Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
HISOB ISHLARIDA IKKI YoQLAMA YoZUVNI PAYDO BO’LISHI VA
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
3. HISOB ISHLARIDA IKKI YoQLAMA YoZUVNI PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISHI Hisob ishlarida ikki yoqlama yozuv hisob yuritish ishining eng takomillashgan usuli sifatida 1494 yillarda frantsuz monaxi Luki Pachola tomonidan asoslangan bo’lib, shu davr ichida harakatda. Uning mohiyati shundaki, sodir bo’lgan iqtisodiy hodisalik ham tarkibi ham kelar manbayi bo’yicha bir xil summalarda aks ettiriladi. Ulug’ nemis shoiri Gyoto ikkilamchi buxgalteriyani “..insoniyat idrokining birdan bir eng ajoyib ixtirosidir” deb ataydi. Mashhur sotsiolog va iqtisodchi olim Verner Zombart ikki yoqlama yozuv “Galiley va Тошмаматов. Нeкоторыe тeоритичeскиe aспeкты мeтодa бухгалтерского учёта Мeждунaродный журнaл Тeоритичeскaя i прaктичeскaя нaукa №11, 2018 год, 14 Ng’yuton sistemasi kabi ko’tarinkilik bilan hayotga kelgan”, deb hisoblaydi. SHu davrda u shaklan o’zgargan bo’lishi mumkin, lekin mazmunini saqlab qolgan. Xo’jaligi hisobining buxgalteriya hisobiga xos bo’lgan ikki yoqlama yozuv tamoyilining asoschisi Luko Pacholo o’zining “Schyotlar haqida risola” nomli asarida buxgalteriyada bajariladigan ishlar tartibini yoritgan. Bu risolada buxgalteri hisobining xususiyati va tamoyillari nazariy jihatdan asoslab berilmagan. Luko Pachola va undan keyin yillar davomida iqtisodiy voqealiklar sodir bo’lish vaqtida og’zaki ko’rsatmalar asosida hisobga olingan. Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi adabiyotlarda ikki yoqlama yozuv mohiyatini xo’jalik operatsiyalari tahsirida vujudga keladigan iqtisodiy hodisalarni schyotlar tizimi bilan o’zaro aloqador holda aks ettirish usuli, deb dogmalashtirilib izohlanadi. Bu masalada ilmiy izlanishlar deyarli yo’q. Schyotlarda ikki yoqlama yozuvni moddiy asosini yaxshi bilish schyotlar va ikki yoqlama yozuv tizimi mohiyatini osonroq tushunishga imkon beradi. Har qanday ilmiy asoslashda, hodisani o’zini yoki uning tashqi mohiyatini tushuntirish yoki ochish bilan cheklanmasdan, shu bilan birga shu hodisani paydo bo’lish sabablarini ko’rsatish va uning ichki aloqalar qonuniyatlarini bilish zarur. Bu esa, o’z navbatida, hodisaga nazariy asos berish kerakligini bildiradi. Ikki yoqlama yozuv tamoyilini qanday amalga oshirilishini nazariy jihatdan asoslashda va uning mazmunini yoritishda, sodir bo’lgan xo’jalik operatsiyalarini bir schyotning debetiga va ikkinchi bir schyotning kreditiga yozishni moddiy asosi nimada ekanligiga va bu yozuvlarni teng summalarda amalga oshirish kerakligini qanday obektiv zaruriyat taqoza etganligi asos qilib olinadi. Bundan ko’rinib turibdiki, birinchidan, gap qiymatda hisobga olish va ikkinchidan, har qanday xo’jalik operatsiyasi pul ifodalarida teng summalarda qayd qilinishi to’g’risida bormoqda. Bu belgilar tovar ishlab chiqarish sharoitida buxgalteriya hisobini tashkil qilishni nazarda tutadi. Ma’lumki, tovar ikki xil xususiyatga ega, birinchidan isteomol qiymatiga, ya’ni odamlarni isteomolini buyum sifatida qondirish, ikkinchidan, almashuv qiymatiga, ya’ni boshqa tovarlar bilan teng almashtirish. Tovarlar isteomol qiymati 15 jihatidan turlicha, ammo qiymat jihatdan bir xil taqqoslanadi. CHunki tovar abstraktlashgan ijtimoiy-zaruriy mehnat xarajati sifatida namoyon bo’ladi. Tovarlarni bozorda ayriboshlash qiymati bo’yicha amalga oshiriladi. Ayriboshlashda doim ikkita mulkdor ishtirok etadi, birinchi, tovar egasi – sotuvchi, ikkinchi, puldor – sotib oluvchi. Tovar ishlab chiqaruvchi bozorda sotuvchi sifatida namoyon bo’lganda, uning xo’jaligidagi tovar pulga almashadi, qachonki u xaridor sifatida namoyon bo’lsa, uning xo’jaligidagi pul tovarga aylanadi. Bunday o’zgarish ayriboshlashning ekvivalent kuchiga teng qiymatlarda kechadi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi ayriboshlash jarayonini amalga oshirish uchun unda qancha, qanday tovarlar va qancha puli borligini doimo bilishi kerak. Axborotlar oqimining ko’pligi tufayli tovar va pullarda sodir bo’ladigan hamma o’zgarishlarni yodda saqlab bo’lmaydi. SHuning uchun tovarni pulga, pulni tovarga aylanishini bilgan har bir mulkdor pullar va tovarlar schyotini alohida – alohida olib boradi. SHu bilan birga har xil tovarlar schyotlarini ham alohida olib boradi, chunki bitta tovarni sotsa, ikkinchi bir tovarni sotib oladi.Har bir korxona bir holatda sotuvchi, yana bir holatda sotib oluvchi rolini bajaradi. Har ikkala holatda ham uning xo’jaligida tovarlar kamayib pullar ko’payadi, yoki teskarisi, pullar kamayib tovarlar ko’payadi. Pullarda va tovarlarda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni qayd qilish ikkita o’lchovlarda, ko’payish yoki kamayish, sifatida qayd qilib borish bilan ifodalanadi. Binobarin, xo’jalik muomalalarining matematik ifodasi qarama-qarshi, ikki xil qiymat bo’yicha qayd qilinar ekan (plyus, minus), unda ularning yozuvini ham ketma-ket shu bilan birga birini ikkinchisidan alohidalangan holda olib borish zarur. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling