Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISHDA EHMLARDAN
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. O’QUV JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR O’RNI
- Rejalashtirish
4. O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISHDA EHMLARDAN
FOYDALANISH Talabalarga iktisodiy ta’lim berishda, pedagogok faoliyatni amalga oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish talabani bilim olishi uchun katta xajmdagi didaktik materiallarni eslab kolishdan ozod kiladi, o’larning vaqt fondini tejaydi. Bo’sh vaqtlarini kompg’yuterlar yordamida amaliy va ukuv masalalarini yechishga, zaruriy axborotlarni izlashga va bu axborotlar asosida bilimlarini chukurlashtirishga imkoniyat yaratadi. SHuningdek, ularda real sharoitlarda karor kabul kila olish kunikmalarini rivojlantirishga, eng muximi, moliyaviy masalalarni yechishda axborotlar olish imkoniyatini beradi. Buxgalteriya hisobi sohasi uchun yetuk mutaxassislarni tayyorlashda ukuv jarayonlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish oliy ukuv yurtining strategik maqsadi bo’lishi lozim. OTM asosiy maqsadi nafakat ijrochi mutaxassislarni tayyorlashi, balki nostandart masalalarni yechishga qodir, jaxon andozalari talablariga javob bera oladigan, qobilyatli, yetuk, yuqori kasbiy malakaga ega bo’lgan, davlat va jamiyat uchun sitqi dildan xizmat qiladigan, mahnan boy bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan bo’lishi lozim. 5. O’QUV JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR O’RNI Fanlarni o’qitish va o’rgatish, shuningdek, mavjud imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalanish uchun o’qitish usullarining o’quvchilar talabiga mos kelishini aniqlashda o’qituvchi o’z dasturining quyidagilarni hisobga olishi zarur:rejalashtirish; imkoniyat va sharoitlar; uslublar; faoliyatlar;teskari aloqa;nazorat. O’qitish uslubini aniqlash yo’llaridan biri bu yuqorida keltirilgan oltita omilning har biriga tegishli bo’lgan savollar ro’yxatini tuzishdir. Tahkidlash 94 joizki, har bir tarkibiy qism talablarining to’liq bajarilishini tahminlash hamda unga amal qilish tanlangan o’qitish uslubining samaradorligini oshiradi. Rejalashtirish o’qitish uslubi sifatida quyidagilarni o’z ichiga oladi: malakalar va ko’zlangan asosiy maqsadlar tahlili; guruh tarkibi;zarur bo’lgan malakalar;o’rganilishi lozim bo’lgan fanlar;o’rganishga ruhlantiruvchi omillar;o’rganish turlari va imkoniyatlari; ish tajribasi va uning zamonaga mosligi; guruh ahzolarining tajribalaridan foydalanish va tajriba almashish; muammolarni aniqlash va yechimlarni topishda tajribalarni umumlashtirish zarurati;o’quv materialini taqdim etish usullariga bo’lgan ehtiyoj; shartnoma yoki o’qitish tartibini o’quvchilar bilan kelishish zarurati; kursni tugallaganligi haqidagi hujjat yoki guvohnomaga bo’lgan ehtiyoj. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling