Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 TA’MINOTJARAYONININGHISOBI


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

4. TA’MINOTJARAYONININGHISOBI.
Ta’minot jarayoni muomalalari ta’minotchi (xom ashyo, materiallar
yoqilg‘i, butlovchi buyumlar, yarim tayyor mashulotlar, ehtiyot qismlar, tovarlar, 
shuningdek korxonani bir me’yorda faoliyat kо‘rsatuishi uchun zarur bо‘lgan 
mehnat qurollari va mehnat vositalarini va boshqa moddiy qiymatliklarni yetkazib 
beruvchi) korxonalar bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yoki birja brokerlari orqali oldindan 
tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda, odatda, 
xarid qilinayotgan moddiy qiymatliklarning nomi, miqdori, bahosi, sifati, yuklab 
jо‘natish, qanday transport vositasida yetkazib berish hamda hisoblashish shartlari 
kо‘rsatilgan bо‘ladi. Xо‘jalik yurituvchi subyektlarining marketing va buxgalteriya 
bо‘limi xodimlari shartlarning basharilishi ustidan nazorat olib boradilar. 
Quyidagilar ta’minot jarayoni buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari 
bо‘lib hisoblanadi: 


339 
1. Marketing, moliya-reja va boshqa bо‘linmalari bilan hamkorlikda hisobot 
davri uchun korxonaning barcha faoliyatiga zarur bо‘lgan moddiy qiymatliklar 
(mehnat qо‘rollari va mehnat buyumlari) miqdorini aniqlash. 
2. Marketing bо‘limi xodimlari bilan hamkorlikda moddiy qiymatliklarni 
xarid qilish uchun ishlab chiqarish korxonalar bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yoki birja 
brokerlari orqali shartnomalarni rasmiylashtirishni tashkillash. 
3. Shartnoma shartlarini tо‘g‘rigini nazorat qilish. 
4. Shartnomalarni bajarilishi ustidan nazorat о‘rnatish. 
5. Xarid qilinayotgan moddiy qiymatliklarning shartnoma baholarini 
tо‘g‘riligini tekshirish va nazorat qilish. 
6. Moddiy qiymatliklarni kelishiga, omborlarga qabul qilib olinishiga, 
saqlanishiga va foydalanishga ya’ni mashulot ishlab chiqarish maqsadlari uchun 
berilishiga nazorat о‘rnatish. 
7. Moddiy qiymatliklarni saqlash joylaridagi butligini ta’minlash. 
8. Moddiy qiymatliklarni zahiralarini me’yorlar doirasida ta’minlanishiga 
nazorat o’rnatish. 
9. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashuvlarni о‘z vaqtida 
amalga oshirilishini ta’minlash. 
10. Moddiy qiymatliklarning korxona omborlaridan chiqib ketishini о‘z 
vaqtida hujjatlar bilan rasmiylashtirish. 
11. Xarid qilingan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxlarini (baholarini) 
tо‘g‘ri va о‘z vaqtida aniqlash. 
12. Moddiy qiymatliklarni qayta rо‘yxatga olishni о‘z vaqtida о‘tkazish. 
13. 
Moddiy 
qiymatliklarni 
omborlardagi 
hisobini 
tо‘g‘ri 
olib 
borilayotganligini nazorat qilish. 
14. Moddiy qiymatliklarning kelishini va chiqib ketishini sintetik hisobini 
tо‘g‘ri tashkil qilish. 
Ta’minot jarayonida sodir bо‘ladigan xо‘jalik muomalalarini hisobga olish 
uchun xо‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob siyosatida kо‘rsatilgan hisobga 
olish baholaridan kelib chiqqan holda quyidagi sintetik schyotlardan foydalaniladi: 


340 
1. 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”. 
2. 1500 - “Materiallarni xarid qilish va sotiib olishni hisobga oladigan 
schyotlar”. 
3. 1600 – “Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oladigan schyotlar”. 
4. 2900 – “Tovarlar hisobga olinadigan schyotlar”. 
5. 6000 – “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarni tо‘lovga olingan 
schyotlarini joriy qismi”. 
6. 7000 – “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarni tо‘lovga olingan 
schyotlarini uzoq muddatli qismi”. 
7. 5000 – “Kassadagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar”. 
8. 5100 – “Hisob kitob schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi 
schyotlar”. 
9. 5200 – “Chet el valyutasidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar”. 
Sotib olingan xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, butlovchi buyumlar, yarim 
tayyor mashulotlar, ehtiyot qismlar, tovarlar, shuningdek korxonani bir me’yorda 
faoliyat kо‘rsatishi uchun zarur bо‘lgan mehnat qurollari va mehnat vositalarini va 
boshqa moddiy qiymatliklarni joriy hisobi “Materiallar hisobga olinadigan 
schyotlar”da haqiqiy tannarxlarida yoki hisob siyosatida nazarda tutilgan boshqa, 
rejalashtirilgan ulgurji baholarda, sotib olishning reja tannarxlarida, о‘rtacha sotib 
olish baholarida aks ettiriladi. 
Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi, ularni sotib olishning barcha 
xarajatlarini hamda moddiy qiymatliklarni о‘rnashgan joyiga hamda ishlatish 
holatiga keltirish bilan bog‘liq bо‘lgan transport tashish sarflarini о‘zida aks 
ettiradi va quyidagi xarajat moddalaridan tashkil topadi: 
1. Xarid qilingan moddiy qiymatliklarning mol yetkazib beruvchilarning 
hujjatlarida kо‘rsatilgan sotib olish baholari xarajatidan (sotib olish tannarxidan). 
2. Tashib keltirish uchun qilingan transport xarajatlaridan. 
3. Yuklab – tushirish xarajatlaridan. 
4. Saqlash va tayyorlash xarajatlaridan. 


341 
5. Tashib keltirishdagi tabiiy kamayishlarni me’yorlar doirasida qoplash 
xarajatlaridan. 
Agar moddiy qiymatliklarning joriy hisobi rejalashtirilgan ulgurji baholarda 
yoki korxonaning buxgalteriya hisobi siyosatida nazarda tutilgan boshqa baholarda 
(sotib olishning reja tannarxlarida, о‘rtacha sotib olish baholarida) olib borilsa, 
ularga tegishli bо‘lgan materiallarning qiymatidagi farqlar “Materiallar 
qiymatidagi farqlarni hisobga olinadigan schyot”da alohida hisobga olib boriladi. 
Hisobga olish baholaridan foydalanganda moddiy qiymatliklarni korxonaning 
asosiy ishlab chiqarish va boshqa maqsadlari uchun foydalanishga berganda yoki 
chetga sotganda, ularga tegishli bо‘lgan materiallarning qiymatidagi farqlarni 
qо‘shib, haqiqiy tannarxlarda yoki boshqacha qilib aytganda haqiqiy ulgurji 
baholarda hisobdan chiqariladi. Ularning haqiqiy tannarxini yoki haqiqiy ulgurji 
baholarini topish uchun hisobot oyi tugagandan keyin asosiy ishlab chiqarish va 
boshqa maqsadlari uchun foydalanishga bergan yoki chetga sotgan moddiy 
qiymatliklarga tegishli bо‘lgan materiallarning qiymatidagi farqlar summasi 
topiladi. Buning uchun, eng avvalo, moddiy qiymatliklarni rejalashtirilgan ulgurji 
baholariga nisbatan yoki boshqa hisobga olish bahosiga nisbatan materiallarning 
qiymatidagi farqlarni о‘rtacha foizi topib olinadi. Buni matematik modulini 
quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: 
∑F
1

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling