VA MAJBURIYATLARNI
BAHOLASH.
О‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonunning 17-
bandida aktivlarni, passivlarni va majburiyatlarni baholashning quyidagi
usullaridan foydalanishni nazarda tutadi:
67
О‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”giQonunning 4-moddasi.
329
Do'stlaringiz bilan baham: |