Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-MAVZU. BUXGALTERLARNI O’QISH JARAYONINI TASHKIL ETISHNING ILMIY ASOSLARI Mavzu bo’yicha kalit so’zlar
- 1. OTM LARDA KADRLAR TAYYoRLASH BO’YICHA XTISOSLIKLAR, O’QUV REJALARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH
Nazorat uchun savollar: 1. Oliy ta’lim qanday ta’lim tushuntirib bering. 2. Bakalavr ta’limning qanday shakli, gapirib bering. 3. magistr ta’limning qanday shakli, gapirib bering. 4. O’zbekistonda oliy ta’lim muassasasining qanday turlari faoliyat yuritadi? 5. Ilmiy-tadqiqot institutlari nima bilan shug’ullanadi. 6. Unversitetoliy ta’lim muassasasining qanday tur gapirib bering. 7. Akademiyaoliy ta’lim muassasasining qanday tur gapirib bering. 8. Institut ta’lim muassasasining qanday tur gapirib bering. 9. Fakulg’tet OTMning qanday bo’limi, gapirib bering. 10. Eksternat ta’limning qanday turi, gapirib bering. 98 5-MAVZU. BUXGALTERLARNI O’QISH JARAYONINI TASHKIL ETISHNING ILMIY ASOSLARI Mavzu bo’yicha kalit so’zlar: ixtisoslik, o’quv reja, gumanitar va ijtimoiy- iqtisodiy fanlar, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar, umumkasbiy fanlar, ixtisoslik fanlar, qo’shimcha fanlar, dasturiy o’qitish, nazariy ta’lim, amaliy ta’lim. 1. OTM LARDA KADRLAR TAYYoRLASH BO’YICHA XTISOSLIKLAR, O’QUV REJALARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH Oliy ta’lim muassasasida qanday mutaxasislar tayyorlashni, odatda, Vazirlar mahkamasi tomonidan oliy ta’lim muassasining yo’nalish xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi, bahzi bir hollar bundan istisno. Masalan, O’zbekistonda iqtisod soqasi bo’yicha mutaxasislar asosan Toshkent moliya instititutida, Toshkent Davlar Unversitetida va Samarqand iqtisod va servis institutlarida tayyorlanadi. Vazirlar Mahkamasi o’quv-uslubiy baza va o’quv-ilmiy salohiyat mavjud bo’lgan noiqtisodiy OTMda ularning profillariga mos kelmaydigan iqtisodiy yo’nalishlar bo’yicha mutaxasisliklar tayyorlashga ruxsat berishi mumkin. Mutaxasis tayyorlash mutaxasislik bo’yicha Vazirlar Mahkamasi ishlab chiqqan va tasdiqlagan Davlat Ta’lim Standrtiga, mutaxasilikning o’quv rejasiga va fanlar 99 bo’yicha o’quv dasturlarga asoslanadi. Davlat ta’lim standarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda shu mutaxasislikni tayyorlash bo’yicha o’quv rkja va o’quv dasturlar ishlab chiqishga asos bo’ladi. O’quv reja va unda ko’rsatilgan fanlar bo’yicha o’quv dasturlar, odatda, tayanch oliy o’quv yurti tomonidan ishlab chiqiladi. Qonun hujjatlariga muvofiq o’quv jarayoni o’qitishning modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalariga bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha malaka talablari, o’quv rejalari va o’quv dasturlarini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash huquqi berilgan. Ta’lim bosqichlariga nisbatan o’quv rejalari bakalaviriat va magistratura o’quv rejalariga bo’linadi. Bakalavriat oliy ta’limning birinchi bosqichida o’quv rejalari va fanlar dasturlari umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzluksizlik va uzviylik tahminlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va talabaning quyidagi majburiy fanlar bloklarini o’zlashtirishini nazarda tutadi: 1. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy; 2. Matematik va tabiiy-ilmiy; 3. Umumkasbiy; 4. Ixtisoslik; 5. qo’shimcha. Hukumati qarorlariga muvofiq ayrim oliy ta’lim muassasalari boshqa fanlar bloklari ham belgilanishi mumkin. O’quv rejasida kasb faoliyati ko’nikmalarini egallash uchun malaka amaliyotlari o’tilishi nazarda tutiladi. SHuningdek o’quv rejalar majburiy o’quv fanlari bilan bir qatorda talabalar tanlagan fanlarni ham o’z ichiga oladi. Bakalavriat ta’lim yo’nalishi o’quv rejalari va fanlar dasturini o’zlashtirishda talabalarning o’quv fanlariga oid bir qancha masalalar va muammolar bo’yicha mustaqil bilim olishi va yakuniy davlat attestatsiyasi topshirish nazarda tutilgan. O’quv fanlari bloklari mazmuni qo’ydagi talablarga javob berishi kerak: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling