Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’shimcha fanlar bloki
- Umummetodologik fanlar bloki
Maxsus fanlar bloki: bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha muvofiq kasb
faoliyati sohalarida erishilgan asosiy yutuqlar, muammolar va ularning rivojlanish istiqbollari haqida tasavvur hosil qilishi; tegishli bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha maxsus bilimlarni, kasb faoliyati ko’nikmalari va uquvlarini shakllantirishi; talabaning muayyan magistratura mutaxassisligi bo’yicha kelgusida ta’limni davom ettirishga ongli munosabatda bo’lishiga ko’maklashishi lozim. Qo’shimcha fanlar bloki: talabalarning bakalavriat ta’lim fanlari bo’yicha qo’shimcha ravishda chuqur bilim olishga bo’lgan ehtiyojini qondirishi; ta’lim sifatiga qo’yilayotgan talablar va mehnat bozori konhyunkturasi tez o’zgarayotgan sharoitda bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’quv rejalar va fanlar dasturlarining safarbarligi va moslashuvchan bo’lishini tahminlashi lozim. Magistratura mutaxassisliklari o’quv rejalari va fanlar dasturlari bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining o’quv rejalari va fanlar dasturlari bilan uzluksizlik va uzviylik tahminlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi va mazmuni oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning birlamchi va boshlang’ich bosqichi sifatida mutaxassislik bo’yicha chuqur fundamental va amaliy bilimlar berishni ko’zda tutb shakillantiradi. Magistratura o’quv rejasida quyidagi majburiy bloklarni o’zlashtirilishi nazarda tutiladi: 1. Umummetodologik fanlar; 2. Mutaxassislik fanlari; 3. Ilmiy faoliyat: 4. Talabalar tanlagan fanlarni. O’quv rejada talabalarning o’quv rejalar va fanlar dasturlarini o’zlashtirishida mustaqil bilim olishi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi topshirish nazarda tutilgan. Magistratura bosqichi o’quv rejasining o’quv fanlari bloklari mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablar qo’yiladi. Umummetodologik fanlar bloki: milliy istiqlol g’oyasi va gumanitar, texnik va tabiiy fanlarning falsafiy masalalari bo’yicha bilimlar berilishi; 102 insoniyatning global muammolari, mahnaviy hayot, shaxs va jamiyat ehtiyojlari, ta’limning insonparvarlik ruhi, zamonaviy tsivilizatsiya va uning taraqqiyot yo’nalishlari, axborot tizimlari va bilimlarni taqdim qilish usullari to’g’risidagi tasavvurlar shakllantirishi; ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan ishlash ko’nikmalari va uquvlarini shakllantirishi, tadqiq etiladigan mavzular bo’yicha muntazam ravishda mustaqil tahlil va xulosani tayyorlashi; ilmiy ijod metodologiyasi, ilmiy tadqiqotlar asoslari, bilishning umumiy usullari, empirik va nazariy tadqiqot usullari, qonunlar va qoidalar mantig’i, asoslash va inkor qilish usullariga, shuningdek nutq madaniyati asoslari bilimlariga, pedagogik texnologiyalar, mutaxassisliklar bo’yicha menejment va iqtisodiyotga doir bilimlarni tahminlashi; amaliy xorijiy tilni, mutaxassislikka yo’naltirilgan axborot texnologiyalari va tizimlarini o’zlashtirishni tahminlashi; Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling