231
Balansning “passiv” moddalariga uning passiv tomonida kо‘rsatiladigan
“Ustav kapitali”, “Qо‘shilgan kapital”, “Rezerv kapitali”, “Taqsimlanmagan foyda
(qoplanmagan zarar)”, ”Maqsadli tushum va fondlar”, “Uzoq muddatli qarzlar”,
“Uzoq muddatli kreditlar”, “Qisqa muddatli qarzlar”, “Qisqa muddatli kreditlar”,
“Kreditorlar” va boshqa manbaalarni va korxona majburiyatlarini kiritish mumkin.
Buxgalteriya balansining aktiv va passiv
moddalarining mazmunidan
korxona qaysi sohaga tegishli ekanligini bilib olish mumkin. Masalan:
sanoat
korxonalari balansining
aktiv tomonida xom ashyo,
tugallanmagan ishlab
chiqarish, qurilish korxonalari balansida qurilish materiallari va о‘rnatilmagan
jihozlar, savdo korxonalari balansida esa tovar va idishlarni summasini salmog‘i
balansning umumiy qiymatida kо‘proq bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: