Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

Shunday qilib, бeхгалтерия ҳисобининг преdметига қўйdaгича таъриф 
бериsh мeмкин: xо‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatlarida ishtirok 
etadigan va pul ifodasida aks ettiriladigan iqtisodiy jarayonlar hamda aholining 
daromadlari va xarajatlari buxgalteriya hisobining predmeti bо‘lib hisoblanadi. 
Buxgalteriya hisobining predmetini mohiyati, unda hisobga olinadigan obyektlarda 
va uning bajaradigan vazifalarida yana ham oydinroq namoyon bо‘lad (5-chizma). 
5-chizma. Buxgalteriya hisobining predmeti obyektlari 
3.BUXGALTERIYA HISOBI METODI VA METODOLOGIYASINI 
TAVSIFI. 
Metod tushunchasi maxsus adabiyotlarda keng talqin qilingan. Metodga 
tabiatda va jamiyatda bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda sodir bо‘ladigan hodisa va 
jarayonlarni о‘rganish va bilish usuli sifatida qaraladi. Chunki sodir etilgan hodisa 
va voqeliklarni amalga oshganligini tasdig‘i, mushohida qilingandan sо‘ng bilish 
Buxgalteriya 
hisobining 
predmeti 
obyektlari
Ta’minot 
jarayoni
Ishlab 
chiqarish 
jaray
oni
Taqsimot 
jarayoni
Sotish
jarayoni


178 
nazariyasi asosida olinadi. Shuning uchun hodisa va voqeliklarning qaysi jihati 
о‘rganilishidan qat’iy nazar, ularni о‘rganishga dialektik nuqtai nazardan 
yondoshish lozim bо‘ladi. Korxona xо‘jalik mablag‘lari va xо‘jalik jarayonlari 
hamma vaqt о‘zaro aloqada, rivojlanishda, birlikda va harakatda bо‘ladi. Korxona 
faoliyatida ishtirok etadigan mablag‘lar, ularning manbalari va xо‘jalik jarayonlari 
bilan bog‘liq bо‘lgan, har qanday sodir bо‘ladigan hodisa yoki voqelik 
buxgalteriya hisobi obyektlariga ta’sir etib ularni о‘zgartiradi. Sodir bо‘lgan hodisa 
va voqeliklarni dastavval kuzatilib, mushohada qilinib, miqdoriy jihatdan о‘lchab, 
sо‘ngra hujjatlarda qayd qilish lozim bо‘ladi. Agar voqelik sodir etilmasa, u holda, 
hech qanday harakat yuzaga kelmaydi. Masalan, mashulot ishlab chiqargan 
ishchilarga ish haqi hisoblandi. Bu bir tomondan korxona ishlab chiqarish 
xarajatlarini kо‘payishini, ikkinchi tomondan esa, mehnat tо‘lovlari bо‘yicha 
xodimlar oldida korxonaning qarzi paydo bо‘lganligini bildiradi. Agar ishchi 
mashulotni ishlab chiqarmaganda, korxonaning ishchi oldidagi ish haqi bо‘yicha 
majburiyati yuzaga kelmagan bо‘lar edi. Xulosa qilishimiz mumkinki, buxgalteriya 
hisobining metodi dialektik metodga asoslangan bо‘lib, korxona faoliyatini makon 
(korxonada) va zamonda (hisobot davrida) bilish nazariyasi asosida hisobga olish 
maqsadida qо‘llaniladigan usullar majmuidan iborat bо‘ladi. 
Shuningdek buxgalteriya hisobi fanini о‘rganishning о‘ziga xos usullari ham 
mavjudki, ularsiz buxgalteriya hisobining obyektlari tо‘g‘risidagi aniq 
ma’lumotlarni olish imkoni bо‘lmaydi. 
Bu borada buxgalteriya hisobi bо‘yicha 1940 yilgacha chop qilingan 
adabiyotlar mualliflarining fikrlari turlicha. Masalan, A.P. Rudanovskiy va 
boshqalar buxgalteriya hisobi metodi elementlariga qayd qilish, tartibga solish, 
koordinatsiya, baholashni kiritsalar
53
, A.Galagan esa kuzatish, turkumlash
induksiya va deduksiya, sintez va analiz deb hisoblaydi
54
. 1940 yildan keyin chop 
53
Рудановский А. П. Позитивная теория счетоведения// Бюллетени обшества для разработки и 
распространения счетоводных знаний. – М. 19414, Рудановский А. П. Теория учёта. Дебет и кредит как 
метод учёта баланса. – 2-е изд. – М.: Макиз, 1925. Рудановский А. П. Теория балансвого учёта. Введение в 
теорию балансвого учёта. Баланс как объект учёта. – М.: Макиз, 1928 г. 
54
Галаган А. Основы бухгалтерского учета. Москва. Госпланиздат, 1939г. 


179 
qilingan adabiyotlarning mualliflari esa, buxgalteriya hisobi metodining 
elementlariga hujjatlashtirish, yо‘qlama qilish, baholash, kalkulyatsiya qilish, 
schyotlar tizimi, ikki yoqlama yozish usuli, balans, buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlarini jamlash va umumlashtirish, hisobotlar tuzishni kiritadilar. Shunday 
qilib buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotida foydalanilgan hisob yuritish 
metodining elementlarini quyidagi guruhga keltirish mumkin: 
1. Qayd qilish
2. Tartibga solish; 
3. Baholash; 
4. Kuzatish; 
5. Turkumlash; 
6. Induksiya va deduksiya; 
7. Sintez va analiz; 
8. Hujjatlashtirish; 
9. Yо‘qlama qilish; 
10. Kalkulyatsiya qilish; 
11. Schyotlar tizimi; 
12. Ikki yoqlama yozish usuli; 
13. Balans; 
14. Moliyaviy hisobotlar va ularga qо‘shimcha ilovalar tuzish; 
15. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini jamlash va umumlashtirish. 
Har qanday fanni predmetini о‘rganishda mazkur fanning asosiy 
tamoyillarini, tashkiliy usullarini, korxona faoliyatini baholash mezonlarini bilish 
muhim. Chunki bular fanni о‘rganishda qо‘llaniladigan usullar majmuasini 
belgilab beradi. 
Buxgalteriya hisobi operativ-texnik va statistika hisoblaridan, shuningdek, 
boshqa iqtisodiy fanlardan korxonalar faoliyatida sodir bо‘ladigan xо‘jalik 
jarayonlarini yoppasiga, uzluksiz va muntazam kuzatib borishi, о‘lchashi va 
alohida hujjatlarda qayd qilishi bilan farq qiladi. Unda aks ettirilgan jarayonlar 
albatta hujjat bilan rasmiylashtiriladi. Hujjatlashtirish sodir bо‘lgan jarayonlarning 


180 
qonuniyligini va tо‘g‘riligini tekshirishga huquqiy asos bо‘lib, korxonalar xо‘jalik 
faoliyati natijalarini nazorat qilishda foydalaniladi. Shuning uchun xо‘jalik 
muomalalarini kuzatish va hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining metodini 
elementi sifatida namoyon bо‘ladi. 
Iqtisodiy jarayonlar buxgalteriya hisobida ma’lum bir о‘lchovlarda, eng 
avvalo, pulda baholanib, aks ettiriladi. Demak xо‘jalik jarayonlarini pulda 
baholash buxgalteriya hisobining metodini elementini tashkil etadi. 
Korxona aktivlarini, passivlarini va majburiyatlarini holatini, saqlanishini
ulardan foydalanishni nazorat qilish buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan 
biri bо‘lib hisoblanadi. Bu vazifa hisob obyektlarni haqiqiy borligini va holatini 
ashyoviy rо‘yxatdan о‘tkazish yо‘li bilan bajariladi. Shuning uchun ashyoviy 
rо‘yxatdan о‘tkazish buxgalteriya hisobi metodining elementi bо‘lib hisoblanadi. 
Korxonalar faoliyatida ishtirok etadigan aktivlar, passivlar, majburiyatlar 
hamda ularni о‘zgarishi bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik muomalalari iqtisodiy 
mazmun jihatdan har xil bо‘ladi. Shuning uchun aktivlarni, passivlarni, 
majburiyatlarni hamda ularni о‘zgarishi bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik 
muomalalarini buxgalteriya hisobida tо‘g‘ri aks ettirish uchun iqtisodiy mazmun 
jihatdan guruhlash lozim bо‘ladi. Guruhlash vositasi sifatida buxgalteriya hisobi 
schyotlaridan foydalaniladi. Korxonalar faoliyatida sodir bо‘lgan xо‘jalik 
muomalalari buxgalteriya hisobi schyotlariga ikki yoqlama yozuv tamoyili asosida 
amalga oshiriladi Shuning uchun schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv 
buxgalteriya hisobi metodining elementi sifatida namoyon bо‘ladi. 
Buxgalteriya 
hisobi 
axborotlari 
korxonaning 
moliyaviy-xо‘jalik 
faoliyatlariga baho berishda, joriy va istiqbol biznes rejalar tuzishda hamda 
faoliyatlari yuzasidan qarorlar qabul qilishda foydalaniladi. Shu sababli 
buxgalteriya hisob ma’lumotlari korxonalar faoliyatini haqiqiy ifoda etishi talab 
etiladi. Notо‘g‘ri ma’lumotlar asosida tuzilgan biznes rejalar va qabul qilingan 
qarorlar korxonalarning kelgusi davrlardagi moliya-xо‘jalik faoliyatlariga salbiy 
ta’sir etib, hisob ma’lumotlarining ishonchlilik, betaraflik, muhimiylik va 
ahamiyatlilik darajasini pasaytirishga olib keladi. Bular hammasi hisobot davri 


181 
tugagandan sо‘ng joriy hisob ma’lumotlarining tо‘g‘riligini tekshirib kо‘rish 
lozimligini bildiradi. Hisobot davri tugagandan keyin joriy hisob ma’lumotlari 
jamlanadi, ya’ni barcha schyotlar bо‘yicha debet va kredit oborotlar chiqarilib, 
ularning hisobot davrining oxiriga qoldiqlari topiladi va schyotlarning 
umumlashgan ma’lumotlariga binoan oborot qaydnomasi va balans tuziladi. 
Yuqorida keltirilgan dalillardan xulosa qilishimiz mumkinki, buxgalteriya 
hisobini tashkil qilish jarayoni bir-biri bilan uzviy bog‘lanishda bо‘lgan uch 
bosqichga bо‘linadi, birinchi bosqich, sodir bо‘lgan xо‘jalik muomalalarini 
kuzatish, hujjatlashtirish, baholash va kalkulyatsiya qilish, ikkinchi bosqich, 
hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan va huquqiy asosga ega bо‘lgan xо‘jalik 
muomalalarini iqtisodiy jihatdan buxgalteriya schyotlari yordamida guruhlash va 
ikki yoqlama yozuv tamoyili asosida ularni joriy hisobini tashkil qilish, uchinchi 
bosqich, joriy hisob ma’lumotlarini jamlash, uning tо‘g‘ri olib borilganini oborot 
qaydnomasi tuzish bilan tekshirib kо‘rish va balans tuzish.
Xulosa qilishimiz mumkinki, kuzatish va hujjatlashtirish, pulda baholash va 
kalkulyatsiya tuzish, schyotlar tizimi va ikki tomonlama yozuv, oborot qaydnomasi 
va balans tо‘zish hamda inventarizatsiya (ashyoviy rо‘yxatdan о‘tkazish) 
buxgalteriya hisobi metodi elementlarini tashkil qiladi. 
Bizning fikrimizcha, hisobot davrining oxirida tuziladigan tezkor 
ma’lumotlar, moliyaviy va statistik hisobotlar, ularning ilovalari joriy hisob 
ma’lumotlari, oborot qaydnomasi va balansga asoslanadi. Shuning uchun ularni 
tuzish va taqdim etishga iqtisodiy tahlil, audit fanlari kabi buxgalteri hisobining 
mantiqiy davomi sifatida qarash lozim. 
Demak, buxgalteriya hisobi fanining uslubini elementlariga quyidagilar 
kiradi: 
1. Kuzatish, о‘lchash va hujjatlashtirish; 
2. Baholash va kalkulyatsiya tuzish; 
3. Buxgalteri hisobi schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv
4. Joriy hisob ma’lumotlarini jamlash, oborot qaydnomasi va balans tuzish; 
5. Inventarizatsiya (ashyoviy rо‘yxatdan о‘tkazish); 


182 
Quyida buxgalteriya hisobi uslubining alohida elementlariga qisqacha tavsif 
beramiz. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling