Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
ISHLABCHIQARISHXARAJATLARINITURKUMLASH
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
6.ISHLABCHIQARISHXARAJATLARINITURKUMLASH. Ishlab chiqarish jarayoni bо‘lishi uchun mehnat qurollari, mehnat buyumlari va jonli mehnat bо‘lishi shart. Bu jarayonda inson mehnat qurollari yordamida mehnat buyumlariga ta’sir etib yangi mashulot yoki iste’mol qiymati yaratadi. Shuning uchun ham yangi mashulot yaratish ma’lum miqdordagi mehnat qurollari, mehnat buyumlari va jonli mehnat sarfi bilan bog‘liq bо‘ladi. Bunday sarflar, odatda, ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi. Ishlab chiqarish xarajatlariga mashulot ishlab chiqarish bilan band bо‘lgan xodimlarning asosiy va qо‘shimcha ish haqi, xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i sarflari, amortizatsiya ajratmalari hamda 352 ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlarini pul ifodasi mashulot tannarxini tashkil qiladi. Ishlab chiqarilgan mashulotlarning tannarxlarini aniq topish uchun rejalashtirilgan xarajatlarni iqtisodiy asoslanganligini va mashulotlar ishlab chiqarishni aniq hisobini ta’minlash zarur. Ishlab chiqarish jarayonining buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilar bо‘lib hisoblanadi: 1. Moliya-reja, ishlab chiqarish va boshqa bо‘linmalar bilan hamkorlikda hisobot davri uchun korxonaning mashulot ishlab chiqarish tehnik dasturini tayyorlash. 2. Korxonaning mashulot ishlab chiqarish faoliyatiga zarur bо‘lgan moddiy qiymatliklar miqdorini aniqlash. 3. Korxonaning mashulot ishlab chiqarish texnik dasturini asosiy kо‘rsatkichlarini bajarilishini nazorat qilish. 4. Mashulot ishlab chiqarish uchun zarur bо‘lgan moddiy, mehnat va boshqa xarajatlar hamda ulardan foydalanish ustidan operativ nazorat о‘rnatish. 5. Ishlab chiqarish xarajatlarini me’yorlariga rioya qilinishini nazorat qilish. 6. Ishlab chiqarish tsexlari huzuridagi omborlarda ishlab chiqarish maqsadlari uchun olingan moddiy qiymatliklarni saqlanishi ustidan nazorat о‘rnatish. 7. Mashulotlarni chiqarish bilan bog‘liq bо‘lgan haqiqiy xarajatlarni о‘z vaqtida va aniq hujjatlashtirish. 8. Chiqarilayotgan mashulotlarni tannarxlarini aniq topish. 9. Belgilangan xarajat me’yorlaridan kelib chiqqan farqlarni sabablarini topish. 10. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobini tashkil qilish. 11. Tayyor mashulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling