Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI TAVSIFI
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
2. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI TAVSIFI.
Har bir fanning о‘rganadigan predmeti va obyekti mavjud. Fanning predmeti deganda shu fanda nima о‘rgatilishi tushuniladi. Masalan, kimyo fani tabiatda mavjud bо‘lgan kimyoviy elementlarni tarkibini va tuzilishini, anatomiya inson organizmning tuzilishini, zoologiya hayvonot dunyosini, falsafa olamning paydo bо‘lish va rivojlanish qonuniyatlarini, tarix kishilik jamiyatini yuzaga kelishi va rivojlanishini о‘rganadi. Shunga kо‘ra, buxgalteriya hisobi fan sifatida nimani о‘rganadi? Buxgalteriya hisobi fanining predmeti, nima bо‘lib hisoblanadi? Ya’ni buxgalteriya hisobi fanida nimalar о‘rganiladi, degan haqli savollar paydo bо‘ladi. Buxgalteriya hisobiga doir chop etilgan adabiyotlarda buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari, subyektlari va obyektlari xalqaro andozalar talabi doirasida keng yoritilgan. Ammo uning predmetini bayon etishda mualliflar turlicha yondashishgan. Jumladan, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining professori I.A.Lamikin universitet talabalari uchun tayyorlagan darsligida buxgalteriya hisobi predmetini quyidagicha ta’riflaydi: “...ijtimoiy mulk va birlashmalar (korxonalar)ni va xalq xо‘jaligi tarmoqlarining rejali xо‘jalik-moliya faoliyati sotsialistik buxgaltetiya hisobining predmeti bо‘lib hisoblanadi” 43 . Fikrini davom ettirib, buxgalteriya hisobi predmetining obyektlarini quyidagicha ta’riflaydi: “Korxonalarning xо‘jalik materiallari va pul mablag‘lari; xо‘jalik mablag‘larini kelar manbalari; xо‘jalik jarayonlari; korxonalarning xо‘jalik- huquqiy aloqalari; xо‘jalik faoliyatlari natijalari uning obyektlaridir 44 . Bu ta’rifning 43 Ламикин И. А. Основи бухгалтерского учёта. Московский унверситет. 1981,11 b. 44 Ламикин И. А. Основи бухгалтерского учёта. Московский унверситет. 1981, 11 b. 174 birinchi qismida ijtimoiy mulk, ikkinchi qismida esa birlashmalarning (korxonalarning) va xalq xо‘jaligi tarmoqlarining rejali moliyaviy-xо‘jalik faoliyatlari buxgalteriya hisobining predmetini sifatida ta’riflanadi. Bizningcha, muallif fanning predmeti va obyektlarini chalkashtirib yuborgan. Professor M. Ostonaqulov tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy о‘quv yurtlarining talabalariga mо‘ljallangan darslikda buxgalteriya hisobi predmetiga quyidagicha ta’rif berilgan “...buxgalteriya hisobi predmeti kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitida korxonaning pul ifodasida aks ettiriladigan xо‘jalik mablag‘lari va shu mablag‘lar manbalari, ularning xо‘jalik faoliyati va moliyaviy natijalaridir” 45 . Mazkur ta’rifda xо‘jalik mablag‘lari va shu mablag‘lar manbalariga buxgalteriya hisobining predmeti sifatida qaralgan. Muallif xо‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarini yoritib “...buxgalteriya hisobi har bir korxonada xо‘jalik jarayonida sodir bо‘layotgan xо‘jalik operatsiyalarini va bu operatsiyalar ta’sirida xо‘jalik faoliyatidagi о‘zgarishlarni aks ettirishi zarur”, shuningdek buxgalteriya hisobi obyektlari tо‘g‘risida “...buxgalteriya hisobi yuqorida kо‘rib о‘tilgan obyektlari uning predmetining asosiy mazmunini tashkil qiladi” 46 degan xulosaga kelgan. Iqtisodchi olimlar A.Karimov, F.Islomov, A.Avloqulovlarning fikricha, buxgalteriya hisobi predmeti “...korxonaning pul ifodasida aks ettiriladigan xо‘jalik mablag‘lari, shu mablag‘lar manbalari, ularning xо‘jalik faoliyatlari va moliyaviy natijalaridir” 47 . Mualliflar professor M. Ostonaqulov tomonidan yuqorida keltirilgan ta’rifni yanada ham soddalashtirib, buxgalteriya hisobi predmeti doirasidan takror ishlab chiqarish jarayonini chiqarib yuborishgan. Ularning fikricha “Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, о‘z sarmoyasi, daromad va xarajatlar, foyda va zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobi obyektlari hisoblanadi” 48 . 45 Ostanoqulov M. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Toshkent “O’zbekiston”, 1993 y. 34 b. 46 Ostanoqulov M. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Toshkent “O’zbekiston”, 1993 y. 34 b. 47 Karimov A. va boshq. Buxgalteriya hisobi. Darslik. - T."Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2004 26 b. 48 Karimov A. va boshq. Buxgalteriya hisobi. Darslik. - T.: "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2004 26 b. 175 Professor N. Jо‘rayev va boshqalar muallifligida “Moliyaviy va boshqaruv hisobi” darsligida buxgalteriya hisobining predmetiga “...buxgalteriya hisobining predmeti – ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi” 49 , - deb ta’rif berishgan. Bu ta’rifda mualliflar, birinchidan, buxgalteriya hisobini faqatgina ishlab chiqarish sohasida tashkil qilinishiga ishora qilishgan; ikkinchidan, fanning predmeti bilan obyektlari chalkashtirib yuborilgan; uchinchidan, buxgalteriya hisobiga faqatgina mablag‘lar holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish vositasi sifatida qaralgan; tо‘rtinchidan esa, xо‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbalarini buxgalteriya hisobi doirasidan chiqarib yuborishgan. Angliyalik olim Frenk Vud buxgalteriya hisobi fanini predmetini “...eng avvalo, yozuvlar nima uchun belgilanganligi, ularni tahlil etish va bayon etishdir” 50 , - deb izohlaydi. Uning fikricha, xо‘jalik operatsiyalarini amalga Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling